Aybsizlik prezumptsiyasining umumiy tushunchasi va mohiyati

Aybsizlik prezumptsiyasining umumiy tushunchasi va mohiyati

O'quvchilarga / Huquq
Aybsizlik prezumptsiyasining umumiy tushunchasi va mohiyati - rasmi

Material tavsifi

Aybsizlik prezumptsiyasining umumiy tushunchasi va mohiyati Reja: Aybsizlik prezumptsiyasining paydo bo'lishi Aybsizlik prezumptsiyasi Prezumptsiya so'zi lotincha «praesumptie» so'zidan olingan bo'lib, bir necha manolarni anglatadi. Ulardan biri - taxmin bo'lib, fanda va kishilarning ish faoliyatida keng qo'llaniladi. Aybsizlik prezumptsiyasi - bu aybi qonunda belgilangan tartibda va tegishli organlar tomonidan tasdiqlanmaguncha, shaxsning aybsiz hisoblanishidir. Jinoyat huquqi nazariyasida ayb deganda, shaxsning sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) va uning oqibatlariga (qasddan yoki ehtiyotsizlik ko'rinishidagi) bo'lgan ruhiy munosabati tushuniladi. Aybsizlik prezumptsiyasining paydo bo'lishi va prinsip sifatida shakllanishi uzoq tarixga yani XVII asrga borib taqaladi. U dastlab 1789 yilgi Fransiya fuqarolik va inson huquqlari deklaratsiyasining 9-moddasida quyidagi mazmunda bayon qilingan. Har bir inson sud tomonidan aybdor deb elon qilinmaguniga qadar aybsiz deb etirof etiladi. Uni ushlash vaqtida qilingan har qanday shavqatsizlik yoki insonga xos bo'lmagan munosabat qonun yo'li bilan qattiq jazolanishi lozim. Shundan boshlab aybsizlik prezuptsiyasiga bo'lgan etibor kuchaydi va insoniyat sivilizatsiyasi erishgan eng yuqori ma'naviy yutuq sifatida tan olindi. Yillar, asrlar davomida uning mazmuni va shakli yangicha sayqal topdi. Aybsizlik prezumptsiyasining zamonaviy tushunchasi Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Pakt, Asosiy erkinliklar va inson huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi Konvensiya, Inson va Xalqlar huquqlari Afrika Xartiyasi va boshqa xalqaro hujjatlarda o'z bayonini topgan. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 11-moddasininng 1-bandida aybsizlik prezuptsiyasiga quyidagicha ta'rif berilgan. Unga ko'ra, Jinoyat sodir etganlikda ayblangan har bir inson himoya uchun barcha imkoniyatlar ta'minlangan holda, ochiq sud majlisi yo'li bilan uning aybi qonuniy tartibda aniqlanmaguncha, aybsiz deb hisoblanishga haqlidir. Aynan ushbu tushuncha Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Paktning 14-moddasi 2-bandidagi Jinoyat qilishda ayblanayotgan har bir odam, uning aybi qonunga binoan isbotlab berulmaguncha aybsiz deb hisoblanish huquqiga egadir, degan mazmunga to'la mos keladi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasining birinchi qismida aybsizlik prezumptsiyasi quyidagicha talqin qilingan: Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko'rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha, u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o'zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlab beriladi Konstitutsiya asosida qabul qilingan ayrim qonunlarda ham aybsizlik prezumptsiyasi prinsip sifatida etirof etilgan. Jumladan, yangi tahrirdagi (200 yil 14 dekabr) Sudlar to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 10-modda 2-qismida Ayblanuvchi, uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmagunga qadar aybsiz hisoblanadi deb belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi 23-moddasida ham gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmagunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlanmugunga qadar aybsiz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.97 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:54 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.97 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga