Adliya organlarining inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha faoliyatini tashkil etish

Adliya organlarining inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha faoliyatini tashkil etish

O'quvchilarga / Huquq
Adliya organlarining inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha faoliyatini tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Adliya organlarining inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha faoliyatini tashkil etish Reja: Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo'yicha faoliyatni tashkil etish. Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish faoliyatini tashkil etish. Adliya organlarining inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha faoliyatini tashkil etish Konstitutsiyada va qonunlarda mustahkamlangan inson huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta'minlash sohasida: inson huquqlari sohasida qonun hujjatlarini doimiy ravishda tahlil qiladi va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi; xalqaro tajribani o'rganadi va xalqaro-huquqiy normalarning O'zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlaridagi ijrosi bo'yicha takliflar tayyorlaydi; inson huquq va erkinliklari sohasida aholining huquqiy bilimlarini oshirish, jamiyatda inson huquqlarini hurmat qilish g'oyasini targ'ib qilish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi; inson huquqlari sohasida qonun hujjatlariga rioya qilishning holatini o'rganadi va umumlashtiradi hamda uni yaxshilash yuzasidan tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi; inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda advokatlik tuzilmalarining rolini kuchaytirishga, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga hamda ularning huquqiy asoslari mustahkamlanishiga ko'maklashadi; inson huquqlari bo'yicha, shu jumladan inson huquq va erkinliklariga rioya qilinishi monitoringi sohasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) va Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy markazi bilan o'zaro hamkorlik qiladi; fuqarolarning o'z konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari buzilishi to'g'risidagi murojaatlari xolisona va har tomonlama ko'rib chiqishini ta'minlaydi, ular bo'yicha qonun hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlar ko'radi; Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida inson huquqlari borasidagi qonunchilikni tahlil qiladi va ularni takomillashtirish uchun takliflar ishlab chiqadi; Bu sohadagi xalqaro amaliyotni o'rganib, xalqaro huquqiy normalarni O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga joriy qilish uchun tavsiyalar tayyorlaydi. Inson huquqlari va erkinliklari sohasida aholining huquqiy ongini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi, shu bilan birga jamiyatda inson huquqlarini hurmat qilish G'oyalarini targ'ib qiladi; Inson huquqlari sohasidagi qonunchilikka amal qilish darajasini umumlashtiradi va tahlil qiladi hamda tegishli davlat organlariga takliflar taqdim etadi; inson huquqlarini himoya qilish sohasida advokatura tizimining o'rnini mustahkamlaydi4 Fuqarolik jamiyatlari institutlari va ularning huquqiy asoslarini rivojlantirish ishlariga ko'maklashadi; Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari buzilganligi to'g'risidagi murojaatlarini har tomonlama ko'rib chiqadi va qonunlarga muvofiq ularning ta'minlanishi yuzasidan choralar ko'radi. Fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha: -vazirlik organ va muassasa xodimlarining noqonuniy harakatlari bo'yicha tushgan fuqarolarning shikoyat va arizalarini ko'rib chiqish, shu masala bo'yicha ariza va shikoyatlarning obyektiv ko'rilishini ta'minlash, shikoyatlar bo'yicha obyektiv qaror chiqarilishini ta'minlash, kerakli vaqtlarda joylarga chiqib tegishli masul shaxslar bilan tekshirishlar o'tkazadi. Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo'yicha faoliyatni tashkil etish. Tadbirkorlikni rivojlantirishga ko'maklashish, tadbirkorlik subyektlari va xususiy mulk egalarining, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.84 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.84 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga