Advokatning kasb etikasi Reja: Advokatning kasb etikasi: ahamiyati va mazmuni Advokat va ishonch bildiruvchi Advokatlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar Advokatlar va sud protsessi ishtirokchilari Advokatlik siri Advokat va manfaatlar to'qnashuvi 1. Advokatning kasb etikasi: ahamiyati va mazmuni Yuridik etika huquqshunosning kasbiy faoliyati xususiyatlari, uning axloqiy va ijtimoiy holati fazilatlari bilan shartlangan. Kasb turi bo'yicha insonlar bilan ish olib borishga to'g'ri keladigan mutaxassislar o'quvchilar, talabalar, sudlanuvchilar, guvohlar tomonidan nafaqat muayyan belgilangan rolni ijro etuvchi sifatida, balki ularning istarasi issiqligi, ijobiy yoki salbiy insoniy xislatlari bo'yicha ham baholanadi. Xususan, huquqshunos bilan suhbatda bo'lgan har bir inson undan nafaqat kasbiy majburiyatlarini malakali bajarishini, balki izzat-hurmat bilan muomala qilishni kutadi, bu esa huquqshunos zimmasiga odob nuqtai nazaridan javobgarlik yuklaydi, unga shaxs sifatida yuqori talablar qo'yadi. Mana shuni o'ziyoq insonlarning kasbiy majburiyatlarini bajarishini tartibga soladigan va ularning e'tiborini o'z-o'zini tarbiyalashga undovchi maxsus xulq-atvor normalarining paydo bo'lish asosi hisoblanadi. Bu sohalarda kasbiy majburiyatlarni muvaffaqiyatli bajarilishi mutaxassislarning malakasi va javobgarligi, o'z kasbiy burchini benuqson bajarishga shayligini fahmlash bilan qo'shilishini nazarda tutadi. Axloq ham, huquq ham muayyan tarzda adolat va lozimlik to'g'risidagi umuminsoniy tasavvurlarni ifodalaydigan nisbatan barqaror normalar (qoidalar, yo'l-yo'riqlar va boshqa) majmui sifatida tushuniladi. Bu normalar umumiy xarakterga ega bo'lib, jamiyatning barcha a'zolari uchun bir xilda baravar taalluqli hisoblanadi. Huquq normalari yozilganligi, nashr qilinganligi, ya'ni rasmiy tarzda davlat tomonidan e'lon qilinganligi, axloq normalari esa asosan jamiyatning ijtimoiy ongida mujassam bo'lganligiga qaramasdan, axloq ham, huquq ham deyarli barcha munosabatlarni o'z ichiga oladigan yoyiq xulq qoidalari tizimini tashkil etadi. Odatda, axloq madaniyati - bu uch pog'onada namoyon bo'ladigan, shaxsning axloqiy rivojlanishi va yetukligining sifat tavsifidir. Birinchidan, bu jamiyatning axloq va odob normalari talablarini bilishda, faoliyatning maqsad va vositalarini ongli darajada asoslay olish imkoniyatida ifodalanadigan axloqiy ong madaniyati. Bu pog'ona shaxsning dunyoqarashi, uning axloqiy bilimlari va e'tiqodlariga bog'liq. Ikkinchidan, axloq maqsadlari va vositalarini dildan qabul qilishni, ularni amalga oshirishga ko'ngilda tayyorligini ta'minlaydigan nihoyatda muhim pog'ona bu axloq tuyg'ulari madaniyati. Yuridik faoliyat turidan qat'i nazar huquqshunos kasbiy axloqining bosh prinsipi adolat hisoblanadi. Ushbu axloqiy prinsipsiz huquq sohasidagi faoliyat o'z ma'nosini yo'qotadi. Shu bilan bir qatorda huquqshunoslardan xolislik, beg'arazlik, mustaqillik, inson huquqlariga va aybsizlik prezumpsiyasiga rioya etish talab etiladi. Yuqorida belgilab o'tilgan prinsiplar huquqshunosning kasbiy faoliyati tuzilishida nihoyatda muhim o'rin egallaydi. Uning kasbiy faoliyati mohiyatini ifodalagan holda bu prinsiplar uning xulqining strategiyasini ham tashkil etadi. Bu prinsiplar advokatlik faoliyatida o'ziga xos ahamiyat kasb etadi, chunki advokat har bir malakali yuridik yordamga muhtoj shaxsga uni ko'rsatish maqsadida faoliyatni amalga oshiradigan shaxs hisoblanadi, ya'ni boshqa ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
106.43 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
106.43 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:51 ]
Arxiv ichida: docx