Adliya organlarining huquqni himoya qilish faoliyatining boshqa yo'nalishlari bo'yicha ishlarni tashkil etish

Adliya organlarining huquqni himoya qilish faoliyatining boshqa yo'nalishlari bo'yicha ishlarni tashkil etish

O'quvchilarga / Huquq
Adliya organlarining huquqni himoya qilish faoliyatining boshqa yo'nalishlari bo'yicha ishlarni tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Adliya organlarining huquqni himoya qilish faoliyatining boshqa yo'nalishlari bo'yicha ishlarni tashkil etish Reja: O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi O'zbekiston Respublikasi Hukumatining o'z kuchini yo'qotgan qarorlari Adliya organlarining huquqni himoya qilish faoliyatining boshqa yo'nalishlari bo'yicha ishlarni tashkil etish Vazirlik o'z zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: 1) davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslardan belgilangan tartibda zarur ma'lumotlar, hujjatlar va materiallarni, inson huquq va erkinliklariga rioya qilish sohasida tahliliy, statistika materiallari va boshqa materiallarni so'rash va olish; 2) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari ko'rib chiqishi uchun qonun hujjatlarini va huquqni qo'llash amaliyotini takomillashtirish masalalari bo'yicha takliflar kiritish; 3) davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash masalalari bo'yicha metodik ko'rsatmalarni ishlab chiqish va tasdiqlash; 4) vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, ilmiy muassasalar, o'quv yurtlari va boshqa tashkilotlardan qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo'yicha xulosalar olish hamda ko'rsatib o'tilgan organlar va tashkilotlar rahbarlari bilan kelishgan holda ushbu loyihalarni tayyorlash bo'yicha komissiyalar (ishchi guruhlari) tashkil etish; 5) vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, davlat ro'yxatidan o'tkazish, elon qilish va manfaatdor shaxslar etiboriga yetkazish bo'yicha belgilangan tartibga ular tomonidan rioya qilinishi, shuningdek ularning qo'llanilishi yuzasidan tekshirishlar o'tkazish; 6) vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralarga davlat ro'yxatidan o'tmagan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish va ijrodan chaqirib olish to'g'risida, buzilgan huquqlarni tiklash, etkazilgan zararlarni qoplash to'g'risida belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy bo'lgan taqdimnomalar kiritish, shuningdek tegishli organlar oldiga bunda aybdor mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish to'g'risidagi masalani qo'yish; 7) vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini belgilangan tartibda davlat reestridan chiqarish yoxud ularning (to'liq yoki qisman) amal qilishini to'xtatish; 8) vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarga: normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish muddatini ko'rsatgan holda ularni qabul qilish zarurligi to'g'risida; qonun hujjatlariga muvofiq bo'lmagan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish, yoxud ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish to'g'risida taqdimnomalar kiritish; 9) vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, mahalliy hokimiyat organlari, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalari to'g'ri va bir xilda qo'llanilishi bo'yicha ishlarning holatini o'rganish. O'rganish natijalari bo'yicha tegishli organlar rahbarlariga O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalari zarur darajada qo'llanilishi to'g'risida taqdimnomalar kiritish; 10) Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar bo'yicha qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarmaganlik (lozim darajada bajarmaganlik) holatlari yuzasidan davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarini javobgarlikka tortish to'g'risidagi takliflarni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ko'rib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 58.08 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 58.08 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga