AQSHda siyosiy partiyalarning shakllanishi va rasmiylashtirilishi

AQSHda siyosiy partiyalarning shakllanishi va rasmiylashtirilishi

O'quvchilarga / Huquq
AQSHda siyosiy partiyalarning shakllanishi va rasmiylashtirilishi - rasmi

Material tavsifi

AQSHda siyosiy partiyalarning shakllanishi va rasmiylashtirilishi Reja: 1. AQSH hududining kengayishi va shtatlar sonining ko'payishi 2. 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi va uning ijtimoiy-siyosiy natijalari 3. XIX asr oxiri - XX asr boshida AQSH ijtimoiy-siyosiy tuzumidagi o'zgarishlar AQSH Konstitutsiyasi partiyalar mavjudligini to'la inkor qiladi. O'sha vaqtda fraksiya deb atalgan partiyalarga nisbatan juda sovuq ijtimoiy fikr mavjud edi. Birinchi prezidentlikka va kongressga saylovlar partiyaviy xarakterda bo'lmadi. Biroq amaliyot shuni ko'rsatdiki, hokimiyat tepasiga kelgan burjua-plantatorlar bloki mustahkam jipslashgan bo'lishi mumkin emasdi. J.Vashingtonning birinchi ma'muriyati aftidan yaxlit bo'lgan, lekin o'sha vaqtdayoq xazinaga boshchilik qiluvchi moliya boshqarmasining kotibi Aleksandr Gamilton bilan davlat kotibi Tomas Jefferson o'rtasida jiddiy kelishmovchiliklar majud edi. Ularning ikkalasi ham J.Vashingtonni o'z nomzodlarini ikkinchi muddatga ilgari surishga ishontira olgandilar. Ularning ochiqdan-ochiq ajralishi 1793 yilda - Jefferson o'zining istefoga chiqishi haqida ariza bergandan keyin sodir bo'ldi. Garchand, bu ariza o'sha yilning oxiriga borib qanoatlantirilgan bo'lsa ham, partiyalar amalda siyosiy hayotning muqarrar elementi bo'lib qolgan edilar. Konstitutsiyani demokratlashtirish yo'lidagi harakat munosabati bilan boshlangan keskin siyosiy kurash jarayonida AQSHda ikkita partiya - 1787 yilda konstitutsion Konvent tuzib chiqqan konstitutsiyani yoqlovchi federalistlar partiyasi va demokratik huquq va erkinliklarni himoya etishga qaratilgan dastlabki o'nta tuzatishni («huquqlar haqidagi loyiha»ni) konstitutsiyaga kiritish uchun harakat qilganlarga boshchshshk qiluvchi antifederalistlar partiyasi, yani Respublikachilar partiyasi tarkib topdi. 1789-1801 yillarda hokimiyat tepasida turgan federalistlar partiyasi yirik burjuaziya - savdogarlar, manufakturachilar, kema egalari, bank korchalonlari, yer olib-sotarlar, shuningdek, katta plantatorlar partiyasi edi. Bu partiyaga Vashington kabinetining moliya boshqarmasi kotibi, demokratiyaning ashaddiy dushmani, konstitutsion monarxiya tarafdori Aleksandr Gamilton boshchilik qilar edi. Gamilton vujudga keltirgan moliya tizimi (milliy bankning monopoliya huquqlaridan foydalanishi, davlat krediti va soliq tizimi) davlat apparatida poraxo'rlik, sotqinlik paydo bo'lishiga olib keldi, bu hol mehnatkashlarni g'azabga keltirdi. Federalistlar manfaatini ifoda etuvchi guruhlar moliyaviy va iqtisodiy jihatdan Angliya bilan savdo qilishga bog'liq bo'lganliklari sababli, ular tashqi siyosat sohasida ham Angliya bilan yaqinlashish yo'lini tuta boshladilar. Jefferson boshchilik qilgan Respublikachilar ham plantatorlarning bir qismiga, maydaroq plantatorlarga tayanar edilar. Burjuaziyaning bir qismi, shuningdek fermerlar, shaharlardagi hunarmandlar va mayda burjuaziya Respublikachilarga ergashdi, chunki Respublikachilar yer olishni engillashtirishni va mehnatkashlarga demokratik yon berishni yoqlab chiqqan edrshar. Antifederalistlar burjua-demokratik va so'l liberal tendensiyani ifoda etib, ularning keng ommaga ta'siri kuchli edi. Jefferson, Genri va boshqalar yangi «aristokratiya va oligarxiya tomonidan» hokimiyatning uzurpatsiya qilinishiga qarshi, demofatik tuzum uchun kurashdilar va konvent yangi konstitutsiya tuzish uchun xalqdan vakolat olmagashshgini isbotlashga urindilar. Genri: «Umumkonventga xalq nomidan gapirishga kim ruxsat berdi?» derdi. Ular «yangi sistema haloqatli aristokratiya yoki, to'g'rirogi, monarxiya qo'liga o'tib ketadi», ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.79 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.79 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga