Reja: 1. Ayirboshlash shartnomasi tushunchasi, huquqny belgilari va predmeti 2. Shartnomada qatnashuvchi taraflar, ularning huquq va burchlari 3. Shartnomaning shakli, muddati Ayirboshlash shartnomasi tushunchasi, huquqny belgilari va predmeti Ayirboshlash tovar va pul munosabatlariga asoslangan bozor iqtisodiyotida ham muayyan ahamiyatga ega. Shu boisdan u amaldagi fuqarolik qonun hujjatlarida o'zining huquqiy asoslarini topgan. Ayirboshlash barter deb ham yuritiladi. Ayirboshlash deb shunday shartnomaga aytiladiki, unga ko'ra shartnomada qatnashuvchi har bir taraf boshqa tarafga bir tovarni boshqa tovarga almashtirish yo'li bilan mulk qilib topshirish majburiyatini oladi (FKning 497-moddasi). Uning mohiyati shundaki, shartnoma predmeti bo'lgan biron-bir tovar ikkinchi tarafga, odatdagidek, mazkur tovar qiymatini umumiy ekvivalent bo'lgan yoki unga deyarli teng keladigan boshqa bir tovarga ayirboshlanadi. Demak, mazkur huquqiy munosabat odatdagi shartnomalar, aytaylik, oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish kabi shartnomalarga o'xshab, taraflarga bu orqali kelishi mumkin bo'lgan muayyan pul summalariga talab-ehtiyojlardan kelib chiqmay, balki bevosita mazkur shartnomaning predmeti bo'lgan tovarga bo'lgan ehtiyojlardan kelib chiqadi. Biroq bu shartnoma ko'p hollarda subyektlar o'rtasida hisob-kitoblar yo'lga qo'yilmagan yoki o'zaro ishonch bo'lmagan inflyatsiya sharoitida keng qo'llaniladigan shartnomalardan biri bo'lib qolmoqda. Rivojlangan bozor tizimida u ahyon-ahyonda qo'llaniladi. Shartnomaning yana bir xususiyati shundaki, shartnomaning mazmunidan boshqacha hol anglashilmasa, ayirboshlanayotgan tovarlar teng qiymatli deb taxmin qilinadi. Ayni paytda tovarni topshirish va uni qabul qilish xarajatlarini, har bir holda tegishli majburiyatlarni bajaradigan taraf amalga oshiradi. Shubhasiz, boshqa shartnomalarda bo'lgani singari ayirboshlashda ham uning predmeti hisoblangan tovarning bahosi muayyan ahamiyatga ega. Ba'zan amaliyotda ayirboshlash predmetining qiymati bir xil bo'lmaydi. Bunday hollarda bahosi ayirboshlashga taqdim qilinayotgan tovar bahosidan past bo'lgan tovarni toshpirayotgan taraf, agar shartnomada haq to'lashning boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo'lsa, tovar yoki tovarni tasarruf qilish hujjatlari togaiirilgandan so'ng kechiktirmasdan baholardagi farqni to'lashi lozim bo'ladi. FKning 242-moddasiga ko'ra, agar qonun, shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, qarzdor hisoblangan taraf bunday majburiyatni kreditor talab qilgan kundan boshlab yetti kunlik muddat ichida bajarishi shart. Ayrim hollarda tovarlar o'rtasidagi yuqorida tilga olingan farq doimo konkret belgilanavermaydi. Fuqarolik qonunchiligining mazmunidan anglashilishicha, bunday hollarda shartnomani bajarganlik uchun xuddi shunga o'xshash vaziyatlarda odatda shunday tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun olinadigan baholar - haq to'lanishi kerak. Aynan bunday xrllarda ish muomalasi odatlari, ya'ni odat huquqi normalari qo'llaniladi (FKning 6-moddasi tartibida). Ayirboshlash shartnomasi quyidagi huquqiy belgilari bilan xarakterlidir: birinchidan, ayirboshlash konsensual shartnoma hisoblanadi, ya'ni unga ko'ra taraflarning huquq va burchlari shartnoma qonun talablari doirasida rasmiylashtirilgan paytda vujudga keladi; ikkinchidan, ayirboshlash haq evaziga tuziladigan shartnomadir, ya'ni shartnoma bo'yicha taraflar zimmasiga muqobil ijro majburiyatlarini bajarish yuklangan, ya'ni tovarlarni o'zaro ayirboshlash, shuningdek tovarlar qiymati teng bo'lmaganda ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.88 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.88 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:54 ]
Arxiv ichida: doc