Apellyatsiya kassatsiya yoki nazorat tartibida ish yuritishda prokuror vakolatlari

Apellyatsiya kassatsiya yoki nazorat tartibida ish yuritishda prokuror vakolatlari

O'quvchilarga / Huquq
Apellyatsiya kassatsiya yoki nazorat tartibida ish yuritishda prokuror vakolatlari - rasmi

Material tavsifi

Apellyatsiya kassatsiya yoki nazorat tartibida ish yuritishda prokuror vakolatlari Reja: Apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ish yuritishda prokuror vakolatlari Apellyatsiya tartibida ish yuritish Nazorat tartibida ish yuritishda prokuror ishtiroki Apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ish yuritishda prokuror vakolatlari Sud hukmi, ajrimi va qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida tekshirilishi mumkin. Ishni yuqori instansiya sudi tomonidan ko'rish apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida berilgan shikoyat va bildirilgan protestlar asosida amalga oshiriladi: Apellyatsiya tartibida : Sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berishga - mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili haqlidir. Sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmi ustidan apellyatsiya tartibida protest bildirishga - prokuror va uning o'rinbosari haqlidir. Fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari hukmning fuqaroviy davoga daxldor qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir. Sudda oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili hukmning oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir. Hukm ustidan shikoyat bergan yoki protest bildirgan shaxs o'z shikoyati va protestini qaytarib olishga haqlidir. Protestni qaytarib olish huquqiga yuqori turuvchi prokuror ham ega. Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatlari va protestlari hukm elon qilingan kundan etiboran o'n sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning nusxasi topshirilgan kundan etiboran shunday muddat ichida berilishi mumkin. Taraflar (prokuror ham) shu vaqt mobaynida ish bilan sud binosida tanishishga haqlidir. Hukm ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish muddati uzrli sabablariga ko'ra o'tkazib yuborilgan bo'lsa, sud tomonidan bu muddat tiklanishi mumkin. Apellyatsiya tartibida protest bildirilgan yoki apellyatsiya tartibida shikoyat bildirilgan jinoyat ishlari ular yuzasidan bildirilgan etirozlar va taqdim etilgan qo'shimcha materiallar bilan o'n kundan kechiktirmay apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborilishi lozim. Ish bo'yicha birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan yuqorida ko'rsatilgan vakolatli shaxslar tomonidan u chiqarilgan kundan etiboran o'n kunlik muddatda xususiy shikoyat va xususiy protest bildirilishi mumkin. Apellyatsiya tartibida ish yuritish birinchi instansiya sudidagi ish yuritish qoidalari bo'yicha va O'zbekiston Respublikasi JPKning 55-bobida ko'rsatilgan tartib va qoidalar bo'yicha amalga oshiriladi. Apellyatsiya tartibida ishni ko'rishda prokurorning ishtiroki shart hisoblanadi. Apellyatsiya tartibida ish yuritishda raislik qiluvchi apellyatsiya shikoyati bergan shaxsga, apellyatsiya shikoyati va protesti kimga nisbatan berilgan bo'lsa, o'sha shaxsga, ularning himoyachilari va vakillariga, so'ngra esa prokurorga so'z beradi. Agar berilgan apellyatsiya shikoyatlari orasida prokurorning apellyatsiya protesti bo'lsa, so'z birinchi navbatda unga beriladi. Prokuror apellyatsiya protestining mazmunini va maqsadini batafsil sud hayatiga tushuntirib berishi lozim. Protest kiritilish asoslari, nima sababdan prokuror sudning chiqargan qarorini g'ayriqonuniy, asoslanmagan yoki adolatsiz deb hisoblayotganligini qonun talablari asosida tushuntirib berishi kerak ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.4 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.4 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga