Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar

Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar

O'quvchilarga / Huquq
Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar - rasmi

Material tavsifi

Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar 11-sinf Davlat va huquq asoslari fani darsligi asosida 17-mavzu Hozirgi kunda axborot jamiyat hayotini tashkil etishning zaruriy omillaridan biriga aylanib bormoqda. Binobarin, inson faoliyatining axborot olish va uni qayta ishlash jarayonlari bilan bog'liq bo'lmagan biror bir tarmog'i qolmagan. Axborot nafaqat muayyan ma'lumotlardan iborat obyekt, masalan, maqola yoki xabar sifatida, balki subyektning o'zi o'rganayotgan obyekt bilan o'zaro aloqa qilish jarayoni sifatida ham tushunilishi lozim. XX asrning oxirlariga kelib, axborot jamiyatda tabiiy, moliyaviy, mehnat va boshqa resurslarga nisbatan ham kuchli va sezilarli mustaqil ijtimoiy-siyosiy hodisa sifatida namoyon bo'la boshladi. Axborot «kim», «qachon», «nima», «qayerda», «qancha», degan so'zlar bilan boshlanuvchi savollarga javob ko'rinishida ifoda etiladi. Bilim esa o'z navbatida, «qanday» degan so'z bilan boshlanadigan savollarga javob ko'rinishida namoyon bo'ladi. Demak, axborotdan foydalanish bilim olishning o'zgargan shaklidir. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fuqarolarning axborotga bo'lgan huquqlarini e'tirof etgan holda, uning asosiy mazmunini bir qancha normalarda belgilab beradi. Lekin ba'zida berilgan huquqdan to'g'ri foydalanmaslik oqibatida ham huquqiy javobgarliklar kelib chiqadi. Kompyuter tizimidan foydalanishga ruxsati bo'lgan shaxs tomonidan ushbu tizimdan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida kompyuterdagi axborot yo'qolsa, to'sib qo'yilsa, kompyuter uskunasining ishi buzilsa, u Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 1551-moddasiga ko'ra javobgarlikka tortiladi. Xat-yozishmalar, telefonda so'zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish esa jinoiy javobgarlikka tortishga asos bo'lishi mumkin. Axir bunday jinoyat faqat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning sodir etilish motivi va bundan ko'zlangan maqsad uning kvalifikatsiyasi uchun ahamiyatga ega emas. Mazkur jinoyatning obyekti fuqarolarning xat-yozishmalari, telefondagi so'zlashuvlari, telegraf yoki boshqa xabarlarining sir saqlanishiga bo'lgan konstitutsiyaviy huquqlari hisoblanadi. Obyektiv tomondan jinoyat shaxslarning pochta-telegraf xabarlari yoki telefonda so'zlashuvining mazmuni bilan g'ayriqonuniy tanishuvida yoxud fuqarolarning xatlari, telegrammalari, telefaks, elektron pochta va boshqalar orqali yuborilayotgan ma'lumotlarni shu axborotlar egasining roziligisiz oshkor etilishida ifodalanadi. Savol va topshiriqlar 1. Xat-yozishmalar, telefonda so'zlashuv, telegraf yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish deganda nimani tushundingiz? 2. Berilgan rasmlarda axborot turlari ifodalangan. Ulardan qaysilari qonun tomonidan himoyalanadi? 3. Axborotlarni ijobiy va salbiylarga ajratish mumkinmi? Fikringizni asoslang. 4. Axborot xavfsizligi masalasi va globallashish o'rtasida qanday bog'liqlik bor? 5. Axborot «huruji»dan siz qanday himoyalangansiz? 6. Oilangizga tegishli bo'lgan ma'lumotlar himoya qilinishi shart deb hisoblaysizmi? Nima uchun? Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar Reja: 1. Axborotlashtirish qoidalarini buzish jinoyatining yuridik tahlili. 2. Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish jinoyatining yuridik tahlili. 3. Kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalarni o'tkazish maqsadini ko'zlab tayyorlash yoxud o'tkazish va tarqatish jinoyatining yuridik tahlili. 4. Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish jinoyatining yuridik tahlili. 5. Kompyuter sabotaji jinoyatining yuridik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.65 MB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:54 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.65 MB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga