Advokatlik faoliyatida notiqlik san'ati asoslari

Advokatlik faoliyatida notiqlik san'ati asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Advokatlik faoliyatida notiqlik san'ati asoslari - rasmi

Material tavsifi

Advokatlik faoliyatida notiqlik san'ati asoslari Reja: 1. Zamonaviy ritorikaga kirish 2. Advokatning himoya nutqining tuzilishi 3. Sud nutqining asoslantirish jihatlari. Nutq maqsadining belgilanishi 1. Zamonaviy ritorikaga kirish Notiqlik san'atini mukkamal egallamasdan va uni tortishuvga asoslangan sud protsessida mohirlik bilan qo'llash ko'nikmasiga ega bo'lmasdan turib, advokat o'z vazifasini yuqori darajada uddalashi qiyin. Ammo ko'pchilik advokatlar sudda nutq so'zlash san'atini egallashga zarur darajada e'tibor qilishmaydi. Notiqlik san'ati amaliyot bo'lsa, ritorika uning nazariyasidir. Ritorika grekcha so'z bo'lib, fikrni chiroyli va isxonarli ifoda etishni anglatadi. O'zaro munosabatlar sohasida fikrni ifodalovchi so'zning ishonchliligi uning dalillanganligidan kam ahamiyatga ega emas. Ritorika san'at va ayni vaqtda ishontirish nazariyasi sifatida o'zining borliqni bilish va o'zgartirish usuli ritorik usulga ega. Tadqiq etishning ritorik usuli - bu ijtimoiy borliqni amaliy vazifalarni hal etish maqsadida anglash, boshqalarni ham shunga ishontirish uchun amalga oshiriladigan fikrlash usullarining majmuisidir. Sud ritorikasini o'rganishda ritorik usul dalillarni anglab etish va uning mohiyatini boshqalarga ham yetkazishning umumiy uslubi sifatida e'tirof qilinadi. Sud ritorikasi yoki yuridik ritorika fan sifatida yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni o'rganish va huquqiy xususiyatdagi qarorlarni qabul qilish jarayonida yuridik faktlar tahlilini tayyorlash va ularni baholash to'g'risidagi xulosalarni ishonchli tarzda taqdim etish bilan bog'liq barcha muommalarni o'rganadi. Yuridik ritorikaning predmeti huquqiy munosabatlar sohasida ishontirishdir. Advokatning muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatishi uning kasb mahorati, chunonchi ish materiallarini o'rganish va tahlil qilish, ularga huquqiy baho berish, so'roq olib borish, savollarni aniq, tushunarli va maqsadli shakllantirish qobiliyatiga bog'liqdir. Advokat o'z protsessual funksiyalarini amalga oshirishda yuridik ritorikadan foydalanishi ko'yidagilarda namoyon bo'ladi: - sud tergovi boshlanganga qadar himoyaning ishonchli pozitsiyasini shakllantirish maqsadida ish materiallarini o'rganish, ularni tahlil etish va baholash; - himoyaning uzil-kesil pozitsiyasini aniqlash maqsadida sud tergovi jarayonida ish olib borish, sudda nutq so'zlash uchun materiallar tayyorlash, ayblov taraf bilan protsessual kurashish va sudni advokat sudlanuvchi foydasiga keltirgan vajlarni haqiqiy deb qabul qilishga oldindan tayyorlab borish; - advokatning protsessual harakatining yakuni sifatida, advokat tomonidan ishni tahlil etish natijasi va shu bilan birga sud tomonidan qaror qabul qilish uchun o'z pozitsiyasini yakka-yu yagona to'g'ri deb taqdim etadigan, himoya nutqi. Himoya nutqining ishonchliligi advokatning jinoyat protsessidagi barcha protsessual faoliyatining bosh maqsadi bo'lganligi uchun, unga himoya pozitsiyasining qanchalik ishonchli ekanligidan dalolat beruvchi muhim ko'rsatkich va advokatning kasbiy layoqatining muhim mezoni sifatida qarash mumkin. 2. Advokatning himoya nutqining tuzilishi Ko'pchilik mualliflar advokat himoya nutqining tuzilishi deganda, uning tarkibiy qismlarini tushunadi. Uni kirish, asosiy (asoslantirish) qism hamda xulosadan iborat deb ta'riflab, o'rganadilar. Bu yondashuvni noto'g'ri deb bo'lmaydi, lekin u asosiy masalani, ya'ni advokat himoya nutqining ishonchliligi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.07 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.07 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga