Advokatura fuqarolik jamiyati instituti sifatida Reja: Fuqarolik jamiyati va advokatura. Advokatura instituti tabiatining dualistik xususiyati Advokaturaning maxsus huquq layoqati Advokatura va yuridik yordam Advokatura va uning mustaqilligi 2.1. Fuqarolik jamiyati va advokatura. Advokatura instituti tabiatining dualistik xususiyati Qonun ustuvorligi hamda fuqarolar va ularning ko'ngilli birlashmalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini hurmat qiinishini tan oladigan har qanday davlatda advokatura muhim huquqiy institut hisoblanadi. Har bir fuqaroning o'z farovonligiga ishonchi jamiyatda advokaturaning uyushqoqligi, mustaqilligi va huquqiy himoyalanganligi darajasiga mutanosibdir. Chunki advokaturaning asosiy vazifasi fuqaro va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda butun jamiyatga va uning a'zolariga ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan yuridik xizmatlar ko'rsatishdan iboratdir. Ommaviy institut va huquqni himoya qilishning ijtimoiy ko'rinishi bo'la turib, advokatura jamiyat uchun hayotiy zarur bo'lgan funksiyalarni bajaradi. Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari to'liq ravishda amalga oshirilishi faqat ular ishni bilgan holda va malakali himoya qilinganda mumkindir. Boshqacha qilib aytganda, ushbu faoliyat fuqarolik jamiyatining maxsus instituti - advokatura tomonidan amalga oshirilishi kerak. «Advokatura nooshkor ijimoiy shartnomani oshkor etish shakli sifatida, ijtimoiy o'zaro yordam turi sifatida, odil sudlovni tegishli tarzda amalga oshirish ustidan mustaqil fuqarolar nazorati sifatida, adliya va qonun ijodkorligi sohasidagi davlat siyosatiga ijtimoiy ta'sir etish omili sifatida, hokimiyat zo'ravonligini tiyib turuvchi kuch sifatida xizmat qiladi. Advokatura og'ir ahvolga tushib qolgan zaif va muhtojlarga vasiylik qilish orqali paternalistik funksiyani, ijtimoiy ongni mustahkamlash orqali ijtimoiy-psixologik funksiyani, davlat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarni uyg'unlashtirish orqali mediatorlik funksiyasini, jamiyatni kamol topishga, takomillashishga undash orqali ijtimoiy-tanqid funksiyani, huquqiy ma'rifatni ommalashtirish va insonlarni o'z muammolarini qonun doirasida va qonun orqali hal etishga o'rgatish orqali ijtimoiy-pedagogik funksiyani amalga oshiradi». Advokatlik faoliyatini amalga oshirish doimo har bir jamiyatning madaniy, ijtimoiy, siyosiy va tarixiy qadriyatlari bilan uzviy bog'liqlikda qaralgan. Har qanday demokratik jamiyatda advokatlar odil sudlovni amalga oshirishda, nizolarni oldini olish va ularni hal etishda, shuningdek, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilishda muhim rol o'ynaydi. Advokaturani davlat institutlari qatoriga kiritilishining yuridik asossizligi va ijtimoiy nomuvofiqligi hamma tan olgan fakt hisoblanadi. Ko'pincha ushbu nuqtai nazar quyidagicha asoslantiriladi: davlat organlari tizimiga kirmaydigan barcha institutlar fuqarolik jamiyatiga tegishlidir, demak, advokatura ham ijtimoiy institut hisoblanishi kerak. O'zbekiston Respublikasining «Advokatura to'g'risida»gi Qonunining birinchi moddasida advokaturaga ta'rif berilgan. Advokatura - huquqiy institut bo'lib, u advokatlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi shaxslar hamda xususiy advokatlik amaliyoti bilan shug'ullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, ko'ngilli, kasbiy birlashmalarini o'z ichiga oladi. Ko'rib turganimizdek, qonun chiqaruvchi advokatura fuqarolik jamiyati institutlaridan birimi yoki yo'qmi kabi falsafiy va siyosiy savollarga ahamiyat bermay, advokaturani huquqiy institut deb atab qo'ygan. Birinchi modda ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.78 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.78 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:51 ]
Arxiv ichida: docx