Andijon viloyati aholisi nikoh va ajralish koeffisiyentlari Kelajak avlod jamiyatni, davlatni shakllantirishda qatnashishi bilan birga shu jamiyatda yashaydi va undan bahra oladi. Avlodning har tomonlama ma'naviy, ma'rifiy, iqtisodiy, huquqiy jihatdan barkamol ekanligi mamlakatni iqtisodiy rivojlanishi uchun asosiy omildir. Mamlakatimizda oila qurish va nikohdan o'tish masalasi qat'iy tartibga solingan. Prezidentimiz tomonidan Mustahkam oila yili, Obod turmush yili, Sog'lom bola yili deb e'lon qilingan ushbu yillarda bu masalalarga yanada katta e'tibor qaratilmoqda. Mamlakatda oila mustahkamligi borasida katta ko'lamdagi amaliy ishlar amalga oshirilayotgan davrda nikoh va ajralishni geografik jihatdan o'rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bitiruv malakaviy ishni bajarishdan maqsad Andijon viloyati aholisi nikoh va ajralish koeffisiyentlarini o'rganish orqali kelajakdagi viloyat aholisi soni haqida bashoratga ega bo'lish, ajralish va uni yuzaga kelish sabablarini, ajralishni kamaytirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Vazifalari: - Andijon viloyati nikoh ko'rsatkichlarini va hududiy tafovutlarini aniqlash; - Andijon viloyati aholisini ajralish koeffisiyentini va uning hududiy tafovutlarini, yuzaga kelish sabablarini tahlil qilish va istiqbolini belgilashning uslubiy asoslarini ishlab chiqish; - Andijon viloyati oilani mustahkamlash va ajralishni kamaytirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va b. BMI ning obyekti. Andijon viloyati aholisi nikoh va ajralish ko'rsatkichlari. BMI ning predmeti. Andijon viloyati aholisi nikoh va ajralish holati xususiyatlarining geografik jihatlarini o'rganishdan iborat. BMI ning ilmiy yangiliklari quyidagilarda o'z aksini topgan. -Andijon viloyati aholisi nikoh ko'rsatkichlarini o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan va ochib berilgan; -Andijon viloyati aholisi ajralish ko'rsatkichlari va muammolari yoritib berilgan. Mustaqillik tufayli milliy va diniy qadriyatlarga keng yo'l ochdi. Hozirgi kunga kelib, bir tomondan, qonunchiligimiz, boshqa tomondan ota-bobolarimiz amal qilib kelgan qadriyatlar uyg'unlashib, mamlakatda mustahkam oilalar barpo bo'lmoqda. Oila mustahkamligi avvalo yer-xotin uchun zarur bo'lsa, shunday oilada kamol topgan avlodlar jamiyat uchun muhimdir. Mustahkam oila jamiyat barqarorligi, uning buzilmas va yengilmasligining asosiy bo'g'indir. Zero ahil-totuv, ma'naviyati yetuk oilalarda kamol topgan jasur, mard, ilmu zakovati yuksak insonlar o'z vatani, qolaversa butun jamiyat taraqqiyotida etakchi o'rinlarni egallaydi. Bugungi kunda nikohga kirayotgan yoshlarni nikohga kirish yoshini uzaytirish maqsadga muvofiqdir. Inson yoshi ulg'aygan sari uning dunyoqarashi, tafakkuri kengayib, fikri teranlashib, mustaqil fikrga ega bo'ladi. Shu jihatdan kechroq oila qurish oila mustahkamligiga sabab bo'luvchi omillardan hisoblash mumkin. Bundan tashqari oila a'zolari o'zlarini kasb-koriga, ish faoliyatiga ega bo'ladi va bu holar oilani iqtisodiy jihatdan ota-onasiga tayanmasdan mustaqil xo'jalik yuritishiga imkon yaratadi. Nikohga kiruvchi yoshlarni Oila to'g'risidagi savodhonligini yanada oshirib borish maqsadga muvifiq. Buning uchun akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini bitiruvchi kurslarida va oily o'quv yurtlarini birinchi kursida Oila maktabi o'quv fani sifatida o'qitilishi lozim. O'zbekiston ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.81 MB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:53
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.81 MB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:53 ]
Arxiv ichida: ppt