Alohida toifadagi ma'muriy sud ish yurituvini amalga oshirish Reja Kerakli hujjatlar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi ishlar bo'yicha ish yuritish Idoraviy normativ-huquqiy hujjat - vazirlik, davlat qo'mitasi va idora tomonidan belgilangan tarzda qabul qilingan, umum majburiy davlat ko'rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o'zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat; Normativ-huquqiy hujjat qonunchilikka muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko'rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o'zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir. Idora nima? vazirlik yoki davlat qo'mitasi hisoblanmagan, ijro etish va (yoki) farmoyish berish funksiyalari, shuningdek idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqi berilgan Respublika davlat boshqaruv organlari yoxud maxsus vakolatli boshqaruv organlari tushuniladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi to'g'risidagi qonun Konstitutsiyaviy sud O'zbekiston Respublikasi ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksi Oliy Sud SUDLOVGA TAALLUQLIGI VA TEGISHLILIGI Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi ishlar bo'yicha ish yuritish Fuqaro Yanguli Sog'liqni saqlash vazirining Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga tibbiy yordam ko'rsatish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyrug'ini haqiqiy emas deb topishni so'rab sudga murojaat qildi? 1. Qaysi sudga murojaat qilishi kerak? 2. Sud qaysi asosga ko'ra ish yuritishni boshlashi kerak? 3. Sudning xatti-harakatlari nimalardan iborat bo'ladi? O'ziga nisbatan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi tatbiq etiladigan fuqaro yoki yuridik shaxs mazkur hujjat O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlangan uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzgan deb hisoblasa, ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni to'liq yoki qisman haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi ariza ushbu Kodeksning 128-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo'lishi kerak. Arizada quyidagilar ham ko'rsatilishi kerak: 1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning nomi; 2) idoraviy normativ-huquqiy hujjatning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, e'lon qilish manbai va u to'g'risidagi boshqa ma'lumotlar; 3) arizachining fikriga ko'ra, uning ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning ayrim qismlari bilan buzilayotgan huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlari; 4) arizachining fikriga ko'ra, idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning alohida qismlari nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo'lgan qaysi qonunchilik hujjatiga zid bo'lsa, o'sha qonunchilik hujjatining nomi; 5) arizachining idoraviy normativ-huquqiy hujjatni to'liq yoki qisman haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi talabi. SUDGA MUROJAAT QILAYOTGAN PAYTDA Arizaga ushbu Kodeksning 130-moddasida ko'rsatilgan hujjatlar, shuningdek nizolashilayotgan normativ-huquqiy hujjatning matni ilova qilinadi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to'g'risida sudga ariza berilganligi nizolashilayotgan hujjatning yoki uning ayrim qoidalarining amal qilishini to'xtatib turmaydi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to'g'risida sudga ariza berilganligi nizolashilayotgan hujjatning yoki uning ayrim qoidalarining ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
292.84 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:52
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
292.84 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:52 ]
Arxiv ichida: pptx