Amerika Qo'shma Shtatlari davlati va huquqi

Amerika Qo'shma Shtatlari davlati va huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Amerika Qo'shma Shtatlari davlati va huquqi - rasmi

Material tavsifi

Amerika Qo'shma Shtatlari davlati va huquqi REJA: AQSHNING VUJUDGA KELISHI VA UNING MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI AQSH KONSTITUTSIYASI PARTIYALAR TIZIMI AQSHNING VUJUDGA KELISHI VA UNING MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI Shimoliy Amerika yerlariga XVI asr oxirlarida kelgan inglizlar uzoq tura olmaydilar. Ular tomonidan doimiy mustamlakaga aylantirish 1607- yildan, ya'ni Virginiya (qirolicha Yelizaveta ismidan) deb nomlangan mustamlaka barpo qilinganidan so'ng boshlandi. Angliya XVII asr o'rtalarida o'lkadagi asosiy raqiblarini surib chiqarib, qit'ada o'zining 13 ta mustamlakasini yaratadi. Bu mustamlakalarning har biri o'z nomiga ega bo'lsa-da, «Yangi Angliya» mustamlakalari, deb ham atalgan. Ingliz inqilobi boshlanishi natijasida u bilan mustamlakalar o'rtasida aloqa zaiflashadi. Mustamlakalar ichki boshqarish ishlarida to'la mustaqillikni saqlaganlari holda «Yangi Angliyaning birlashgan mustamlakalari» degan nom ostida ittifoq tuzadilar. Natijada ular tizimida ko'payish, qo'shilib va ajralishlar kuzatiladi. AQSHNING VUJUDGA KELISHI VA UNING MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI AQSHning hozirgi hududida qadim vaqtlardan buyon indeyetslar va eskimoslar yashagan. Aynan Amerikaning qadimiy tub aholisi indeyetslar bo'lgan. Ko'pgina tarixchilarning fikricha, ularning ajdodlari bundan 20-25 ming yil oldin Yaponiyaning Bering bo'g'ozi orqali Osiyodan ko'chib borganlar. XI-XIV asrlarda Shimoliy Amerikaga asosan Grelandiyalik islandlar ahyon-ahyonda safar qilib turganlar. 1492-yilda Kolumb tomonidan Amerika kashf qilingach, oradan ko'p o'tmay, aniqrog'i, XV asrdan bu qit'ani Ispaniya, Fransiya, Angliya, Gollandiya davlatlari o'zlarining mustamlakasiga aylantira boshladilar. AQSHNING VUJUDGA KELISHI VA UNING MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI Shimoliy Amerika mustamlakalarida feodalizm, quldorlik va majburiy mehnat elementlari qo'shilib ketgan. Shuningdek, u o'z vaqtida markaziy va janubiy mustamlakalarga nisbatan bir muncha taraqqiy etgan. Kichik ma'muriy hududiy birliklar - grafliklar ta'sis etilgan. Yerdan foydalanish «yirik yer egalari - mayda fermerlar - kichik yer egalari ko'rinishida kechgan. Mustamlaka hududlarga oid umumiy ishlar Angliya parlamenti tomonidan qonun qabul qilish, qirol tomonidan Proklamatsiya (1763 -yil, ko'chish haqida) va hukumat tomonidan farmoyishlar chiqarish orqali tartibga solinib kelingan. Mustamlakalarda konstitutsiyashunoslikning tug'ilishining eng boshidanoq dastlab, ikki bir-biriga qarama-qarshi tendensiya - demok- ratiyaga qarshi reaksion va demokratik yo'nalish yuzaga keladi. Shunga koloniyalarda demokratik va nodemokratik siyosiy tuzum amal qiladi. Ingliz inqilobi mustamlakalarda ozodlik uchun kurashning boshlanishiga katta ta'sir etadi. Inqilob joylarda monarxiyani qo'llab- quvvatlovchi va unga qarshi harakatlarda ko'rinadi. Bu davrda mustamlakalar boshqaruvi bo'yicha ingliz manfaatini ko'zlovchi Londonda loyiha ishlab chiqiladi. 1754-yilda chaqirilgan mustamlakalar vakillarining syezdida B. Franklin tomonidan taqdim etilgan loyiha asosida demokratik xarakterdagi yana bir loyiha ishlab chiqiladi. Angliya loyihasida gubernator vakolatini kuchaytirish, mustamlakalar loyihasida Angliya qiroli tomonidan tayinlanadigan Prezident lavozimini ta'sis etish g'oyasi ilgari suriladi. 1763-yilgi farmonga binoan kolonistlar (zamindorlar)ga o'zlariga qarashli deb hisoblashgan va Fransiyadan tortib olingan Allegan bilan Missisipi o'rtasidagi yerlarni egallash va ishlash qirol tomonidan man etiladi. Natijada xartiya olgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.14 MB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:52 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.14 MB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga