Ashyoviy va mulkiy huquqlar

Ashyoviy va mulkiy huquqlar

O'quvchilarga / Huquq
Ashyoviy va mulkiy huquqlar - rasmi

Material tavsifi

Ashyoviy va mulkiy huquqlar Reja: 1. Ashyolar tushunchasi va ularning turlari. 2. Egallash tushunchasi va turlarga bo'linishi. 3. Egalik qilish va uning tugatilishi. 4. Egallashni himoya qilish. 5. Mulk huquqi tushunchasi. 6. Xususiy mulk huquqi tushunchasi va mazmuni. 7. Umumiy mulk huquqi. 8. Shartnomalar bo'yicha mulk huquqining vujudga kelishi. 9. Mulk huquqini himoya qilish. 10. Boshqalarning mulkiga bo'lgan huquq tushunchasi va turlarga bo'linishi. 11. Servitutlar tushunchasi va turlari. Rim huquqining markaziy institutlaridan birini mulk huquqi tashkil etadi. Mulk huquqini o'rganishda avvalo ashyolarning yuridik tabiatini va ularni turkumlarini aniqlash lozim. Chunki ashyolar fuqarolik huquqiy munosabatlarning asosiy obyekti bo'lib hisoblangan. Ashyolar tushunchasini aniqlashda (res) tushunchasiga alohida etibor berish va uning Rim yuristlari tomonidan keng manoda qanday tushunilganligi hamda jismoniy ashyolar va jismiy bo'lmagan ashyolarning holatlarini aniqlash, ashyolarni o'rganishda asosiy holat ekanligining, hamda Rim huquqida fuqarolik muomalasidan chiqarilgan va fuqarolik muomalasidagi ashyolar mavjudligini o'rganish lozim. Fuqarolik muomalasidan chiqarilgan (res ekstra kommertsum) va fuqarolik muomalasidan chiqarilmagan (res in kommertsio) ashyolarini aniqlash lozim. Rim huquqiga taalluqli bo'lgan ashyolarning turlarga bo'linishi, yani ashyolarning oddiy va murakkab, asosiy va mansub, xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolarga va boshqa turlarga bo'linishini hamda ularning bir - biridan farqini ajrata bilish lozim. Rim huquqida ashyolar bilan birgalikda egalik instituti ham mavjud bo'lgan. Bu munosabatlarning vujudga kelish va bir-biridan farqini bilish uchun avvalo egalik tushunchasi va uning mohiyatini aniq tushunish lozim. Egalik institutini o'rganar ekanmiz, turmush amaliyotida ko'pchilik hollarda (egalik qilish) va (mulk) terminlari bir manoda qo'llanilsa ham, Rim huquqida ularning o'rtasida farq mavjudligini tan olish kerak. Egallash tushunchasi Rim huquqida ikki qismga bo'lingan. - mulkni jismoniy holatda egallash; (korpus possesiones) - mulkni ma'naviy asosda egallash: (animus possesiones) Mulk huquqini o'rganishda asosiy etibor mulk huquqining mazmuni va mohiyatini anglab etishga qaratilishi lozim. Rim huquqida mulk huquqining mazmunini 5 ta element tashkil etgan: Mulkdan foydalanish huquqi (yus utendi); Mulkning foydali xususiyatlari, hosil va daromadlarini olish huquqi (yus fruendi); Mulkni tasarruf qilish (yus abutendi); Mulkni egallash huquqi (yus possidendi); Qonunsiz asosda egallangan mulkni qaytarib olish huquqi (yus vindikandi). Rim davlatida mulk huquqini vujudga kelishini bildiradigan usullar quyidagilardan iborat bo'lgan: Dastlabki usul deganda, mulkka nisbatan egalik huquqi ilgari hech kimga qarashli, tegishli bo'lmagan asosda birinchi vujudga kelishi tushunilgan; Hosila usulda konkret shaxs tomonidan huquqning boshqa mulk egasiga o'tkazilishi yoki huquqni qabul qilib olish huquqi asosida vujudga keladi, bu usulda ashyo dastlabki egasidan rozilik asosida ikkinchi subyektga, yani mulk huquqining yangi subyektiga o'tish protsessidan iborat bo'lgan. Dastlabki usul asosida mulkka egalik qilish Rim huquqida maxsus xarakterga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.3 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.3 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga