Adolat tushunchasi va uning ijtimoiy ahamiyati Reja: Kirish. I.Bob. Adolat inson xatti- harakati va jamiyat taraqqiyotining bosh mezoni. 1.1. Adolat tushunchasining o'tmish tarixiy davrlarda turlicha talqin qilinishi. 1.2. Adolat va uning asosiy mezonlari. II.Bob. Yoshlar dunyoqarashini shakllantirishda ijtimoiy adolatning o'rni. 2.1. Oila va mahalla adolatparvar inson tarbiyasining bosh maktabi. 2.2. Rahbar adolati va yetakchilik mas'uliyati. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Kirish Tadqiqot mavzuining dolzarbligi. Adolat insoniylikning mardlik, halollik, va to'g'rilik, oddiylik va kamtarlik, imon va e'tiqod, samimiylik va sadoqat, uyatchanlik va or-nomusdan iborat oliyjanob fazilatlar qatorida alohida ahamiyat kasb etadi. Adolat bor joyda sadoqat, mehr oqibat va baraka bor. U insonlarni g'oliblikka, ahillik va inoqlikka chorlaydi. Tinchlik, osoyishtalikning, o'zaro ishonch va hurmatning zamini ham adolatdir. Adolatsiz muhitda esa kelishmovchilik va ziddiyatlar ildiz otib, kattadan-katta ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy o'pirilishlar sodir bo'lishi mumkin. Adolat jamiyat, davlat va kishilik hayoti uchun o'ta zarur va ulug' nemat. Shuning uchun ham adolat muammosi doimo insonning diqqat markazida bo'lib kelgan. Va u insoniyatning ijtimoiy-siyosiy ongi va hayotida juda muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 14-moddasida Davlat o'z faoliyatini inson va jamiyat fuqaroligini ko'zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi - deb qonuniylashtirib qo'yilganligi ham fikrimiz dalili bo'la oladi. Adolat shu qadar hamma narsani o'z o'rniga qo'ya biladigan fazilatki, u axloq-odob qoidalaridan, aql-idrok va omma hayotining o'zidan kelib chiqadigan, insonni barkamolikka erishtiradigan eng oliy fazilatlarning negizidir. Ushbu mavzuning dolzarbligi shundaki Prizidentimiz takidlaganlaridek, biz shunchaki demokratik davlat emas, balki adolatparvar demokratik davlat qurishga intilmoqdamiz. Adolatga intilish xalqimiz ruhiy dunyosiga xos eng muhim xususiyatdir. Zero, ma'naviy zamin mustahkam, asrlar mobaynida shakllangan ilg'or an'analar, taraqqiyotga xizmat qiladigan urf-odatlar va qadriyatlar asosiga qurilgan adolatparvar siyosatgina hayotiydir. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi adolat tushunchasi va uning ijtimoiy ahamiyatini ko'rsatib berish va turli jihatlardan yondoshgan holda mohiyatini ochib berish. Ushbu maqsaddan kelib chiqadigan vazifalar quidagicha: Birinchidan: Adolat tushunchasining tarixiy davrlardagi talqinlarini ko'rsatib o'tish; Ikkinchidan: Adolat tushunchasining jamiyat taraqqiyotining bosh mezoni sifatidagi o'rnini ko'rsatib berishdan iborat. Tadqiqotning obyekti va predmeti: Tadqiqotning obyekti I.A.Karimov asarlari shuningdek boshqa mutaqakkirlar ijodida ilgari surilgan adolat tushunchasiga doir qarashlar. Predmeti, bugungi kundagi adolat tushunchasining amaliy ahamiyatini ko'rsatib berishdan iborat. Tadqiqotning nazariy va metadologik asosi: Mazkur kurs ishining ilmiy nazariy konsepsiyasini belgilab olishda I.A. Karimov asarlari, ma'ruza va suhbatlaridan olingan ma'lumotlar, shuningdek mavzuga oid olimlarimizning nazariy fikrlari, xulosalari metodologik asos vazifasini o'taydi. Shuningdek, muammoni o'rganishda dialektik, tarixiylik va mantiqiylik, qiyoslash va ilmiy xolislikka ilmiy bilish metodlaridan foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Adolat tushunchasi va uning ijtimoiy ahamiyatini ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
47.33 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
47.33 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:51 ]
Arxiv ichida: docx