Reja: Alohida tartibda ko'riladigan ishlar tushunchasi va mohiyati Yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni belgilash Fuqaroni bedarak yo'qolgan deb topish Fuqarolarni muomalaga layoqati cheklangan yoki muomalaga ayokatsiz deb topish Mol-mulkni egasiz deb toipsh Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo'qotilgan taqdirda arga bo'lgan huquqlarni tiklash Alohida tartibda ko'riladigan ishlar tushunchasi va mohiyati Sud amaliyotida aksariyat hollarda fuqarolik ishlari biron-bir buzilgan shaxsiy yoki mulkiy huquqning himoya qilinishi to'g'risida, da'vo ishlari tarzida qo'zg'atiladi. Ammo ba'zi hollarda fuqarolik ishlari huquq to'g'risida nizo birovning birovga da'vosi bo'lmaganida ham sudlarga qo'zg'atilib, ko'rilishi va hal qilinishi mumkin. Masalan, fuqarolar pensiya yoki meros olishi uchun zarur bo'lganida biron bir faktning mavjudligini, aytaylik, birovning farzandi yoinki boqimida bo'lganligini tasdiqlatish zarur bo'lganida birovlarga nisbatan da'vo qo'zg'atmasdan, balki sudga ariza bilan, muddaosini aytib, murojaat etadi. Bunday hollarda fuqarolik ishlari da'vo ishlarini yuritish tartibida ko'rilmasdan, balki alohida ish yuritish tartibida ko'riladi. Sudlarda bu tartibda ham subyektiv huquqlar va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarni himoya qilish maqsad qilib qo'yiladi. Nizosiz ishlar, ya'ni FPKning 279-moddasida ko'rsatilgan ishlar, sudlar tomonidan FPKning 30-35-boblarida ko'rsatilgan istisno va qo'shimchalar bilan FPKning umumiy qoidalariga muvofiq ko'riladi. Sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko'riladigan nizosiz ishlar jumlasiga: 1) yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni belgilash to'g'risidagi: 2) fuqarolarni bedarak yo'qolgan deb topish va fuqarolarni o'lgan deb e'lon qilish: 3) ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi tufayli fuqarolarni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish to'g'risidagi: 4) mol-mulkni, ashyoni egasiz deb topish: 5) berilgan hujjatlarni yo'qolgan taqdirda, ularga bo'lgan huquqlarni tiklash (chaqirib ish yuritish) boshqacha qilib aytganda taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo'qolgan taqdirda ular bo'yicha huquqlarni tiklash to'g'risidagi ishlar kiradi. Alohida tartibda ko'riladigan ishlarda huquq haqida nizo bo'lmaydi, shu belgisi bilan u da'vo ishlarini yuritishdan farq etadi. Alohida tartibda ish yuritishdan maqsad fuqarolarning biron-bir huquqlari vujudga kelganligi, o'zgarganligi yoinki bekor bo'lganligini, ya'ni yuridik faktlarning mavjudligi yoki ularning yo'qligini aniqlashdan iborat bo'ladi. Da'vo ishlarini yuritishda esa-sud faoliyati birmuncha kengrok bo'ladi. Bunda sud yuridik faktlarni aniqlabgina qolmay, shu bilan birga aniqlangan faktlarga moddiy-huquqiy normalarni tadbiq etishi, taraflarning huquq va majburiyatlari haqida tegishli xulosaga kelishi, ya'ni fuqarolik huquqiy nizolarni hal etishi lozim bo'ladi. Alohida tartibda ko'riladigan ishlarda-huquq to'g'risida nizo bo'lmagani tufayli taraflar, ya'ni javobgar, da'vogar, uchinchi shaxslar ham bo'lmaydi, faqat o'z muddaosini aytib, sudga murojaat qiluvchi arizachigina va boshqa manfaatdor shaxslargina bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham alohida tartibda ko'riladigan fuqarolik ishlarida ba'zi fuqarolik protsessual normalarning, masalan, sherik ishtirokchilik, tegishsiz tarafni tegishi taraf bilan almashtirish, kelishuv bitimi va shu kabi protsessual harakatlarga oid normalar qo'llanilmasligi mumkin. Alohida ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.06 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.06 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:52 ]
Arxiv ichida: doc