Adabiy tilning funksional uslublari va yuristning nutq madaniyati

Adabiy tilning funksional uslublari va yuristning nutq madaniyati

O'quvchilarga / Huquq
Adabiy tilning funksional uslublari va yuristning nutq madaniyati - rasmi

Material tavsifi

Adabiy tilning funksional uslublari va yuristning nutq madaniyati Reja: Adabiy tilning fuksional uslublari. Uslub tushunchasi. Rasmiy uslub va uning yurist faoliyatidagi o'rni. So'zlashuv uslubi. Publitsistik uslub. Ilmiy uslub. Tayanch so'zlar va iboralar: uslub, adabiy tilning funksional uslublari, uslub - til ko'rinishi, til va jamiyat, til va ijtimoiy hayot, rasmiy uslub, badiiy uslub, so'zlashuv ulubi, publitsistik uslub, ilmiy uslub. Insonlar ijtimoiy hayotning turli sohalarida muloqot jarayonida tildagi lug'aviy birliklar, grammatik vositalarni qo'llashda bir-birlaridan farq qiladilar, bu so'zlovchining o'ziga xos uslubini keltirib chiqaradi. Shu bois ham mutaxassislar orasida «uslub - bu inson» degan hikmatning yurishi malum manoda haqiqatga yaqindir. Inson hayotining turli qirralarida til vositalarining tanlab olinishi esa nutqning xilma-xil ko'rinishlarining yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Nutqning bunday ko'rinishlari funksional (vazifaviy) uslublar deb yuritiladi. Nutq uslublari tarixan tashkil topgan nutq ko'rinishlaridir. Nutq uslublarining har biri alohida yagona bir tizimni tashkil qiladi. Bu tilning ijtimoiy tabiatidan kelib chiqadi. Tilning funksional uslublari leksik, grammatik, fonetik tizimlarga xos barcha vositalarning malum kommunikativ maqsadga xizmat qilishi tufayli yuzaga keladi. Demak, nutq uslublari tilning ijtimoiy hayotdagi vazifasi bilan bevosita bog'liqdir. Shuning uchun ham ular funksional (vazifaviy) uslublar deb nomlanadi. Funksional uslublarni nomlash ularning qanday aloqa, muloqot doirasida qo'llanilganligiga qarab belgilanadi: 1) rasmiy (ma'muriy-huquqiy) uslub; 2) ilmiy uslub; 3)badiiy uslub; 4) so'zlashuv uslubi; 5) publitsistik uslub. Har bir uslubning o'ziga xos lisoniy xususiyatlarini ongli idrok qilish nutq madaniyatining asosiy mezonidir. Shuningdek, bo'lajak yuristlarimiz ham ijtimoiy hayotning turli jabhalariga xizmat qiluvchi nutq uslublarini zarur darajada bilishi va uslublararo lisoniy chegaralarni talab darajasida o'zlashtirishlari maqsadga muvofiqdir. Rasmiy uslub va uning yurist faoliyatidagi o'rni Rasmiy uslub tilning boshqa uslublaridan o'ziga xosligi bilan ajralib turadi va vazifasi jihatdan yuridik, diplomatik va ma'muriy faoliyatga xizmat qiladigan nutq ko'rinishidir. Bu uslub, asosan, hujjatlilik belgisi bilan boshqa funksional uslublarga nisbatan tarixiydir. Rasmiy uslubning dastlabki ko'rinishlari eng qadimgi davrlarga borib taqaladi. Qadimgi hoqonliklar, davlatlar va xonliklarning qonunlari, amr va farmonlari, yorliqlari, har xil arznomalar, rasmiy xatlar, vaqfnomalar, vasiqalar va boshqa turli xil hujjatlar; hokimliklar, bekliklar va tumanlar o'rtasidagi o'zaro har xil yozishmalar rasmiy uslubning ancha ilgari paydo bo'lganligidan dalolat beradi. O'sha davrlardagi hujjatlar tilida faol qo'llangan hoqon, budun, tuzukot, hirovul, chopovul, dorug'a, qushbegi, qozi, qozikalon, qozixona, alam, munshiy, mirzo, devonbegi, amir, xon, vazir kabi davlatchilik va huquqqa oid leksik birliklar (terminlar) ishtirok etgan matnlar, dastxatlar o'z davri yozma nutqining dastlabki namunalaridir. Bu uslubning ijtimoiy vazifasi hozirgi kunda ham juda keng bo'lib, barcha rasmiy hujjatlar mana shu uslubda yoziladi. Jumladan, bu uslubda qonunlar, qarorlar, farmonlar, buyruqlar, rezolyutsiyalar, turli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.98 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.98 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga