Advokatura institutini isloh qilish - inson huquqlari himoyasini kuchaytirish vositasidir Asosiy faoliyat yo'nalishi inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan institutlar orasida advokatura alohida va muhim o'rin egallaydi. Shu sababli mamlakatimizda sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar jarayonida fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan biri bo'lgan advokatura tizimini isloh qilish hamda uning jamiyatdagi mavqeini oshirishga keng etibor qaratilmoqda. Sohani rivojlantirish va takomillashtirishning huquqiy asosi sifatida 1996 yilda «Advokatura to'g'risida», 1998 yilda «Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to'g'risida»gi Qonunlar qabul qilinib, unda advokatlik faoliyatining muhim jihatlari, advokatlarning kasbiy daxlsizligi va kafolatlarini ta'minlashga qaratilgan muhim normalar belgilandi. Qonunda belgilangan ushbu normalar advokatura institutining mustaqilligini malum darajada ta'minlaydi hamda advokatlarga kasbiy vazifalarini amalga oshirishda kengroq imkoniyatlar yaratdi. Qonunda advokatlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda olgan shaxs o'z advokatlik byurosini ochib, yakka tartibda faoliyat ko'rsatishga yoxud ixtiyoriylik asosida boshqa advokatlar (sheriklar) bilan hayatlar va firmalar tuzishga haqli ekanligining belgilanishi mamlakatimizda advokatlik faoliyatining tashkiliy shakli sifatida mavjud bo'lgan advokatlar hayatlari bilan bir qatorda advokatlik firma, byurolarini tashkil etilishi va faoliyat ko'rsatishiga olib keldi. Shu o'rinda ma'lumot tariqasida bugungi kunda Respublikada advokatlik tuzilmalarining tashkiliy shakllari sifatida 23 ta advokatlar hayati, 350 tadan ortiq advokatlar firmalari, 450 tadan ortiq advokatlik byurolari faoliyat ko'rsatib kelayotganligini qayd etish lozim. Qonun qabul qilinishiga qadar Respublikada 1700 ga yaqin advokat faoliyat ko'rsatgan bo'lsa, hozirgi kunda ularning soni 400 tadan ortdi. Turli tashkiliy shakldagi advokatlik tuzilmalarining faoliyat ko'rsatayotganligi sohada sog'lom raqobatni vujudga keltirib, ko'rsatilayotgan yuridik yordamning sifat darajasini yaxshilanishiga olib keldi va mamlakatimizning chekka hududlarida yashayotgan fuqarolar ham yuridik yordam olish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Sud-huquq tizimining uzviy bo'lagi hisoblangan advokatura sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy mazmun-mohiyati, maqsadi eng avvalo, advokaturaning jamiyatdagi mavqeini ko'tarish, kuchli, mustaqil advokatura tizimini barpo etish orqali shaxsning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmini yaratishga qaratilgan. Amaldagi advokaturaga oid qonun hujjatlarida advokatlik faoliyati bilan bog'liq ayrim masalalarning tartibga solinmaganligi amaliyotda soha rivojiga to'siq bo'layotgan quyidagi muammolarni kelib chiqishiga sabab bo'ldi. Qonun hujjatlarida mavjud advokatlik tuzilmalari (advokatlar hayati, firmasi, advokatlik byurosi)ni yagona tizimga birlashtiradigan advokatura o'zini o'zi boshqaruv organlarini tashkil etilishi nazarda tutilmaganligi, advokatlarning kasbiy jamoat birlashmasi sifatida faoliyat ko'rsatayotgan O'zbekiston Advokatlar Assotsiatsiyasining huquqiy maqomi hamda advokatura tizimidagi o'rni va rolini belgilovchi normalar mavjud emasligi sababli, advokatlarni yagona tashkilotga birlashtiruvchi tizim tashkil etilmadi. Natijada, ayrim advokatlik tuzilmalari tomonidan ko'rsatilayotgan yuridik yordamning sifat darajasi umumiy nazoratdan chetda qolib, keyingi yillarda advokatlarning xatti-harakati va ish sifati xususida tushayotgan shikoyatlar sonining ortib borishiga sabab bo'lmoqda. Amaldagi qonunchilikda ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.64 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.64 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:52 ]
Arxiv ichida: doc