Ashyoviy huquqlar

Ashyoviy huquqlar

O'quvchilarga / Huquq
Ashyoviy huquqlar - rasmi

Material tavsifi

Reja: Ashyoviy huquq tushunchasi va turlari Xo'jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi Meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqlari Yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi Servitut huquqi Ashyoviy huquq tushunchasi va turlari Mulkiy huquqlar tizimida mulk huquqi bilan bir qatorda ashyoviy huquqlar muhim o'rin egallaydi. Ma'lumki, mulkdor har doim o'z mol-mulkiga nisbatan shaxsan o'zi barcha vakolatlarini amalga oshirish imko-niyatiga ega bo'lavermaydi. Ba'zi hollarda obyektiv sabablarga ko'ra (Ma-salan, davlat mulkini idora qilishda) yoxud mulkdorning voyaga yetma-ganligi, mulkni shaxsan o'zi boshqarish huquqidan foydalanish imkoniya-tiga ega emasligi va boshqalar sababli mol-mulk boshqa shaxslar ixtiyo-riga vaqtinchalikka topshirilishi mumkin. Ana shunday hollarda mulkdor bo'lmagan shaxs boshqalarning mol-mulkiga egalik qilishi, foydalanishi va mulkdor ruxsat bergan doirada tasarruf qilishi ashyoviy huquqlar orqali amalga oshiriladi. Binobarin, ashyoviy huquqlar mulkdorning roziligi bilan uning mol-mulkini boshqa shaxslar tomonidan egallash, foydalanish tartibini belgilovchi huquqiy vositalar sifatida tuzilishi mumkin. Ashyoviy huquqlar - chegaralangan xarakter va tarkibga ega bo'lishi, mulkiy huquqlardan kelib chiqib, unga bog'liq bo'lishi, mutlaq tartibda himoya qilinishi kabi xususiyatlari bilan xarakterlanadi . O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga asosan ashyoviy huquqlarning quyidagi turlari mavjud: -xo'jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi; -meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi; -yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi; -servitut huquqi. Xo'jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi Xo'jalik yuritish huquqi davlatga qarashli korxonalarga nisbatan keng qo'llaniladi. FKning 176-moddasiga asosan, xo'jalik yuritish huquqi asosida ixtiyorida mol-mulk bo'lgan davlat unitar korxonasi bu mol-mulkka FKda belgilanadigan doirada egalik qiladi, foydalanadi va uni tasarruf etadi. Unitar korxona deyilganda, o'ziga biriktirib qo'yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot tushuniladi. Unitar korxonaning mol-mulki bo'linmasdir va u qo'shilgan hissalar (ulushlar, paylar) bo'yicha, shu jumladan, korxona xodimlari o'rtasida ham taqsimlanishi mumkin emas (FK, 70-modda). Xo'jalik yuritish huquqida mulkiy huquqlar o'z mazmuniga ko'ra ikki qismdan iborat bo'ladi: a) xo'jalik yuritish huquqi asosida korxonaga biriktirib qo'yilgan mol-mulkka nisbatan mulk egasining huquqlari FKning 177-moddasi 1 va 2-qismiga asosan bu huquqlar quyidagilardan iborat: -qonunga muvofiq korxona tashkil etish; -korxona faoliyat sohasini va maqsadlarini aniqlash; -korxonani qayta tashkil etish va tugatish masalasini hal qilish; -korxona direktorini (rahbarini) tayinlash; -korxonaga qarashli mol-mulkdan belgilangan maqsadlarda foydalanish va uning saqlanishini nazorat qilish; -xo'jalik yuritishda bo'lgan mol-mulkni ishlatishdan kelgan foydaning bir qismini o'ziga olish. Mulkdorning ushbu huquqlari ayni vaqtda xo'jalik yurituvchi korxo-naning majburiyatlari hamdir. Bunga asosan korxona xo'jalik yuritish huquqi asosida o'ziga biriktirilgan ko'chmas mulkni mulkdorning roziligi-siz sotishga, ijaraga berishga, garovga qo'yishga, xo'jalik shirkatlari va jamiyatlarining ustav fondiga hissa, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.53 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.53 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga