Advokatura institutini isloh etish ayblov va himoyaning tengligini taminlash masalalari

Advokatura institutini isloh etish ayblov va himoyaning tengligini taminlash masalalari

O'quvchilarga / Huquq
Advokatura institutini isloh etish ayblov va himoyaning tengligini taminlash masalalari - rasmi

Material tavsifi

Advokatura institutini isloh etish ayblov va himoyaning tengligini ta'minlash masalalari Reja: Sud tergovi mobaynida so'roq qilingan shaxsning ko'rgazmasi Sudlarda jinoyat ishlarini ko'rilishida prokuror ishtiroki Advokatura institutini isloh etish ayblov va himoyaning tengligini ta'minlash masalalari Mamlakatimizda olib borilayotgan sud-huquq islohotining navbatdagi bosqichi vazifalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining VI sessiyasida so'zlagan nutqida aniq ifodalab berilgan: «Fuqarolarning qonuniy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sudlarning va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining faoliyatida asosiy mazmunga aylanmog'i kerak. Sud jazolovchi organdan oddiy odamlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylanib, haqiqatan ham mustaqil bo'lib qolishi lozim. Darhaqiqat, sudlarning tom manodagi to'liq mustaqil bo'lib, odilona qaror qabul qilishiga ta'sir etuvchi har qanday qusurliklarni bartaraf etilishi, buning uchun esa, qabul qilingan qonunlarning kundalik turmushimizda amalga oshishini taminlovchi ta'sirchan mexanizm yaratish lozim. Shuningdek, sud muhokamasi chog'ida ayblov bilan himoyaning teng huquqliligini ta'minlash zarurligi haqidagi talablari haqida juda ko'p aytib o'tilmoqda. 2 may 2008 yil kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O'zbekiston Respublikasida advokatura instutini yanada isloh qilish chora tadbirlari to'g'risida Farmoni qabul qilindi. Bu masalani hal etish uchun bevosita davlatimiz rahbari darajasida Farmon qabul qilinganligi, uning qanchalik darajada dolzarb ekanligidan albatta dalolat beradi. Farmon mazmuniga etibor berilsa, sud -huquq tizimini yanada liberallashtirish. Fuqarolarning tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqini mustahkamlaydigan konstitutsiyaviy normani amalga oshirish, advokaturaning tashkiliy mustaqilligini ta'minlash, uni yuqori malakali kadrlar bilan to'ldirish, advokatlarning mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish, advokatlik kasbining obro'si va nufuzini oshirish maqsad qilib qo'yilgan. Farmonda jinoyat protsessida ayblov va himoya taraflarining tengligini ta'minlash masalasi ham alohida ko'rsatib o'tilgan. Farmon talablaridan kelib chiqib, jinoyat protsessida ayblov va himoya taraflarining tengligini ta'minlashga xizmat qilishi mumkin bo'lgan bazi bir mulohazalar ustida to'htalib o'tmoqchimiz. O'zbekiston Respublikasi JPKning 478-moddasida ishni yuqori instansiya sudi tomonidan ko'rish tartibi berilgan bo'lib, ushbu moddaning 2-qismi 1-qismida apellyatsiya tartibida 2-bandida kassatsiya tartibida prokurorlar bilan teng huquqli shartlarda birinchi instansiya va ikkinchi instansiya sudlarining chiqargan g'ayriqonuniy, asoslantirilmagan va adolatsiz qarorlariga nisbatan yuqori turuvchi sudga ko'rib chiqish uchun shikoyat berish huquqi mustahkamlangan va amaliyotda bu huquqdan keng foydalanib kelinmoqda. Yani, prokurorning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida kiritgan protesti ham jinoyat protsessining shikoyat berish huquqi berilgan taraflari tomonidan apellyatsiya va kassatsiya tartibida kiritilgan shikoyat bilan teng kuchga ega ekanligini ko'ramiz. Jinoyat protsessining bu bosqisida berilgan shikoyat ham protest bilan teng protsessual kuchga ega va albatta qonunda belgilangan tartibda ko'rib chiqilishi shart. Kiritilgan bu hujjatlar asosida sud muhokamasi o'tkaziladi va taraflar sud muhokamasida ishtirok etishlari uchun taklif etiladilar. Lekin, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.74 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.74 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga