Mavzu: Aholi sog'lig'ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlik Yengil tan jarohati yetkazish (52-m.). Ehtiyotsizlik orqasida yengil tan jarohati yetkazish eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Qasddan yengil tan jarohati yetkazish, bu harakat sog'liqning qisqa muddatli yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha ko'p davom etmaydigan turg'un tarzda yo'qotishga olib kelmagan bo'lsa, eng kam ish haqining ikki baravaridan to'rt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ehtiyotsizlik orqasida yengil tan jarohati yetkazish quyidagi hollarda sodir bo'ladi: harakat ehtiyotsizlik bilan sodir etilganligi va jabrlanuvchi- ning sog'lig'iga zarar etkazganligi, bunga huquqbuzarning oldindan ko'zi yetmagan, holbuki, u zarar etkazilishi mumkinligiga oldindan ko'zi etishi lozim va mumkin edi, lekin u zarar etkazilishiga oldin- dan ko'zi etgan bo'lsa ham engiltaklik bilan uni bartaraf etish mumkinligiga ishongan bo'lsa; Tuhmat (40-m.). Tuhmat, yani bila turib yolg'on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatishi eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi Bila turib yolg'on gapirish deb, tegishli ma'lumotlar yoki faktlarni tarqatuvchi shaxs ularning haqiqatga to'g'ri kelmasligini oldindan anglashiga va yo'l qo'yishiga aytiladi. Uydirmalar tar- qatish deganda, oldindan bila turib go'yo ro'y bermagan ma'lumotlar yoki faktlarni kamida bitta shaxsga oshkora (nooshkora) og'zaki, yozma yoki boshqa bir shaklda malum qilishi tushuniladi. Bunda malum qilish og'zaki, yozma yoki boshqa bir shaklda bayon etilganligining ahamiyati yo'q. huquqbuzar o'z xatti-harakati bilan etkazilgan zarar ehtiyot- sizlik orqasida sodir etilgan bo'lsa. Qasddan yengil tan jarohati yetkazish - sog'liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha ko'p davom etmaydigan turg'un tarzda yo'qotishga olib kelmagan huquqbuzarlikdir Sanitariya qonun hujjatlarini buzish (53-m.). Sanitariya qonunchilik hujjatlarini, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzish fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh bara- varidan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Giyohvandlik vositalarini yoki psixotrop moddalarni oz miqdorda g'ayriqonuniy tarzda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo'natish (56-m.). Mazkur xatti-harakatning obyektiv tomoni turli harakatlar, yani giyohvandlik vositalarini va shu kabilarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish, jo'natishni yuzaga keltiradi. O'zbekiston Respubli- kasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursor- larning muomalada bo'lishi O'zbekiston Respublikasining «Giyoh- vandlik vositalari va psixotrop moddalar to'g'risida»gi qonunida belgilangan1. Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi: Jamoat joylarida tamaki mahsulotini istemol qilish (561-m.). Ish joylarida, sog'liqni saqlash, ta'lim, sport-sog'lomlashtirish muassasalarida, yong'in chiqish xavfi bo'lgan joylarda, shu jumladan, avtomobillarga yoqilg'i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini istemol qilish (bundan tamaki mahsulotini istemol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar mustasno) eng kam ish haqining ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
690.18 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:52
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
690.18 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:52 ]
Arxiv ichida: pptx