Amir Temur va temuriylar davridagi siyosiy va huquqiy ta'limotlar Reja: 1. Amir Temur va uning Tuzuklarida siyosiy va huquqiy ta'limotlar hamda g'oyalar. 2. Temuriylar davridagi siyosiy va huquqiy ta'limotlar. 3. Mavzu yuzasidan tayanch so'z va iboralar. Amir Temur va uning Tuzuklarida siyosiy va huquqiy ta'limotlar hamda g'oyalar. Amir Temur va temuriylar davri o'zbek davlatchiligi tarixida alohida o'ringa egadir. Amir Temur nomi bilan O'zbekistonda davlat va huquq o'zining eng rivojlangan bosqichiga ko'tarilgan edi. Bu imperiyaning chegaralari Sharqda Xitoy davorigacha g'arbda O'rta yer dengizigacha, janubda Hindiston va Shimolda Moskov Knyazligi hududlari bilan chegaralangan edi. Markazlashgan o'z davrida dunyodagi eng kuchli davlatga aylangan edi. Amir Temur davrida davlat va qonunchilikni yuksalishi o'z navbatida siyosiy va huquqiy dunyoqarashni ham yuksaklikka ko'tardi. Samarqandda o'ziga xos huquqshunoslar, siyosatshunoslar maktabi rivojlandi. Bunga misol tariqasida Amir Temurning «Tuzuklari» «Boburnoma» Amir Temur va temuriylar davri Alisher Navoiyning asarlari Sharofiddin Al-yazdiyning «Zafarnoma»si kabi asarlarni keltirsak bo'ladi. Bu asarlarda inson, adolat, qonunchilik, davlatchilik, siyosat, madaniyat ravnaqi haqida Bugungi kun uchun ham nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo'lgan g'oyalar, fikr va mulohazalar bayon etilgan. Amir Temurnint tarjimai holida shunday fikrlar bor: «Birinchi eng muhim fazilat beg'arazlikdir. Xammaga bir xil qattiq, jiddiy va adolatli munosabatda bo'ldim, odamlarni toifalarga bo'lmadim, kambag'alni yomonlab, boyni maqtamadim. Men hamma vaqt e'tiqodga sodiq qoldim, xudo marhamatiga loyiq topilgan insonlarga katta hurmat bilan qaradim. Qashshoqlarga xayru-ehsonni ayamadim, har bir masalani xotirjamlik bilan hal qildim, haqiqatni aniqlashga ko'p g'ayrat sarfladim. Butun harakatimni umumiy foydali ishlarga qaratdim, biror bir zaruriyatsiz hech kimga ozor etkazmadim, turli vaziyatlarda menga murojat qilganlardan yuz o'girmadim. Men bir qo'limda adolat chirog'ini, ikkinchi qo'limda samimiyat chirog'ini tutdim, mana shu ikkala chirog' nuri bilan ximma vaqt o'z hayot yo'limni yoritdim» Amir Temur davlat asosini o'n ikki toifa tashkil etishini, ulardan har birining o'z o'rni va xizmati mavjudligini ko'rsatadi. Bular: 1) sayidlar (payg'ambar avlodlari), ulamo, mashoyih fozil kishilar; 2) Donishmand va ishbilarmon, tadbirkor kishilar; 3) Xudojo'y va tarki dunyo qilgan kishilar; 4) Nuyonlar, amirlar, mingboshilar, ya'ni harbiy kishilar; 5) Sipohi va raiyat (soliq to'lovchi avom xalq); 6) Maxsus ishonchli kishilar; 7) Vazirlar, sarkotiblar; 8) hokimlar (faylasuf, donishmand kishilar), tabiblar, munajjimlar, muhandislar; a) tafsir va hadis olimlari; 9) Sufiylar moshoyixlar, xudoni tanigan filosiflar; 10) Kasb-hunar egalari; 11) Savdogar va sayyohlar; Amir Temur davlatni boshqarishda siyosiy va huquqiy faoliyatini boshqarib borishda quyidagi 12 ta tamoyilga e'tibor bergan. Birinchidan. din va shariatga katta e'tibor bergan. Ikkinchidan. davlatni boshqarishda yuqorida aytganimiz un ikki xil raiyatning har qaysisiga o'ziga xos munosabat o'rnatgan. Uchinchidan, maslahat, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.32 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.32 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:52 ]
Arxiv ichida: doc