Arab xalifaligining davlati va huquqi Reja: Arab xalifaligining oliy, markaziy va mahalliy hokimiyat organlari Musulmon huquqiy tizimining xususiyatlari Arab xalifaligining oliy, markaziy va mahalliy hokimiyat organlari VI-VII asrlarda Arabiston yarim orolida yashayotgan arab qabilalari ijtimoiy hayotida urug'doshlik tuzumi amal qilgan. Diniy e'tiqodi bo'yicha ular orasida ko'pxudolik keng tarqalgan bo'lib, qabila va urug'lar orasida tarqoqlik mavjud edi. VII asrda urug'-qabila tuzumining yemirilishi yuz beradi. Urug'-qabila munosabatlarining yemirilishi ayniqsa Xijozda keng quloch yoydi. Bu yerda nafaqat chorvachilik bilan, balki dehqonchilik bilan ham mashg'ul bo'lgan yarim o'troq aholi birlasha boshladi. Bu mintaqada yirik savdo-hunarmandchilik shaharlari Makka va Yasrib joylashgan bo'lib, undan janubdan shimol tomonga juda katta karvon yo'li o'tgan. Shaharlarda savdogarlar yuqori mavqega ega bo'lgan. Qabilaviy tuzum zaiflashib, qabilalar o'rtasida harbiy yurishlar davom etgan. Shunday qilib, chuqur ildiz otgan ijtimoiy-iqtisodiy tanazzul sharoitida yangi tabaqalashgan jamiyat vujudga keldi. Boshqa xalqlar tarixida bo'lganidek yangi tuzum uchun olib borilayotgan ommaviy harakatlar mafkurasi diniy ko'rinishda namoyon bo'ldi. Bu harakatga tarixiy shaxs, din va davlat asoschisi Muhammad sallolohu alayhi vassallam (570-632-y.) rahbarlik qildi. Buning natijasida VII asrda juda ulkan davlat - Arab xalifaligi tashkil topdi. Bu yangi dinning barcha qoida va tartiblariga rioya qilgan shaxslargina Muhammadning ummati deb tan olingan. Tez orada urug'-qabila va nufuzli savdogarlar vakillari islomni qabul qilib, musulmonchilikka kira boshladilar. Arablarning yangi yerlarga bo'lgan harakatlarining asosiy sababi ularning o'z yerlarida zich joylashganligidir. Ishlab chiqarish kuchlarining past darajada taraqqiy topganligi va ko'chmanchi qabilalar sonining o'sib borishi natijasida yaylovlar va suvning tanqisligi muammosi yuzaga keldi. Arab qo'shiniga mahalliy aholi jiddiy qarshilik ko'rsatmadi, chunki ko'p halqlar boshqa davlatlarning hukmronligi ostida edi. Natijada yangi bosib olingan yerlarni o'z ichiga oluvchi Arab xalifaligi nomi bilan qudratli davlat vujudga keldi. Arablar hukmronligi o'rnatilgach, o'lkada musulmon dini va uning asosida shakllangan islom huquqi qaror topdi. Unga ko'ra, barcha musulmonlar muqaddas ilohiy qonun - Olloh tomonidan nozil qilingan Qur'onda yozilgan, rasullulloh hadislarida ifodalangan, fiqhda sharhlangan asosda yashashi lozim edi. Arablar bosqini arafasida G'arbiy Turk hoqonligi tarkibida, ya'ni hozirgi O'zbekiston doirasida diniy tarqoqlik - politeizm mavjud edi. Bu yerda xristianlik, manixeylik, buddaviylik, zardushtiylik dinlari hukmronlik qilardi. Turk xalqlari orasida ko'proq tabiat va ota-onalar ruhiga sig'inish hamda buddizm keng tarqalgan. Yana shunisi e'tiborli ediki, agar kichkina Arabiston yarim oroli insoniyatning uchta dini - nasroniylik, iudaizm va musulmon dinlarining vatani bo'lsa, Markaziy Osiyo esa zardushtiylik va buddaviylik dinlarining markazi bo'lgan. Shuning uchun ham bu joyda islom dinini keng yoyish, uning mavqeini mustahkamlash lozim edi. Zardushtiylik, buddaviylik va shomonizm kabi dinlar ta'sirida bo'lgan turklar arablarga qarshi boshqa ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.87 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.87 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:53 ]
Arxiv ichida: doc