Reja: Alimentlarni sud tartibida undirish Alimentlarni kelishuv va ixtiyoriy to'lash tartibi Alimentlarni sud tartibida undirish Ushbu kodeksda ko'rsatilganidek oila huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlar bilan aliment munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar ham sudlarga taalluqlidir. Aliment huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarni xususiyatlari shundan iboratki, u hamisha shaxsi munosabatlardan kelib chiqadi, bunday turkumdagi ishlarda protsessual huquq qabul qilinishlikka yo'l qo'yilmaydi. Demak, alimentlar undirish to'g'risidagi ishlar muayyan xususiyatlarga ega, bu xususiyatlarni e'tiborga olmaslik, taraflarning va boshqa mansabdor shaxslarning qonuniy huquqlarini jiddiy buzilishiga, g'ayriqonuniy va asoslantirilmagan qarorlarning chiqarilishiga olib kelishi mumkin. Bu xususiyatlar quyidagi qonunlarda ifodalangan. FPKning 105-moddasi hamda «Davlat boji to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunini 3-moddasini «v» bandiga muvofiq1 alimentlar undirish to'g'risidagi da'volar bo'yicha javobgarni turgan joyi bo'yichagina emas, balki da'vogarning turgan joyi bo'yicha ham sudga murojaat qilinishi mumkin. Bu qoidalar bunday turkumdagi ishlar bo'yicha da'vogarlar uchun muhim protsessual imtiyozlar belgilaydi. Ularning maqsadi sud tartibida alimentlar undirishni osonlashtirishdir. Ammo bu qoida aliment majburiyatlari bilan bog'liq bo'lgan barcha ishlarga joriy etilmaydi, chunonchi, alimentlarni miqdorini kamaytirish va uni to'lashdan ozod qilish to'g'risidagi ishlarga nisbatan tadbiq etilmaydi. Bolalarni asrash uchun alimentlar undirish to'g'risidagi da'volarni mustaqil qo'zg'atish bilan bir qatorda nikohdan ajratish to'g'risidagi da'volar bilan birga ko'rib hal qilish ota-onalik huquqidan mahrum qilish, bolani tarbiyaga berish, otalikni belgilash to'g'risidagi da'volar bilan birga ham qo'zg'atilishi mumkinligini nazarda tutish kerak. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998 yil 11sentabrdagi 22-sonli qarorining 14-bandida sud nikohdan ajratish to'g'risidagi ishlarni ko'rishda voyaga yetmagan bolalarning huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish maqsadida ishda aniqlangan holatlarga muvofiq manfaatdor shaxs tomonidan da'vo qo'zg'atilgan-qo'zg'atilmaganligidan qat'iy nazar bolalar tarbiyasi uchun nafaqa undirish masalasini muhokama qilishi lozimligi ko'rsatib o'tilgan. Bolalar manfaatlarini muhimligini e'tiborga olgan holda qonun-qoidalar nikohdan ajralish to'g'risida ariza bergan yer-xotinga yarashtirish to'g'risida muddat berishni nazarda to'tgan bo'lsa ham nizo bo'lmagan hollarda ajralish ishlari ko'rilganga qadar nafaqa undirish masalasini ishni qo'zg'atmasdan turib sud muhokama qilishga haqli ekanligi asoslab berilgan.1 Bundan tashqari alimentlar undirish to'g'risidagi masala, bu to'g'rida ota-ona tomonidan maxsus talab qo'yilmagan bo'lsada, sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi ish yuzasidan qaror chiqarilishi chogida o'z tashabbusi bilan hal qilinishi mumkin. Ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani bolalarni ta'minlash majburiyatidan ozod etilmaydi. Shu tufayli da'vo qo'zg'atilgan-qo'zg'atilmaganligidan qat'iy nazar birgalikda hal etilishi shartligi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998 yil 11 sentabrda qabul qilgan qarorida ko'rsatilgan.2 Sudlar da'vogarning turar joyi noma'lum bo'lganida ham da'vo arizasini qabul qilishni rad qilmasdan, balki o'z tashabbuslari bo'yicha javobgarning turar joyini aniqlashga va uning da'vo ishining sudda ko'rilishi kuni to'g'risida xabardor qilishga choralar ko'rishga majburlar. Voyaga yetmagan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.21 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.21 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:52 ]
Arxiv ichida: doc