ANGLIYA DAVLATI VA HUQUQI (V asr-XVII asrning o'rtasi) Reja: Angliya davlatining tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari. Ingliz-sakslarning ilk feodal monarxiyasi (IX-XI asrlar). Angliyada markazlashgan senorlik monarxiyasi (XI-XII asrlar). Tabaqa-vakillik monarxiyasi (XII asrning II yarmi-XV asr). Absolut monarxiya davrida Angliyaning ijtimoiy-siyosiy tuzumi (XVasrning oxiri-XVII asrning o'rtasi). Huquqning asosiy belgilari. 1. Angliya davlatining tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari Angliya feodal davlatining tashkil topishi Britaniya orollariga ger-man va skandinav qabilalarning ko'p sonli bosqinchilik yurishlari bilan bog'liq bo'lgan. Ma'lumki, Rim legionlari Britaniyadan V asrning boshla-ridayoq chiqib ketgan edi. Biroq oradan ko'p vaqt o'tmay, bir qancha may-da qirolliklarga bo'lingan britaniya mustaqilligi barham topdi. V asrning o'rtalaridan boshlab (449 yil atrofida) bu orolga turli xil shimoli-g'arbiy german qabilalari - inglizlar, sakslar, yutlar bostirib kira boshlaydi. Bu isti-lo qariyb bir asrga - VI asrning ikkinchi yarmigacha cho'zilib, orol oz-oz-dan istilo qilinib bordi. Ingliz-sakslar istilosi natijasida ilgarigi Britaniya hududida o'ndan ortiq mayda varvar qirolliklari vujudga keldi. Bu varvar qirolliklari chekka Uels, Kornuel va Shotlandiyadan tashqari, orolning bu-tun hududini egallab oldi. VII asrga kelib ingliz-sakslar xrestianlikni qabul qilib, o'zlarining bir qadar yirikroq yettita (geptarxiya deb ataladigan) qirolliklarini barpo etdilar. Bular: janubda sakslarning uchta qirolligi - Uesseks, Sesseks, Esseks (g'arbiy, janubiy va sharqiy saks) qirolliklari, markazda va shimoli-sharqda asosan angllarning uchta - Mersiya, Nortum-briya va Sharqiy Angliya qirolliklari hamda chekka janubi-g'arbda yutlar-ning Kent qirolligi edi. 827 yilda Uesseks qiroli Ekbert (802-839 yillar) bu qirolliklarni o'z hukmronligi ostida birlashtirib, yagona ingliz-sakslar qi-rolligiga asos soladi. X asrdan boshlab bu yagona davlat Angliya deb atala boshlaydi. XI asrning boshida ingliz taxti daniyaliklar tomonidan egallab olinadi. Daniyaliklar Angliyani Eduard Ispovednik (1042-1066 yillar) to-monidan ingliz-sakslar sulolasi qayta tiklangunga qadar boshqardilar. 1066 yilda Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm istilo qilib, shu tariqa Fotix (istilochi) nomi bilan Angliya qiroli bo'lib oladi. Bunda unga, bir tomo-ndan, Rim papasi xayrixohlik qilgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, fransuz qi-roli bevosita ko'p sonli harbiy qo'shinlari bilan yordam bergan edi. Nor-mandlar hokimiyati kuchayib, markazlashgan davlat barpo qilishga asos solingan. O'rta asrlarda Angliya feodal davlatining rivojlanish bosqichlarini quyidagi davrlarga bo'lish mumkin: 1) ingliz-sakslarning ilk feodal monar-xiyasi davri (IX-XI asrlar); 2) markazlashgan senorlik monarxiyasi va qirol hokimiyatini cheklash uchun fuqarolar urushi (XII asr) davri; 3) tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XII asrning ikkinchi yarmi -XV asr); 4) absolut monarxiya davri (XV asrning oxiri - XVII asrning o'rtasi). 2. Ingliz-sakslarning ilk feodal monarxiyasi (IX-XI asrlar) German qabilalarining Britaniyadagi feo-dal jamiyatlarining shakllanishi juda sekinlik bilan yuz bergan. Bu ma'lum darajada ingliz-sakslarning qabilaviy urf-odatlari orolda darhol buzilmaganligi va skandi-nav an'analarining turg'unlik ta'siri ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
79.17 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
79.17 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:53 ]
Arxiv ichida: doc