Advokat, tergov va prokuratura organlari xodimlari hamda sudyaning kasb axloqi

Advokat, tergov va prokuratura organlari xodimlari hamda sudyaning kasb axloqi

O'quvchilarga / Huquq
Advokat, tergov va prokuratura organlari xodimlari hamda sudyaning kasb axloqi - rasmi

Material tavsifi

Advokat, tergov va prokuratura organlari xodimlari hamda sudyaning kasb axloqi Kasb axloqi tushunchasi. Umumiy va xususiy jihatlar. Advokat rioya etadigan axloqiy qoidalar. Tergov va prokuratura organlari xodimlarifaoliyatining axloqiy talablari. Sudyalik kasbida xolislik, adolatparvarlik, halollik prinsiplari. Kasb etikasi - jamiyat tomonidan qabul qilingan axloq qoidalarini kishilarning ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, shan, or-nomus, qadr-qimmat kabi xatti-harakatlarning majmui, umumiy axloqning kishilar kasb-koridagi o'ziga xos ko'rinishidir. Jamiyatning har bir kasb-hunarga, ixtisosga beradigan axloqiy bahosi ikki asosiy omil bilan belgilanadi: Kasb etikasi talablariga rioya qilish quyidagilar bilan belgilanadi: 6 Kasb etikasining o'ziga xosligi shundaki, u odamlarning yurish-turishini hayotning barcha jabhalarida tartibga solib boradi. Kasb etika normalari jamiyatda an'analar kuchi, umumtanolingan va barcha tomonidan qo'llab- quvvatlanadigan tartib-intizom, jamoatchilik fikri bilan qayta ishlanib boraveradi. Kasb etika normalariga rioya qilinishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi. Axloqiy baho omillariga ko'ra, kasb axloqini ijtimoiy hayotda tutgan o'rni va vazifalariga qarab bir necha turga ajratish mumkin: huquqni muhofaza qilish ixtisosiga qarab - yurist etikasi; o'qituvchilik ixtisosiga qarab - pedagog etikasi; tibbiyot ixtisosiga qarab - shifokor etikasi; xizmat ko'rsatish ixtisosliga qarab - xizmat ko'rsatish etikasi va hakazo. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari kasb etikasi bir qancha sohalarga bo'linib o'rganiladi: 1. Sud idoralari xodimlari etikasi; 2. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari etikasi; 3. Prokuratura, Ichki ishlar idoralari xodimlari etikasi; 4. Yuridik xizmati xodimlari etikasi; 5. Advokatlar kasb etikasi. O'zbekiston Respublikasi Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to'g'risidagi Qonunining 2- moddasida advokatlik faoliyatining asosiy tamoyillaridan biri sifatida kasb etikasi, advokatlik siri va qasamyodiga rioya etishi belgilangan. Advokatlar rioya qilishi lozim bo'lgan kasbiy talablar O'zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining II konferensiyasida 2013-yil 27- sentabrda qabul qilingan Advokatning kasb etikasi qoidalarida belgilab qo'yilgan. 1996-yilning 27-dekabrida O'zbekiston Respublikasining Advokatura to'g'risida gi hamda 1998-yilning 25-dekabrida esa O'zbekiston Respublikasining Advokatlik faoliyatining kafolatlari, advokatlarning ijtimoiy himoyasi to'g'risidagi qonunlarining qabul qilindi. xalqaro Yuristlar Assotsiatsiyasi advokatlari etikasining bosh tamoyillarida advokatlarning kasbiy burchlari quyidagicha keltirilgan: O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari qonun ustuvorligini ta'minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishdan iborat» O'zbekiston Respublikasi Prokuratura to'g'risidagi qonuni 2-moddasi Prokuror jamiyat manfaatlarini himoya qiladi, davlat nomidan so'zlaydi, shu bilan birga sudlanuvchining qonuniy manfaatlarini, qadrini himoya qilishi lozim bo'ladi. Prokuror o'zining mas'uliyatli burchini bajarar ekan, jamiyatga xizmat qiladi. Bu xizmat, qachonki unga qatiy axloqiylik singdirilsa, jamiyat va inson qadri qanchalik himoya qilinsa, shunchalik samarali bo'ladi. Prokurorning huquqiy va axloqiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 292.62 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:51 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 292.62 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga