Ayblov tarafining tortishuvni amalga oshirishdagi vakolatlari Reja: Ayblov tarafining asosiy vazifasi Davlat ayblovchisi Qonun bilan tartibga solingan, muayyan maqsadga yo'naltirilgan hamda sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybli ekanligini fosh qilish, unga qanday jazo belgilanishi, mulkiy davoni undirilishi yuzasidan fikrini asoslab berish huquqi bilan ta'minlangan subyektlarning faoliyatlari ayblovning protsessual mazmunini tashkil etadi. Ayblov - ayblovchining sudda ayblovni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatidir. Bunday faoliyatning subyektlari davlat ayblovini quvvatlaydigan prokuror, jamoat ayblovchisi sifatida ishga qo'yilgan jamoat birlashmasining vakili, shuningdek, qonunda alohida belgilangan xollarda jabrlanuvchi bo'lishi mumkin. Ayblov protsessual manoda jinoyat protsessini harakatga keltiruvchi kuch hamda qolgan funksiyalarni amalga oshirilishini keltirib chiqaruvchi funksiyadir. Ayblov tarafining asosiy vazifasi jinoyat sodir qilgan shaxslarni sud oldida javobgarlikka tortilishi, adolatli jazoning muqarrarligini ta'minlashdir. Ayblovning huquqiy asoslari avvalo JPKning 2-moddasi hisoblanadi. Mazkur moddada belgilangan «jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining vazifalari jinoyatlarni tez va to'la ochishdan, jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi hamda aybi bo'lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etishdan hamda qonunning to'g'ri tatbiq etilishini ta'minlashdan iborat» vazifani bajarish tegishli organlarga ayblov funksiyasini amalga oshirish mas'uliyatini yuklaydi. Ayblov jinoyat protsessida shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish haqida qaror chiqarilishi va ayblanuvchiga ayb elon qilinishi bilan yuzaga keladi. Ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilish qarorida aynan shu shaxsni ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilish uchun qanday dalillarga asoslanilayotganligi ko'rsatilishi, shu dalillar ayblanuvchini JKning aynan qaysi moddasida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etganligini ta'riflab berilishi shart. Albatta sudga ayblanuvchining aybdorligi haqidagi xulosalarni tasdiqlovchi dalillarni taqdim qilish, ularning tizimlashtirish va tahlil qilib berish, shuningdek taraflar tomonidan ilgari surilgan qarshi dalillar (kontrdalillar)ni yo'qqa chiqarish - bularning hammasi ayblovni quvvatlayotgan prokuror tomonidan davlat ayblovchisi sifatidagi funksiyasini amalga oshirilishidir. JPKning 260-moddasida dastlabki tergov organi shaxsni jinoiy qilmishda gumon qilinuvchi tariqasida rasmiy ravishda protsessga jalb etilishi mumkinligi ko'rsatib o'tilgan. Shu o'rinda aytish kerakki, shaxs protsessga rasmiy ravishda gumon qilinuvchi tariqasida jalb etilishiga qaramay, uni ayblanuvchi tariqasida javobgarlikka tortish uchun hali asos yo'q yoki u etarli darajada emas. Boshqacha aytganda, gumon - ayblash emas. Tergov jarayonida gumon tasdiqlanishi yoxud tasdiqlanmasligi mumkin. Ayblanuvchi tariqasida javobgarlikka tortish esa dastlabki tergov organining moddiy dalillarga asoslangan qatiy fikridir va ular tergovchiga ayblov xulosasi tuzish uchun asos bo'ladi. Biroq, bu masalada bir protsessual muammo vujudga keladi. U dastlabki tergovda prokurorning nazorati masalasi bilan bog'liqdir. Dastlabki tergov bosqichida prokurorning vakolatlari JPKning 382-moddasida belgilangan bo'lib, unga ko'ra prokuror, dastlabki tergov organlari yurituvidagi jinoyat ishlarini tergov jarayonida tugatishi mumkin. Uning vakolati ayblov xulosasi bilan kelib tushgan jinoyat ishlari yuzasidan ham ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.88 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:54
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.88 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:54 ]
Arxiv ichida: docx