Mavzu:Alkogol va tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish qoidalari TAQDIMOT O'z. Res. V.M.ning 2012 yil 29 maydagi 148-sonli qarori Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish belgilangan tartibga muvofiq berilgan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo huquqi uchun ruxsatnoma asosida va ushbu maqsadlar uchun himoyalangan fiskal xotiraga ega bo'lgan nazorat-kassa mashinalaridan, shuningdek bank plastik kartochkalaridan to'lovlarni qabul qilish bo'yicha hisob-kitob terminallaridan majburiy tartibda foydalangan holda amalga oshiriladi. Alkogol va tamaki mahsulotlarining, shu jumladan import alkogol va tamaki mahsulotlarining sotuvchisi mahsulotlarning har bir nomi bo'yicha tayyorlovchi yoki yetkazib beruvchining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan hamda hisobga olish va ro'yxatdan o'tkazish raqamlari, uning amal qilish muddati va sertifikatni bergan organ ko'rsatilgan holda mahsulotning har bir nomi bo'yicha muvofiqlik sertifikati mavjudligi to'g'risidagi ma'lumotlar mavjud bo'lgan tovar-transport hujjatlariga ega bo'lishi kerak. O'zb. Res.V.M. 2014 yil 3 martdagi 45-sonli qarori Muvofiqlik sertifikati xaridorning talabiga ko'ra sotuvchi tomonidan taqdim etilishi kerak. Sertifikatsiyalangan mahsulot belgilangan tartibda muvofiqlik belgisi bilan markalanadi. Alkogol va tamaki mahsulotlarini SOTISH MUMKIN EMAS: 20 yoshga to'lmagan shaxslarga; muvofiqlik sertifikatisiz; yaroqlilik muddati o'tib ketgan holda; aksiz markalari bilan markalanmagan holda (pivodan tashqari) yoki qalbaki aksiz markalari bilan; Alkogol va tamaki mahsulotlarini SOTISH MUMKIN EMAS: ishlab chiqarilgan korxonani aniqlash imkonini beradigan darajada aniq markalanmagan holda; alkogolli mahsulotlar tayyorlashga litsenziyasi bo'lmagan mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlanganda; Alkogol va tamaki mahsulotlarini SOTISH MUMKIN EMAS: alkogolli mahsulotlarni saqlash va sotish uchun sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq bo'lmagan xona va joylarda; ta'lim, sport va diniy muassasalardan kamida besh yuz metr radiusda joylashgan savdo korxonalarida; tamaki mahsulotlariga nisbatan - donalab, qutisiz (o'ramsiz); savdo avtomatlari orqali; Alkogol va tamaki mahsulotlarini SOTISH MUMKIN EMAS: jamoat transporti bekatlarida, shu jumladan metropoliten bekatlarida, jamoat joylarida va dam olish joylarida, davolash-profilaktika va sport-sog'lomlashtirish muassasalari hududida, ushbu muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarining oshxonalarida, aeroportlarga, temir yo'l vokzallari va avtostansiyalarga tutashib ketgan joylarda joylashgan savdo korxonalarida; etiketkalarsiz, iflos (ichki yoki tashqi tomoni), singan (og'zi uchgan, yorilgan), tiqini uchgan, umumiy ko'rinishi tiniq bo'lmagan, chet narsalar aralashgan, cho'kindili butilkalarda (vinolar to'plamidan tashqari); alkogolli mahsulotlarga qonun hujjatlarida belgilangan eng past chakana narxdan past narxlarda (pivodan tashqari) sotish taqiqlanadi. Xaridor kamchiliklari bo'lgan alkogol va tamaki mahsulotlari sotib olgan taqdirda sotuvchi xaridor talabiga ko'ra ularni sifatli tovarga almashtirib berishga yoki, agar mazkur kamchiliklar tovarning yaroqlilik muddati doirasida aniqlangan bo'lsa, xaridorga uning to'lagan summasini qaytarib berishga majburdir. Sotuvchi aybi bilan belgilangan yaroqlilik muddati doirasida kamchiliklari bo'lgan alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish oqibatida iste'molchi hayoti va salomatligiga yetkazilgan zarar amaldagi qonunchilikka muvofiq qoplanishi kerak. O'zb Res ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
340.41 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:52
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
340.41 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:52 ]
Arxiv ichida: ppt