Amir Temur davlati va huquqi

Amir Temur davlati va huquqi

O'quvchilarga / Huquq
Amir Temur davlati va huquqi - rasmi

Material tavsifi

Amir Temur davlati va huquqi Reja: Movarounnahrda markazlashgan Amir Temur davlatining tashkil topishi va uning davlat boshqaruv apparati «Temur tuzuklari» - muhim tarixiy-huquqiy manba Movarounnahrda markazlashgan Amir Temur davlatining tashkil topishi va uning davlat boshqaruv apparati Ma'lumki, Amir Temur butun jahonga mashhur va buyuk qudratli davlat barpo etgan. Uning tashkil etgan bu davlati o'zbek milliy davlatchiligi davomi bo'lib hisoblanadi. Bu fikrning tasdig'ini Amir Temurning quyidagi so'zlarida ham ko'rishimiz mumkin: «Biz kim, Mulki Turon Amiri Turkistonmiz. Biz kim, millatlarning eng qadimi va eng ulug'i Turkning bosh bo'g'inimiz». Amir Temur o'zbek davlatchiligini tashkil etish bilan Markaziy Osiyoda mo'g'ullar mustamlakachiligiga barham berdi. Islom dini, shariat qoidalarini qo'llabquvvatladi. Amir Temurning o'zbek davlatchiligi oldida qilgan xizmatlaridan biri shundaki, u 150 yillik uzoq bir davr o'tib, odatlar, an'analarda katta o'zgarishlar sodir bo'lganiga qaramay, qadimdan mavjud bo'lgan o'zbek davlatchiligi boshqaruv tizimining eng ilg'or namunalarini qaytadan tikladi. Davlat va jamiyatning o'zaro munosabatini belgiladi. Jumladan, jamiyat a'zolarini 12 tabaqaga ajratib, davlatchilik asoslarini mazmunan boyitdi. Sohibqiron Amir Temur shaxsi va o'gitlari bugungi kundagi ahamiyati kattadir. Hozirgi kunda istiqlol sharofati tufayli Amir Temur shaxsi va faoliyati milliy davlatchilik tajribasi nuqtai nazaridan o'rganilmoqda. Temur tuzuklari esa boy ilmiy-ma'naviy meros sifatida qadrlanib kelinmoqda. Ushbu so'zlarimizning isboti sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi fikrlarini keltirib o'tmoqchimiz: «Bizning tariximizda Amir Temurday ulug' siymo bor ekan, uning qoldirgan merosi, pandu-o'gitlari bugungi hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan bugungi muammolarni yechishda bizga qo'l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o'rganmasdan, ta'riflamasdan, targ'ibot qilmasdan haqqimiz yo'q». Mamlakatimiz rahbarining ushbu fikrida mavzuning dolzarbligini yana bir marotaba ko'rish mumkin. Prezident Islom Karimovning yana quyidagi fikrlarini keltirish o'rinlidir: «Hamisha xalq g'amini, yurt g'amini o'ylab yashagan Sohibqiron yovlar oyog'i ostida toptalgan o'lkani dunyoning eng qudratli saltanatiga aylantirgan edi. Kelinglar, aziz do'stlar, barchamiz yakdil bo'lib, halol mehnatimiz, aqlu zakovatimiz, Vatanga muhabbatimiz bilan O'zbekistonni jahon havas qiladigan buyuk davlatga aylantiraylik. Bu yo'lda bobokalonimizning: «Adolat va ozodlik - dasturingiz, rahbaringiz bo'lsin» degan dono o'gitlari doimiy shiorimiz bo'lsin». Amir Temur hijriy 736-yil (milodiy 1336-yil 9-aprel)da Qashqadaryo vohasining Shahrisabz (Kesh) bekligiga qarashli Xo'ja Ilg'or qishlog'ida, barlos Tarag'ay xonadonida tavallud topgan. Otalari - turkiy barlos urug'ining biyi (oqsoqol) Muhammad Tarag'ay, onalari Sadr ash-shari'a ɭɪɭԑɢɞɚɧ Ȼɭɯɨɪɨ qonunlarini sharhlovchisining qizi Takina Muhibegimdir. Amir Temur quyidagi unvonlarga ega bo'lgan: Sohibqiron - Zuhro va Mushtariyning bir-biriga yaqinlashish holati «Qiron burji» deb ataladi. Amir Temur Zuhro (Venera) va Mushtariy (ɘɩɢɬɟɪ) bir-biri bilan yaqinlashganda tug'ilgan. E'tiqodga ko'ra bunday bola kelajakda tojsaltanat va baxtu-iqbol egasi bo'ladi; Qutbiddin - zamona peshvosi, yo'l ko'rsatuvchisi, avliyo; Ⱥɛɭɥɦɚɧɫɭɪ - zafarmand, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.29 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.29 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga