Aholini ish bilan ta'minlash va mehnat resurslaridan foydalanishni huquqiy tartibga solish Reja 1-. Aholini ish bilan ta'minlash tushunchasi va fuqarolarning ishga joylashish huquqlari 2-. Xodimlarni korxonalardan bo'shatilishi va uning huquqiy tartibga solinishi 3-. Ishsizlik tushunchasi va ishsiz shaxslarga beriladigan huquqiy kafolatlar 4- Ishsizlik nafaqasi va ishsiz shaxslarga beriladigan ijtimoiy yordamlar 5-. Aholini ish bilan ta'minlashga oid tadbirlarda ish beruvchilar, kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari ishtiroki 6-. Fuqarolarni ishga joylashtirish. Ishga joylashtirish organlari va ularning huquqiy maqomi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida aytilganidek: «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir». Shuningdek, «Inson huquqlari Umujahon Deklaratsiyasi»da ham mehnat qilish huquqi insonning eng muhim tabiiy huquqlaridan ekanligi tan olingan. Ushbu Deklaratsiyaning 23-moddasida takidlanganidek: «Har bir inson mehnat qilish, ishni o'z erki bilan tanlab olish, mehnatning adolatli va qulay sharoitlari bo'lishi va ishsizlikdan muhofaza etilish huquqiga egadir». Sho'rolar davrida mehnat qilish huquqi fuqarolar uchun mehnat qilish majburiyatiga aylantirilgan edi. Natijada u erkin hayotiy ehtiyojdan ko'ra malol keladigan burch sifatida tasavvur etilar, uning unumdorligi va samaradorligi ham shunga mutanosib ahvolda edi. Iqtisodiyotni ma'muriy-buyruqbozlik yo'li bilan idora qilish davrida aholining to'la ish bilan bandligi, har bir shaxsning ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo'lishi zarurligi qonun bilan mustahkamlab qo'yilgan bo'lib, mehnat qilmaslikning o'zi huquqbuzarlik sanalgan, yani majburiy mehnat joriy etilgan edi va bu hol inson huquqlarining qo'pol tarzda buzilishi ko'rinishlaridan biri edi. O'sha paytda iqtisodiyotda hukmron bo'lgan davlat sektoriga taalluqli korxonalarda, asosan shaharlarda ish kuchiga bo'lgan talab, ishchi kuchiga taklif hisobga olinmagan holda ish joylari sun'iy ravishda barpo etilar, buning natijasida g'ayritabiiy vaziyat yuzaga kelardi. Jumladan, shaharda malakali ishchi kuchi muntazam etishmagani holda qishloqlarda mehnatga yaroqli aholining asosiy qismi jamlangan bo'lib, ish bilan ta'minlash sohasida o'tkir muammolarni yuzaga keltirar, mehnat resurslaridan nooqilona va isrofgarchilik bilan foydalanishga, mehnat unumdorligining juda past bo'lishiga olib kelar edi. Mustaqillikning qo'lga kiritilishi, bozor iqtisodiyotiga o'tilishi bilan mehnat resurslaridan foydalanish, ish kuchining ham o'z qiymatiga ega, sotiladigan va sotib olinadigan boylikka aylanib borishi bilan bog'liq bo'lgan mehnat bozorini shakllantirishni dolzarb vazifa qilib kuydi. Mamlakatimizda keng qamrovli xususiylashtirish jarayonining amalga oshirilishi natijasida mulkchilik, ishlab chiqarish sohasida davlat yakka hokimligiga to'la barham berilib, ko'p ukladli iqtisodiy tizim vujudga keltirildi. 200 yil 1 oktyabrgacha bo'lgan ma'lumotlarga ko'ra mehnatga yaroqli aholining 75,8% xalq xo'jaligining nodavlat sektorida band ekanligini aytib o'tish kifoya. Buning natijasida mehnat resurslaridan foydalanish va aholining bandligi masalalarida yangi rivojlanish tendensiyalari, yangi qonuniyatlar yuzaga kela boshladi. Bozor munosabatlari mehnatning oqibatlari, ishchi kuchining ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.07 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.07 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:52 ]
Arxiv ichida: doc