Aliment majburiyatlari Reja: Ota-ona va bolalarning aliment majburiyatlari yer-xotin va sobiq yer-xotinlarning aliment majburiyatlari Oilaning boshqa a'zolarining aliment majburiyatlari Aliment to'lash va undirish tartibi Ota-ona va bolalarning aliment majburiyatlari. yer-xotin va sobiq yer-xotinlarning aliment majburiyatlari. Oilaning boshqa a'zolarining aliment majburiyatlari. Alimentni to'lash bo'yicha kelishuv. Aliment to'lash va undirish tartibi. Aliment to'lashdan bosh tortish. Ota-ona va bolalarning aliment majburiyatlari Aliment - ota-onaning voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga, bolalarning ota-onasiga, yer-xotinning, qarindoshlar va boshqa shaxslarning bir-biriga qonunga muvofiq beradigan ta'minotidir. Oilada ota-ona va bolalar o'rtasida yuzaga keladigan munosabatlar, tabiiyki, bir-biriga yordam ko'rsatish, bir-birini qo'llab-quvvatlash, hamjihatlik hamda ixtiyoriylikka asoslangan bo'lishini taqozo etadi. Aliment majburiyatlari oila a'zolari o'rtasida sodir bo'ladi. Bu so'z lotincha alimentum so'zidan olingan bo'lib - oziq-ovqat, nafaqa, ta'minot, boqish uchun mablag'lar degan ma'nolarni anglatadi. Qisqa qilib aytganda, alimentlar bir shaxsning ikkinchi shaxsga majburan to'laydigan moddiy mablag'laridir. Oila kodeksining 96-moddasiga binoan, ota-ona voyaga yetmagan bolalariga to ular 18 yoshga to'lgunga qadar aliment to'lashlari shart. Ushbu modda ota-onaning faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatangina ta'minot berish majburiyatlariga bag'ishlangan bo'lib, o'z bolalarini moddiy jihatdan ta'minlash majburiyatini anglatadi. Bu majburiyat bolaning iste'moli uchun oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turli xil o'yinchoqlar, jismoniy tarbiya mashg'ulotlari bilan shug'ullanish chog'ida kerak bo'ladigan buyumlar, o'quv qurollari xarid qilish shaklida amalga oshiriladi. Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga aliment to'lash ota-onaning majburiyatidir. Bunday aliment oyma-oy to'lanadi. Oila kodeksining 100-moddasida ota-onaning voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga nisbatan tegishli majburiyatlari belgilab qo'yilgan. Ota-ona voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta'minot berishi shartdir. Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta'minot berish ota-onaning kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Ota-ona o'rtasida bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizo sud tartibida hal qilinadi. Oila kodeksining 108-moddasiga ko'ra, mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj voyaga yetgan bolalar ota-onasidan, agar ular yo'q bo'lsa, qarindoshlari va Oila kodeksida ko'rsatilgan boshqa shaxslardan o'z ta'minoti uchun aliment talab qilish huquqiga ega. Bunday hollarda aliment miqdori sud tomonidan aliment to'lash shart bo'lgan shaxsning moddiy va oilaviy ahvoli hisobga olinib, pul bilan to'lanadigan qat'iy summada belgilanishi mumkin. Voyaga yetgan bolalar 1 yoki 2-guruh nogironi deb topilgan bo'lsalar, so'zsiz, o'z ota-onalaridan aliment olish huquqiga ega bo'ladilar. Lekin 3-guruh nogironligini belgilashda shaxsning mehnat layoqatini anchagina yo'qotgani va bu layoqatning uzoq vaqt davomida pasayib borishi asos bo'ladi. Ammo bunday shaxsning mehnat layoqati to'liq va uzil-kesil yo'qotilmaydi. Voyaga yetgan bolalar 3-guruh nogironi bo'lsalar, aniq vaziyatlar bo'yicha sud aniqlab va o'rganib chiqargan xulosaga qarab, aliment olish huquqi vujudga kelishi mumkin. Oilaga tarbiyaga berilgan bolalar ham o'zlariga tegishli bo'lgan aliment, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.88 MB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.88 MB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:52 ]
Arxiv ichida: doc