AMIR Temur VA TemurIYLAR SULOLASI DAVRIDA DAVLAT VA HUQUQ TARIXI Mamlakatning rivoji, osoyishtaligi va obodonchiligi sohibqiron Amir Temur o'z tuzuklarida aytganidek « uch narsa mulk, xazina va lashkar bilan » ta'minlanadi. Soliq belgilash va yig'ish mamlakat xazinasining muhim manbai, davlatning esa tayanchi hisoblanadi. Barcha davlatlarda bo'lganidek Amir Temur saltanatida ham soliqlarni belgilash va undirish, xazinani yaratish va undan foydalanish asosiy etiborda bo'lgan. Soliqlar mamlakat ijtimoiy - iqtisodiy hayotini tartibga solish, hamda boshqarishning muhim qurollaridan biri bo'lishidan tashqari yurt obodonchiligi, fan, madaniyat va san'at, maorif, sog'liqni saqlashning moliyaviy manbai deb hisoblangan. Ko'p ming sonli sipohlar soliqlardan keladigan tushumlar hisobiga saqlangan. AMIR Temur VA TemurIYLAR SULOLASI DAVRIDA DAVLAT VA HUQUQ TARIXI Soliqlar siyosatini amalga oshirish maqsadida mamlakatda vazirliklar tayinlangan. Shulardan mamlakat va raiyat vaziri, omonat mulk vaziri, saltanat ishlarini yurituvchi (kirim- chiqimlarning hisobini olib boruvchi) vaziri moliya munosabatlarini yurituvchilar bo'lib xazinani to'ldirish va undan foydalanish ishlariga to'liq javobgar bo'lganlar. Shuningdek, Amir Temur davlatining tasarrufidagi sarhatlar va hududlar bo'yicha ham uchta vazir tayinlanadi.Ular moliya ishlarini va daromadlarini nazorat qilib boradilar. Har bir idorada kirim- chiqimlarni, daromad va buromadlarni yozib boruvchi kotib ham tayinlangan. Shu tariqa buyuk Amir Temur saltanatining soliqni yig'uvchi va xazina ishlarini yurituvchi ijro tizimi yuzaga keltirilgan. Soliq siyosatida asosan uch narsa Sohibqironning diqqat etiborida bo'lgan : Soliq to'lashning majburiyligi; Soliq to'lovlarning tabaqalashtirilishi; Ayrim tabaqadagi aholining soliqlardan va to'lovlardan ozod qilinganligi. AMIR Temur DAVRIDA MARKAZIY OSIYoDA ILM - MA'RIFAT Markaziy Osiyoda juda qadim zamonlardan boshlab farzandlarni o'qitish va ularga savod berish odobi bo'lgan. Masalan, Avesto ta'limotiga binoan, farzand ulg'aygach, ota - onasi uni, albatta, maktabga o'qishga berishlari shart bo'lgan. Farzandiga savod o'rgatmagan ota-ona, hatto jinoyatchilar qatoriga kiritilgan. Mug' tog'i qalasi, Marv, Nisa va Tuproq qala Shahristonlaridan topilgan qadimiy hujjatlar Markaziy Osiyoda savodxonlik yaxshi yo'lga quyilganligidan darak beradi. Panjakent va Afrosiyob qalalaridan topilgan sug'd tilidagi alifbo va xat mashqlari tasvirlangan sapol idishlarning siniqlari ham Movarounnahrdagi qadimiy maktab ta'limi haqida so'zlaydi. Movarounnahrda musulmon madrasalari IX asr oxiri X asr boshlarida yani somoniylar davrida qurila boshlagan1. Taniqli sharqshunos olim V.V. Bartold madrasalarning vatani Balxga yondosh bo'lgan Amudaryoning har ikkala sohilida joylashgan yurtlar deb hisoblaydilar. Tarixchi Muhammad Narshahiyning fikricha Movarounnahrdagi birinchi madrasa Buxoroda 937-938 yillarda ro'y bergan yong'indan talofat ko'rgan Farjek madrasasi bo'lgan. Bundan tashqari, o'sha davrda Buxoroda alohida ilmiy maktab ham mavjud bo'lgan. Manbalarga qaraganda , o'sha davrda Samarqand ham Movarounnahrdagi fan va ta'lim markazlaridan biri bo'lgan. 1 Abdullaev V.A., Valixodjaev B.N. Dixanie vekov. Samarkand .1970.43-bet Istedodli davlat arbobi Amir Temurning teran ma'naviyatini, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
12.4 MB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:53
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
12.4 MB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:53 ]
Arxiv ichida: ppt