Alohida olingan jinoyatlarning sabab va sharoitlari Reja: Alohida olingan jinoyatlarning sabab va sharoitlari tushunchasi Alohida olingan jinoyatlar sodir etilishi mexanizmi Shaxsning ma'naviy shakllanishiga salbiy ta'sir etuvchi sharoitlar va ularning kriminologik xususiyatlari Jinoyat sodir etilishida muayyan hayotiy vaziyatning tutgan o'rni Alohida olingan jinoyatlarning sabab va sharoitlari tushunchasi Ijtimoiy hayotda jamiyat manfaatlariga zid bo'lgan holatlar, shu jumladan, odamning g'ayriqonuniy xatti-harakatlari orqali yuzaga keluvchi jinoyat jamiyat hayotidagi ijtimoiy munosabatlar zaminida shaxsning o'ziga xos xususiyatlari hamda mavjud voqelik asosida kelib chiquvchi vaziyatlarda o'zini tutishi va nimalarga amal qilish yoki qilmaslik borasida jazm etishidir. Buning oqibatida jinoyat jinoyatchi shaxsining o'ziga xos xususiyatlariga mos ravishda sodir etiladi. Ya'ni bir turdagi jinoyat bir necha jinoyatchi shaxslar tomonidan sodir etilgan bo'lsa-da, har bir jinoyat o'ziga xos tarzda sodir bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham kriminologiya jinoyatlarni ilmiy jihatdan ko'rib chiqishda har bir jinoyatning sodir bo'lishi xususiyatlariga alohida yondashadi. Chunki har bir sodir etilgan jinoyat, jinoyat qonunchiligida qayd etilgan turiga ko'ra, kriminologiya nuqtai nazaridan o'rganilsa, ma'lum bir sabab va sharoit asosida sodir etilganligi ma'lum bo'ladi. Binobarin, har bir jinoyat shaxsning o'ziga xos shakllanishiga ta'sir etgan ichki va tashqi holatlar asosida kelib chiqadigan salbiy ma'naviy-ruhiy xislatlarining oqibatidir va bu holat jinoyatni yuzaga keltiruvchi holat hisoblanadi (ya'ni kriminogen holat). Ushbu xulosa, biz avvalgi paragraflarda ko'rib chiqqanimizdek, ikki xil, ya'ni shaxs bilan jinoyat sodir etilishidagi mavjud ijtimoiy voqelikning o'zaro bog'liqligi asosida yuzaga keladi. Shaxsning ma'naviy shakllanganligi va jinoyat sodir etilishidagi aniq vaziyatlarning mavjudligi jinoyat uchun asos hisoblanadi. Jinoyatchilikning sabab va sharoitlari o'ziga xos ravishda shaxs ma'naviy jihatlarining shakllanishini o'z ichiga oladi. Shu bilan birga, shaxsning xatti-harakatlari yuzaga kelishiga imkon yaratuvchi aniq vaziyatlarni ham belgilashga yordam beradi. O'z navbatida, alohida olingan jinoyatlar ham individual miqyosda, aniq bir voqelikda yuzaga keluvchi jinoyatchilikning sabablarini va aniq vaziyatlarni o'zida aks ettiradi. Demak, har bir alohida olingan jinoyat o'z sabablari hamda sharoitlarini yuzaga keltirishi asosida umumiy jinoyatchilikning sabab va sharoitlari kelib chiqishiga ta'sir etib boradi. Shuning uchun ham huquqni muhofaza qilish va huquq tartibot idoralari faoliyatida jinoyatlarning oldini olish har ikki miqyosda - jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi sharoitlarni aniqlash, oilada, o'quv maskanlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik jamoalarida va ijtimoiy hayot yo'nalishlarida shaxsni ma'naviy shakllanishiga salbiy ta'sir etuvchi holatlarni (yakka tartibdagi profilaktika, ya'ni oldini olish choralari orqali) aniqlash, ularga barham berish va kriminogen holatlarni tugatish hamda aniq bir jinoyat sodir bo'lishiga yo'l qo'ymaslik kabi vazifalarni bajarish orqali amalga oshiriladi. Zotan, xizmat sohalari bo'yicha ichki ishlar organlari o'z faoliyat yo'nalishlaridan kelib chiqqan holda, jumladan, jinoyat-qidiruv yo'nalishida bosqinchilik, talonchilik yoki bir qator kuch ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.41 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.41 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:52 ]
Arxiv ichida: doc