Aholi punktlari yerlarining huquqiy holati

Aholi punktlari yerlarining huquqiy holati

O'quvchilarga / Huquq
Aholi punktlari yerlarining huquqiy holati - rasmi

Material tavsifi

Aholi punktlari erlarining huquqiy holati Reja: 1. Aholi punkti yerlari huquqiy holatining umumiy tushunchasi. 2. Shahar va posyolka erlarining huquqiy holati. 3. Qishloq aholi punkti erlarining huquqiy holati. Aholi punktlarining yerlari mamlakatimiz yer fondi tarkibida mustaqil toifani tashkil etadi. Aholi punkti yerlari deganda tasdiqlangan shaharsozlik va yer tuzish hujjatlari asosida chegaralari belgilangan aholi yashaydigan, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa inshootlar joylashgan shahar, posyolka, qishloqlarning tashqi chegaralari doirasidagi yerlar tushuniladi. Aholi punkti yerlari huquqiy holati to'¦risiyada tushunchaga ega bo'lish uchun aholi punktlarining turlari, aholi punkti erlarining tarkibi, bu erlardan foydalanish tartibi, foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari, bu toifa erlarni borshqarishning o'ziga xos xususiyatlari kabi masalalarni aniqlash lozim bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksida ko'rsatilishicha, aholi punktlarining yerlari - shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining erlariga bo'linadi. O'z navbatida shaharlar ma'muriy bo'ysunishi va aholi soniga nisbatan Respublika, viloyat va tuman ahamiyatidagi shaharlarga bo'linadilar. Qishloqlar esa istiqbolga mo'ljallangan va istiqbolga mo'ljallanmagan qishloq aholi punktlariga bo'linadilar. Shaharlar deganda aholisi asosan sanoat va savdo, shuningdek xizmat ko'rsatish, boshqaruv, fan, madaniyat sohalarida band bo'lgan eng katta aholi punktlari tan olinadi. Shaharlar umumiy qoidaga binoan tuman, viloyatlarning ma'muriy va madaniy markazlari hisoblanadilar. Ularning xarakterli xususiyati aholining zich joylashganligi va qurilishlarning kompaktligidir. Shahar jamiyat hayotida ko'p jihatdan ijtimoiy organizm, murakkab iqtisodiy-geografik, arxitektura va qurilish, shuningdek madaniy majmualashgan sifatida bo'ladi. Shahar tipidagi posyolka - bu shaharga o'xshab ketadigan, lekin unga nisbatan kichikroq miqdordaligi bilan farq qiladigan aholi punktidir. Agar shahar tipidagi posyolkalarning maydoni kengaytirilsa, ularni shahar tipidagi aholi punktiga aylantirish mumkin. Shahar tipidagi posyolkalar aholi punktlari tizimida shahar aholi punkti bilan qishloq aholi punkti o'rtasida o'ziga xos oraliq o'rinni egallaydi. Shahar tipidagi posyolkalarda shahar aholi punktlariga ham, qishloq aholi punktlariga ham xos bo'lgan belgilar uchraydi. Aholi punktlarining shahar va qishloq aholi punktlariga bo'linishi tarixan ijtimoiy mehnat taqsimoti bilan bo¦liqdir, yani ularni toifalarga chegaralaydigan asosiy belgisi ular aholisining moddiy ishlab chiqarishning turli sohalaridagi ishtiroki hisoblanadi. Qishloq aholi punktlari mehnatga layoqatli aholisining katta qismi qishloq xo'jaligi ijtimoiy ishlab chiqarishida qatnashadi. Shuunday qishloq aholi punktlarida sanoat, transport va boshqa korxonalar joylashgan bo'lishi mumkin, ammo ulardagi ishchi va xizmatchilar ko'pchilikni tashkil etmaydilar. Shahar va shahar tipidagi posyolkalarda ijtimoiy qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi bilan mehnatga layoqatli aholining faqat kamgina qismi band bo'ladi. Ammo, aholi punktlarini shahar yoki qishloq aholi punkti toifalariga kiritish faqat aholining qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishidagi ishtiroki bilan emas, shu bilan birga aholining soniga qarab ham belgilanadi, yoxud aholi punktini shahar toifasiga kiritish uchun qonunchilik malum aholi soni bo'lishi lozimligini ko'rsatadi. Shahar va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.39 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.39 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga