Ashyoviy huquqlar tizimi Cheklangan ashyoviy huquqlarning tizimi qanday tashkil etilgan? Mol-mulkka nisbatan ashyoviy huquqlar nafaqat mulkdorlarga, balki fuqarolik muomalasining boshqa shaxslariga ham tegishli bo'lishi mumkin, shuning uchun ular cheklangan ashyoviy huquqlar deb nomlanadi. Cheklangan ashyoviy huquqlarning obyekti bo'lib, odatda, har doim ko'chmas mulk hisoblanadi. Cheklangan ashyoviy huquqlar faqatgina muayyan maqsadlarda obyektdan foydalanish imkoniyatini beradilar. Cheklangan ashyoviy huquqlar ma'lum ashyodan uzoq vaqt davomida foydalanish, boshqa shaxsga ashyoga mulk huquqi o'tish sababli ularda paydo bo'lishi mumkin salbiy oqibatlardan o'z xavfsizligini ta'minlash maqsadini ko'zlagan shaxslarning mulkiy manfaatlariga xizmat qiladilar. Cheklangan ashyoviy huquqlar xo'jalik yuritish huquqi operativ boshqarish huquqi meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi servitutlar uzufrukt superfitsiy Operativ boshqarish va xo'jalik yuritish huquqi Uning bir qismi xo'jalikni yuritish yoki operativ boshqaruvning cheklangan, lekin to'la darajali mustaqil ashyoviy huquqlari asosida davlat yuridik shaxslariga, korxonalarga va muassasalarga biriktiriladi. Bu taqsimlangan davlat mulki deb nomlangan mulk mazkur tashkilotlarning mustaqil yuridik shaxslar sifatida muomalada bo'lishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. U davlatning majburiyatlari va qarzlarini qoplashni ta'minlash uchun xizmat qila olmaydi, chunki korxonalar va muassasalar, yuridik shaxslar sifatida yuridik shaxsning faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan davlat qarzlari bo'yicha o'z mol-mulki bilan javob bermaydilar. Mazkur mulk bilan ular o'z kreditorlari oldida o'z qarzlari bo'yicha javob beradilar. Ashyoviy huquq sifatida: servitut, uzufrukt, superfitsiyning o'ziga xos xususiyatlari. Servitut Servitut (lotincha servire - xizmat ko'rsatish) - o'zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi. Masalan, FK 173-moddasining 4-qismida servitut belgilashni talab qilayotgan shaxs bilan o'zga yer uchastkasining egasi o'rtasidagi bitimga muvofiq servitut belgilanishini nazarda tutadi. FK 173-moddasida foydalanish uchun qo'shni uchastkadan cheklangan foydalanish huquqi o'rnatilishi talab qilinadigan yer uchastkasi mulkdori va qo'shni yer uchastkasining mulkdori o'rtasidagi servitutni belgilash xususida nizo paydo bo'lgan holda, servitut belgilashni talab qilayotgan shaxsning da'vosi bo'yicha sud tomonidan hal etiladi va mazkur holatda qo'shni uchastkadan cheklangan foydalanish huquqi sud qarori bilan o'rnatilgan asos va hajmlarda yuzaga keladi. Uzufrukt Ko'chmas mulk boshqa shaxsga foydalanish uchun shunday tarzda berilishi mumkinki, ynga ko'ra ushbu shaxs mulkdordek ushbu ashyoni ishlatishi va uchinchi shaxslarni undan foydalanishiga yo'l qo'ymasligi mumkin, ammo mulkdordan farqli ravishda uni begonalashtirishga yoki meros qilib qoldirishga haqli emas. (Yangi fuqarolik kodeksi loyihasi 214-moddasi) Superfitsiy Yer uchastkasi boshqa shaxsga (superfitsiarga) mazkur yer uchastkasining ustida yoki ostida begonalashtiriladigan va meros qilib qoldiriladigan qurilmagan egalik qilish huquqi (superfitsiy) bilan foydalanishga berilishi mumkin (yangi Fuqarolik kodeksi loyihasi 237-modda) Qo'shnichilik huquqi Joylashgan joyiga ko'ra bir-biriga jismoniy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan yer uchastkalari yoki boshqa ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
64.44 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:53
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
64.44 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:53 ]
Arxiv ichida: pptx