«Avesto» - buyuk tarixiy huquqiy manba Reja: «Avesto»- ma'naviyatimiz sarchashmasi. «Avesto»da eng qadimiy davlatlarning qaror topishi haqidagi ma'lumotlar. «Avesto»da oila va nikoh munosabatlari. «Avesto» bo'yicha jinoyat va ja'zolar kvalifikatsiyasi «Sharq o'g'lonlari orasidan Farb birinchi bo'lib Zardushtni o'g'il qilib oldi. Uning ta'limoti xristos ta'limotidan IV asr avval Yunonistonni boyitdi. Zardushtni Platon bilgan Budda va Kunfuntsiyalarning ovozi Ovrupaga yetib kelguncha juda ko'p vaqt kerak bo'ldi, shuning uchun asrlar davomida Farb qadimiy Sharq donishmandligi bilan faqat Zardusht orqali tanish bo'lgan. Belgiyalik olim. Jak Dyushen Giyyoman. Biz elinliklar, varvarlardan olgan hamma narsasini o'zimizni-ki qilib olamiz va uni kamolot cho'qqisiga ko'taramiz. Platon Farbning barcha buyuk allomalari, buyuk shaxslari Sharq ma'na-viyati va madaniyati xazinasidan ziyo oldilar. Farb o'z gulxanini Sharq quyoshidan yondirib oldi. Fozila Sulaymonova Ma'lumki, g'arb tarixida buyuk islohotchilar va ma'rifatchilar davri eng zo'r va ajoyib Uyg'onish davri deb nom olgan Rim va Yunoniston madaniyatini ravnaqiga qiyos qilinib ta'riflanadi. Aslida esa insonparvarlik g'oyalari isloh qilish harakati O'rat Osiyo buyuk farzandi Zardushtdan boshlangan desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki uning ta'limoti insonparvarlik g'oyalarini birinchi bo'lib ilohiylashtirgan, dunyoviy hayotni muqaddaslashtirgan, uning asosiy aqidalari keyingi jahon dinlari xristianlik va islomning aqidaviy va ibodat qoidalariga ham zamin bo'lgan. «Avesto»ning o'rganishda payg'ambar Zaratushtra faoliyati va zardushtiylik dinining vujudga kelishi muammosiga e'tibor beriladi. Zaratushtra (yunoncha-Zoroastr, o'rta fors tilida-Zardusht)ning nomi qadimgi eron Zarushtra so'zidan kelib chiqqan, «Zar»- bu «oltin», «ushtra»tuya yoki uch xil ma'noda -«Oltintuyali», «Oltin tuya Egasi», «Tuyalar yetaklagan odam» deb tarjima qilinadi. Gap shundaki, «Avesto»ning yaratilishi davlat arbobi va qonunshunos din, ilohiyotchisi sifatida Zaotar va otarbon unvonlari soxibi, o'z davrida «payg'ambar» (ezgulik haqida darak beruvchi) sifatida shuxrat qozongan Spitamon nomi bilan bog'liq bo'lib, Spitamen Zardusht taxminan miloddan avvalgi 630-553 yoki 618-341 yillarda yashagan davrda Markaziy Osiyoda ko'chmanchilar inqiroziga uchrab, Turonu Eronda el bo'lib, o'troq yashay boshlagan turkiylar, forsiy-lar, derbiklar, osiylar, toxarlar, daxlar, massagetlar, saklar, xorazmliklar, chochliklar, baqtriyaliklar o'troq hayotga moslashib, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilikka o'ta boshlagan va qadim-gi shahar viloyatlarga asos bo'lishgan edi. Patriarxal urug' jamoasi munosabatlari o'rnini markazlashgan davlat tizimi egalashi bilan xarakterlanadi. «Avesto»da inson ijtimoiy mehnati tufayli barcha yomonlik-dan yovuzlikdan qutulishi mumkinligi g'oyasi yotadi. dehqonchilikdagi mehnat yaxshilikning yuzaga chiqishida va insonni qayta tarbiyalashda asosiy omil, Axura Mazda qonuniga bo'ysunish hisoblanadi. Kim g'alla eksa oliyjanobdir. Falla ekkan kishi ezgulik urug'ini sochadi. Demak, mehnat va tabiiy ehtiyoj tufayli insonlar birga yashashni ilgari suradi. «Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo'lib, bizgacha yetib kelgan qismlari milodning II-VII asrlarida tahrir qilgan. «Avesto» boblari o'rta fors alifbosi asosida 48 ta belgili yozuvdan iborat. «Avesto» o'rta fors tilidan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.32 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.32 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:54 ]
Arxiv ichida: doc