Afg'on muammosini bartaraf etishda AQSH yondashuvi

Afg'on muammosini bartaraf etishda AQSH yondashuvi

O'quvchilarga / Huquq
Afg'on muammosini bartaraf etishda AQSH yondashuvi - rasmi

Material tavsifi

Afg'on muammosini bartaraf etishda AQSH yondashuvi BITIRUV MALAKAVIY ISHI 5310100 - SIYOSATSHUNOSLIK МУНДАРИЖА KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda nafaqat mintaqadagi, balki butun dunyodagi xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash muammolari, shu jumladan Afg'on muammosini hal etish masalasi jahon hamjamiyatining diqqat markazida turibdi va mazkur masala dolzarbligicha qolmoqda. Mana 30 yildan oshibdiki, mazkur mamlakat notichliklar girdobida qolgan. Hozirgi kundagi ko'pgina betartiblik holatlari aynan shu mamlakatdan tarqalmoqda. Avval Sobiq Ittifoq, 2001-yil sentabr voqealaridan keyin esa Amerika Qo'shma Shtatlari mazkur mamlakatdagi notinch holatlarni tartibga solish solish uchun xavfsizlik missiyalarini amalga oshirdilar va oshirib kelmoqdalar. Mazkur muammolarni hal etishda AQSHning amalga oshirayotgan sa'y-harakat va urinishlari o'z samarasini bir qadar ko'rsatmoqda. Shu bilan bir qatorda, mazkur hududda ko'pgina davlatlarning manfaatlari kesishgan bo'lib, shu vaziyat ham o'zining bir muncha salbiy ta'sirlarini ko'rsatmoqda. Prezidentmizning shu o'rinda bir narsa aniqki, mintaqa faqatgina barqarorlikni saqlash va geopolitik muvozanat sharoitlarida jahon hamjamiyati uchun munosib hamkor bo'lishi va faol va barqaror rivojlanishi mumkin degan jumlalari ayniqsa o'rinlidir. Bundan tashqari, mavjud muammoni shundayligicha o'z holiga tashlab qo'yib bo'lmaydi. Har qanday muammo alohida olingan davlatda milliy chegaralar doirasida uzoq vaqt qolishi mumkin emas. Shu jumladan bu muammo O'zbekistonning xavfsizligiga va barqaror rivojlanishiga o'zining ko'pgina salbiy ta'sirlarini ko'rsatmoqda. Bundan tashqari, AQSH siyosatida butun dunyoga xavf solib kelayotgan global muammolardan biri bo'lgan terrorizmni oldini olish va uni yo'q qilish muammosi dolzarb masalalardan biri bo'lib turibdi. Bunga uning hududida yuz bergan 11-sentabr voqealari va kuni kecha sodir bo'lgan Boston voqealari kabi terroristik aktlar ham kuchli ta'sir ko'rsatmoqda. Shundan kelib chiqib bugungi kunda AQSHning mazkur muammolarni hal qilishdagi, tinchlik va barqarorlikni saqlashdagi o'rni va rolini hamda mintaqadagi siyosiy jarayonlarga ta'sirini o'rganish dolzarb hisoblanadi. AQSH hukumati tomonidan Afg'onistondan 2014-yilgacha o'z qo'shinlari va tinchlikparvar qo'shinlarni olib chiqib ketish masalasi ham bugungi kunning ancha murakkab vazifalaridandir. Bunda ikki savol ko'zga yaqqol tashlanadi: birinchisi, Afg'onistonda mavjud shuncha sonli qo'shin va jihozlarni bunday qisqa vaqt ichida qanday olib chiqib ketish? bo'lsa, ikkinchisi, tinchlikparvar qo'shinlar mamlakatdan chiqib ketgandan keyingi mamlakatdagi umumiy sharoit qay ahvolda bo'ladi? degan savollardir. Hozirgi vaqtda Afg'oniston tinch va barqaror jamiyat qurish yo'lidan bormoqda. Prezidentimiz I.Karimov ta'kidlaganlaridek - «bu millionlab afg'onlarni tinch mehnat bilan band qilish, yangi, nisbatan qisqaroq kommunikatsiyalar va savdo, iqtisodiy aloqalarni shakllantirish, dunyoning bu eng keskin mintaqasidagi jo'g'rofiy-siyosiy holatlarni tubdan o'zgartirish imkonini beradi». Mavzuning o'rganilganlik darajasi. Bitiruv malakaviy ishini tayyorlashda, avvalo, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning davlatimiz taraqqiyotining asosiy yo'nalishlari, O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining tamoyillari, mintaqaviy xavfsizlik masalalari keng va har tomonlama yoritib berilgan asarlariga va xalqaro tashkilotlar doirasida O'zbekiston ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 241.3 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:52 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 241.3 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga