Aybsizlik prezumptsiyasida isbotlash asoslari

Aybsizlik prezumptsiyasida isbotlash asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Aybsizlik prezumptsiyasida isbotlash asoslari - rasmi

Material tavsifi

Aybsizlik prezumptsiyasida isbotlash asoslari Reja: Aybsizlik prezumptsiyasida isbotlash asoslari Aybsizlik prezumptsiyasida ayblanuvchi foydasiga hal etiladigan holatlar Aybsizlik prezumptsiyasining muhim masalalaridan biri - isbot qilishdir. Isbot qilish ayb yoki aybsizlikni oshkor qilishning majburiy shartlaridan biri hisoblanadi. Isbot qilish ishni qonuniy asoslangan va adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega bo'lgan holatlar to'g'risidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to'plash, tekshirish va baholashdan iboratdir (JPKning 85-moddasi). JPKning 86-moddasida isbot qilishda ishtirok etadigan ishtirokchilarning klassifikatsiyasi ko'rsatilgan. Bunga ko'ra, isbot qilishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, shuningdek, jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishtirok etish huquqiga egadirlar. Qonun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga o'zlarining aybsizligini (aybdorligini) isbotlash majburiyatini yuklamaydi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi JPKning 23-moddasi 2-qismida shunday deyiladi: Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o'zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas. Ayblanuvchi o'zining aybsizligini isbotlashi uning huquqi xolos, lekin majburiyati bo'lmaydi. O'zbekiston Respublikasi JPKning 22-moddasida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat yuz berganligini, uni sodir etishda kim aybdorligini, shuningdek, u bilan bog'liq barcha holatlarni aniqlashi shart, deb ko'rsatilgan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi JPKning 86-moddasida ham isbot qilishni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud amalga oshirishi belgilangan. Jinoyat-protsessual qonuni bu masalada aybsizlik prezumptsiyasi talabidan kelib chiqadi. Bir qarashda bu qoidani aybsizlik prezumptsiyasi bilan bog'liq joylari yo'qqa o'xshaydi, lekin amalda esa bu qoida aybsizlik prezumptsiyasining besh elementidan biri hisoblanadi. Qonun huquqni muhofaza qilish organlari va sudga ayblanuvchining qanchalik aybdor ekanligini va ayni vaqtda uning aybsizligini isbotlash majburiyatini qo'yadi, yani ayblanuvchining aybsizlik prezumptsiyasi bilan cheklanib qolmaydi, uning uchun aybsizligini isbotlab berishlari muhimdir. Bu holatda ayblanuvchining manfaatlari ikki tomonlama himoya etiladi. Yuqorida takidlanganidek, qonun ayblilik va aybsizlikni teng darajada isbotlab berish majburiyatini qo'yadi. Chunki, inson uchun uning aybsizligini o'rnatilishi muhim. Shuning uchun ham shaxsning aybi isbotlanmaguncha uni doimo aybsiz deb hisoblanadi. Lekin sud tomonidan shaxs aybdorligining isbotlanishi javobgarlikning muqarrarligini ta'minlaydi. Jinoyat protsessida yakka olingan dalil, dalil hisoblanmaydi. Shuningdek, ayblanuvchining o'z aybini bo'yniga olganligi, agar uning bu ko'rsatmalari boshqa dalillar bilan isbotlanmasa ayblov xulosasi uchun asos bo'laolmaydi. Surishtiruvchi, tergovchi va prokuror ayblanuvchiga qo'yilayotgan aybni qonuniy tartibda qatiy isbotlashlari kerak. Ushlab turish yoki ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish faqatgina ish bo'yicha haqiqatni aniqlash va gumon qilinuvchining tergov harakatlaridagi ishtirokini ta'minlash maqsadida qo'llanishi mumkin. Ushbu choralardan tergov izolyatori va vaqtinchalik ushlab turish joylarida gumon qilinuvchining aybini bo'yniga olishiga erishish maqsadida chidab bo'lmaydigan shart-sharoitlarni vujudga keltirish uchun foydalanishga yo'l qo'yilmaydi. Chunki gumon qilinuvchining o'z aybini bo'yniga olishi majburiy emas, balki ixtiyoriy bo'lishi kerak. Gumon qilinuvchi unga qo'yiladigan gumon va boshqa holatlar bo'yicha ko'rsatuv ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.53 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:54 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.53 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga