O'quv -uslubiy materiallar Reja: O'zbekiston Respublikasida advokatura fanining tushunchasi, predmeti va metodi. O'zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyatining tashkiliy asoslari. Advokatura tushunchasi, advokatning huquq va burchlari. O'zbekiston Respublikasida advokatura fanining tushunchasi, predmeti. O'zbekiston Respublikasida sud-huquq tizimini yanada liberallashtirish, fuqarolarning tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqini mustahkamlaydigan konstitutsiyaviy normani amalga oshirish maqsadida advokatura instituti faoliyat ko'rsatadi.Shuningdek, advokatura institutlari fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga hamda inson huquqlari va erkinliklarining samarali himoya qilinishini har tomonlama ta'minlashda muhim institut bo'lib, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlari tizimida muhim va mas'uliyatli rol o'ynaydi. Prezidentimiz Islom Karimovning Sud jarayonida ayblov va himoyaning amalda tengligi ta'minlanmog'i va buning uchun advokatura idoralarining mavqeini ko'tarish darkor» degan so'zlarini alohida ta'kidlashni o'rinli deb hisoblaymiz: Advokaturaning erkinligi shu institutning talabi va unga yuklangan vazifalarga obyektiv bog'liqdir. Biz yaxshi bilamizki, barcha odil sudlov organlari tizimining asosiy vazifasi jinoyatchilikka yoki umuman huquqbuzarlikka qarshi kurash emas, balki jamiyatni va alohida individlarni huquq va manfaatlarining buzilishidan, shuningdek, aybsiz shaxslarni davlat ta'qibidan himoya qilish hisoblanadi. 200 yil 25 oktyabrda YevropaKengashining Ministrlar Kengashi tomonidan qabul qilingan Advokatlik kasbini bajarish erkinligi haqidagi tavsiyalari Advokatlarning uyushmalari va yuristlarning boshqa kasbiy uyushmalari hokimiyat organlari va jamoatchilikdan ajratilgan holda o'zini-o'zi boshqaruvchi tashkilotlar bo'lishi lozimligi aniq belgilab qo'yilganida ham chuqur ramziy ma'no mujassamdir. Advokatura va advokatlar mustaqil, ma'naviy, moddiy tomondan erkin bo'lishi lozim. Eng asosiysi, institusional erkin bo'lishi, ya'ni advokatura tizimining advokatlikka taalluqli bo'lmagan hech bir idorasiga bo'ysunmasligi kerak. Chunki institutsional mustaqillik doirasida har bir advokatning erkinligi prinsipial darajada muhim hisoblanadi. Advokatura O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, qabul qilingan qonunlarda O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga korxonalar, muassasalar, tashkilotlargi yuridik xizmat ko'rsatadigan tashkilot deb belgilab qo'yilgan. Advokaturaning vazifasi davlat hokimiyatining ayrim vakillari tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlari buzilishi hollariga qarshi turib huquqiy normalar orqali himoyachi vazifasini bajaradi. Advokatura davlat va fuqarolar o'rtasida o'ziga xos to'siq vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham advokat o'z kasbiy faoliyatida faqat qonunga va mijoz manfaatlariga xizmat qiladi. Bugun mustaqil diyorimizda ko'plab yangi qonunlar qabul qilinib, xalqaro huquq normalariga moslashgan huquq me'yorlarini yanada takomillashib kelayotgani barchani quvontiradi. Xuddi shunday xalqaro huquqlardan Inson huquqlari umumjahon deklarastiyasining 11-modda 1-bandida ham aynan himoyaga bo'lgan huquqlar haqida quyidagilar belgilab qo'yilgan: Jinoyat sodir etishda ayblanayotgan har bir inson unga himoya barcha imkoniyatlar yaratib berilib, sud majlisida oshkora tartibda qonuniy yo'l bilan uning aybdorligi aniqlanmaguncha, aybsiz deb hisoblanish huquqiga egadir- deb ko'rsatilgan. Xuddi shuningdek, O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksining 23-moddasida ham Aybsizlik prezumpsiyasi to'g'risida Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.02 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.02 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:51 ]
Arxiv ichida: doc