Amnistiya aktini qo'llash to'g'risidagi arizaga qo'yilgan talablar

Amnistiya aktini qo'llash to'g'risidagi arizaga qo'yilgan talablar

O'quvchilarga / Huquq
Amnistiya aktini qo'llash to'g'risidagi arizaga qo'yilgan talablar - rasmi

Material tavsifi

Amnistiya aktini qo'llash to'g'risidagi arizaga qo'yilgan talablar Reja: Amnistiya aktini qo'llash to'g'risidagi arizaga qo'yilgan talablar Amnistiya aktini qo'llash to'g'risidagi ariza yozma shaklda va bevosita ariza beruvchi shaxs tomonidan taqdim etilishi lozim. Amnistiya aktini qo'llash to'g'risidagi arizaga qo'yilgan talablar Amnistiya umumiy afv bo'lib, oliy davlat hokimiyati organining xususiy akti, ayrim shaxslarni jazodan ozod qilish, jinoyat ishini bekor etish yoki jazoni engillashtirish to'g'risidagi qarordir1. Amnistiya akti bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish deganda, faqat qilmishida jinoyat tarkibi mavjud bo'lgan yoki aybdorligi sud qarori bilan etirof qilingan shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish, aybdorni asosiy hamda qo'shimcha jazodan ozod etish tushuniladi Umuman olganda, amnistiya institutining ahamiyati va o'ziga xos afzalliklarini quyidagilarda ko'rish mumkin: Birinchidan, kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalar amnistiya akti asosida rad etilgan yoki tugatilgan har bir ishning sifat jihatdan yaxshilanishiga, mazkur ishlar yuzasidan yo'l qo'yilayotgan xato va kamchiliklarning kamayishiga hamda adolatning qaror topishiga xizmat qilmoqda. Chunki, eski tahrirdagi jinoyat-protsessual qonun normalariga binoan, amnistiya akti asosida jinoyat ishini qo'zg'atishni rad etish yoki tugatish masalasini hal etish uchun birgina tergovchining qarori kifoya qilgan bo'lsa, endilikda prokuror nazorati ostida tergovchi tomonidan tayyorlangan material tegishli sud tomonidan alohida majlisda taraflarning ishtirokida hal etiladi. Bu esa, yuqorida qayd etganimizdek, amnistiya aktining qo'llanilishi davomida yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan turli xil xatoliklarning hamda amnistiya akti asossiz qo'llanilishining oldini oladi Ikkinchidan, jinoyat olamiga adashib kirib qolgan shaxslarning qilmishidan pushaymon bo'lib, javobgarlikdan ozod bo'lish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Shuningdek, amnistiya akti asosida jinoyat ishini qo'zg'atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish shaxsning ayblilik to'g'risidagi masalani hal etmay turib sudning ajrimi bilan o'z yechimini topishini inobatga oladigan bo'lsak, amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod bo'lgan shaxs «sudlanmagan» hisoblanadi. Bu esa, jamiyatimizda retsidiv jinoyatchilikning kamayishiga xizmat qiladi; Uchinchidan, ushbu institutning qabul qilinishi urf-odatlarimizga ham hamohang, o'zaro ahillikda yashash, doimo kechirimli bo'lish xalqimizga xos fazilatdir. Xalqimiz har qanday ziddiyat va nizolarni tinchlik yo'li bilan, murosa-yu madora orqali hal etish tarafdori bo'lib kelgan. Shuning uchun ham yurtimizda mustaqillik qo'lga kiritilgan kundan to bugunga qadar jinoyat sodir etib, o'z qilmishidan pushaymon bo'lgan shaxslarni kechirish maqsadida 30 ga yaqin amnistiya akti qabul qilindi. Shu bilan birga, tergov va sud organlarining amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo'zg'atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish bilan bog'liq amaliyotining tahlili mazkur qonunning bazi bir holatlarga alohida etibor qaratish lozimligini ko'rsatadi. Ularni quyidagilarda ko'rishimiz mumkin: Birinchidan, amaldagi JPKning 588-moddasiga muvofiq, amnistiya aktini qo'llash uchun «amnistiya aktini qo'llash to'g'risidagi ariza»ning taqdim etilishi majburiydir. Lekin qonunshunos mazkur beriladigan arizaning mazmunida nimalar aks etishi kerakligini jinoyat-protsessual qonunda qayd yetmagan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.95 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.95 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga