Akshning mustaqillik uchun kurash davri siyosiy va huquqiy ta'limotlari

Akshning mustaqillik uchun kurash davri siyosiy va huquqiy ta'limotlari

O'quvchilarga / Huquq
Akshning mustaqillik uchun kurash davri siyosiy va huquqiy ta'limotlari - rasmi

Material tavsifi

AQSHning Mustaqillik uchun kurash davri siyosiy va huquqiy ta'limotlari Reja: 1. Tomas Djeffersonning siyosiy-huquqiy qarashlari 2. Tomas Peynning siyosiy-huquqiy qarashlari XVII asr ikkinchi yarmida Amerika Qo'shma Shtatlarining mustaqillik uchun kurashi keskin tus oldi. Bu 1775-1783 yillar grajdanlar urushda yaqqol namoyon bo'ldi. Metropoliya zulmiga qarshi harakatlar demokratik g'oyalarni rivojlanishiga, tabiiy huquq nazariyalarini tarqalishga katta turtki berdi. Mustaqillik uchun kurash davrining siyosiy va huquqiy fikrida 1776 yilda qabul qilingan Amerika Qo'shma Shtatlarining mustaqillik deklaratsiyasi alohida ahamiyat kasb etadi. Unda barcha kishilar yashash, erkka, mulkka ega bo'lish va havf-hatarsiz turmush kechirish tabiiy huquqlariga egadirlar, xalq-hokimiyat manbaidir, suverenitet xalqqa tegishlidir, hukumat-xalq xizmatkori, barcha davlat idoralari xalq manfaatlari uchun xizmat qiladi, hokimiyat bo'linish prinsipini joriy qilish kabi g'oyalar o'z ifodasini topgan. Bu hujjatning tarixiy ahamiyati shundaki, unda siyosiy ta'limotlarning asosiy g'oyalari, ayniqsa xalq suvereniteti g'oyasi davlatning amaliy prinsiplari sifatida birinchi bo'lib elon qilingandir. Mustaqillik deklaratsiyasining asosiy g'oyalarini ishlab chiqish va ularni siyosiy tajribaga joriy qilishda Amerika Qo'shma Shtatlari demokratlari T.Djefferson, T.Peyn katta rol o'ynadilar. 2. Tomas Djeffersonning siyosiy-huquqiy qarashlari Tomos Djefferson (1743-1826) atoqli mutafakkir va siyosiy arab, Amerika Qo'shma Shtatlari mustaqilligi Deklaratsiyasining muallifidir. Djefferson ijtimoiy shartnoma va inson tabiiy huquq nazariyasiga asoslanib monarxiya davlat tuzumini tanqid ostiga oldi va xalq suvereniteti g'oyasini asoslab chiqdi. Uning fikricha, qirol hokimiyati xalq hokimiyatidan hosil bo'lgan, unga qaramdir. Davlat hokimiyatining tuzish va uni nazorat qilishda barcha ishtirok qilish huquqiga ega, hech kim bu huquqdan mahrum qilinishi mumkin emas. Agar hokimiyat xalq huquqlarini oyoq osti qilguday bo'lsa, xalq bunday hukumatni almashtirish huquqiga egadir. Tenglik, erkinlikni xalqdan tortib olishga xech kimni haqqi yo'q, bularning barchasi begona qilinmaydigan tabiiy huquqlardir. Dunyoda inson huquqlaridan boshqa barcha narsa o'zgaradi, deydi Djefferson. Uning fikricha, tabiiy huquqlar davlat chiqargan qonunlardan ustundir. Ular o'rtasida paydo bo'ladigan ziddiyatlar har doim tabiiy huquq foydasiga hal qilinishi kerak. Davlat tabiiy huquqlarning ta'minlash uchun yaratilgandir. Djefferson siyosiy ta'limotining asosiy muammosi shaxs huquqlari va hokimiyatni demokratik usulda tuzish muammosidir. Shaxs huquqlarini hukumat huquqlariga nisbatan ustuvor qo'yish orqali Djefferson shaxsni hokimiyat o'zboshimchaligidan muhofaza qilmoqchi bo'ladi. Djeffersonning siyosiy ideali davlatni xalq saylagan vakillar orqali boshqarish va nazorat qilish imkonini beruvchi demokratik Respublika edi. Barcha mansabdor shaxslar malum bir muddatga saylanishi va xalq nazorati ostida bo'lishi shart, deydi Djefferson, va shu nuqtai nazardan Monteskening monarxiya haqidagi fikrlarini tanqid ostiga oladi. Djefferson tashabbusi bilan 1787 yilda qabul qilingan AQSH konstitutsiyasiga o'nta qo'shimcha kiritilishi zarur deb topildi. Bu qo'shimchalar so'z erkinligi, matbuot erkinligi kabi demokratik huquq va erkinliklarni o'z ichiga olgan edi. Bu qo'shimchalarning barchasi 1791 yil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.68 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.68 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga