Aybsizlik prezumptsiyasining huquqiy tabiati Reja: Aybsizlik prezumptsiyasi obyektiv huquqiy holat sifatida Himoyalanish huquqi Aybsizlik prezumptsiyasining huquqiy tabiatini tushuntirishda ikki xil qarash bor. Birinchisi: aybsizlik prezumptsiyasi - bu faqatgina haqiqatni aniqlash uslubi bo'lib, jinoyat ishi bo'yicha isbotlash burchi yuklatilgan shaxslarning to'plangan, tekshirilgan, protsessual mustahkamlangan va baholangan dalillari asosida ayblanuvchining qilmishida aybning mavjudligi isbotlash. Bu esa aybsizlik prezumptsiyasi qoidalariga rioya qilish majburiyatini keltirib chiqaradi. Gumon yoki ayb o'z isbotini topmasa prezumptsiya o'z harakatini to'xtatadi. Surishtiruvchi, tergovchi va prokurorning aybga bo'lgan munosabati ichki ishonch, huquqiy ong va qonun talablariga ko'ra baholanadi. Ikkinchisi: aybsizlik prezumptsiyasi jinoiy ishi bo'yicha masul bo'lgan mansabdor shaxslarning ayblanuvchining aybiga nisbatan qatiy fikri yuzaga kelganda ham ayblanuvchi aybdor hisoblanmaydi; chunki ularning bergan bahosi dastlabki xarakterga ega, qatiy bahoni faqat sud beradi. Sud hukmining qonuniy kuchga kirishi aybsizlik prezumptsiyasini nihoyasiga etkanligidan dalolat beradi. Aybsizlik prezumptsiyasi obyektiv huquqiy holat sifatida ishning tekshirish uslubini ko'rsatish bilan chegaralanmaydi; prezumptsiya shu bilan bir qatorda protsessual vaqt (moment)ni, yani hukmning qonuniy kuchga kirishi, unda ayblanuvchining aybdor yoki aybsizligi va ish bo'yicha to'la aniqlanganligini etirof etadi. Aybsizlik prezumptsiyasi JPKning bir-biriga bog'liq qismlari tuzilishini belgilaydi, yani shaxsni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish uchun etarli protsessual kafolatlar hajmini aniqlaydi va hech qachon sudning qonuniy kuchga kirgan hukmidan oldinroq protsess qatnashchilarining qarashini ifodalamaydi. Qonun shunday holatlarga yo'l qo'yadiki, unga ko'ra sudgacha bo'lgan jinoyat sudlov ishlarini yuritishdagi gumon yoki ayblov sud tekshiruvini talab qilmasligi ham mumkin. Bu holatlarda jinoyat ishi dastlabki tergovda tugatiladi. Bular oqlanmaydigan asoslarga ko'ra olib boriladi, jumladan shaxsni javobgarlikka tortish muddati o'tgan bo'lsa; amnistiya akti chiqarilgan bo'lsa; shaxs vafot etgan bo'lsa va boshqalar (JPKning 84-moddasi). Bunga o'xshash boshqa holatlar tergovchi tomonidan ishni boshqa shaxsga yoki voyaga yetmaganlar ishi bo'yicha komissiyaga yuborilishi uchun sabab bo'ladi. Haqiqatan ham, bu joyda shaxsning aybliligi haqidagi yakuniy xulosa dastlabki tergovda vujudga keladi. Bunga o'xshash holatlarni qonunda ko'rsatilgan umumiy qoidalardan istisno sifatida ko'rish lozim. Bunga quyidagi jinoyat ishini misol keltirishimiz mumkin. T. 1992 yil 12 iyunda tug'ilgan, voyaga yetmagan N. bilan tanishib qolib, uning o'n olti yoshga to'lmaganligini bilgan holda turmush qurgan, natijada voyaga yetmagan turmush o'rtog'i N. 2008 yil 11 may kuni Hamza tumanida joylashgan shifoxonaning ayollar maslahatxonasiga murojaat qilganida uning homiladorligi malum bo'ladi. Ushbu holat yuzasidan 2008 yil 16 iyun kuni Hamza tumani prokurori tomonidan T.ga nisbatan JKning 128-moddasi 1-qismiga bilan, yani shaxsning o'n olti yoshga to'lmaganligi aybdorga ayon bo'lgan holda, u bilan jinsiy aloqa qilganligi uchun jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Lekin O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2008 yil 28 avgust O'zbekiston ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.96 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:54
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.96 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:54 ]
Arxiv ichida: docx