Ayollar sodir etadigan jinoyatlar va ularning oldini olish

Ayollar sodir etadigan jinoyatlar va ularning oldini olish

O'quvchilarga / Huquq
Ayollar sodir etadigan jinoyatlar va ularning oldini olish - rasmi

Material tavsifi

Ayollar sodir etadigan jinoyatlar va ularning oldini olish Reja: Ayollar jinoyatchiligining umumiy holati, dinamikasi hamda sabablari Ayollar sodir etadigan jinoyatlarning sabablari Ayollar sodir etadigan jinoyatlarning oldini olish Ayollar jinoyatchiligining umumiy holati, dinamikasi hamda sabablari Umumiy jinoyatchilikda ayollar sodir etadigan jinoiy xatti-harakatlar erkaklar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlardan farq qiladi. Shu bois ayollar jinoyati tarqalishining miqyosi, tabiati va oqibati, sodir etish usuli va jinoyat qurolini ma'lum bir vaziyatlarda qo'llanishi, jinoyat sodir etilishida ishtirok etishdagi o'rni, jinoyat qurbonini tanlash, maishiy turmush sharoiti kabilarga kriminologiyada alohida e'tibor qaratilgan holda tadqiqot ishlari olib boriladi va zarur tavsiyalar beriladi. Ayollarga xos bo'lgan jinoyatlar sodir etilishining sabablarini bilish, avvalo, ularning ijtimoiy taraqqiyotda tutgan o'rni, vazifalari, biologik va psixologik xususiyatlarini bilishni taqozo etadi. Hech shubha yo'qki, ayollarning jamiyatda tutgan o'rni, turmush tarzi davriy o'zgarishlarga uchrab turadi. Bu esa, o'z navbatida, ularning shaxsiy sifatlarini ham o'zgarib turishiga ta'sir etadi. Binobarin, ayollarga xos bo'lgan jinoyatlarning sodir etilishi ijtimoiy hayot ta'sirida ham shaqlan, ham mazmunan o'zgarib boradi. Hozirgi kunda ayollar sodir etayotgan jinoyatlarga kriminologiya nuqtai nazaridan yonda- shilsa, ularning sodir etilishida bir qator sabablar mavjudligi oydinlashadi. Masalan, bugungi kunda ayollar tomonidan sodir etiladigan o'zgalar mulkini o'g'irlash (ayollar sodir etayotgan umumiy jinoyatlarning 19 %) jinoyatlari ko'plab kuzatilmoqda. Shuningdek, ular tomonidan sodir etilgan umumiy jinoyatlar tarkibida o'g'rilik (8 %), xizmat mavqeini suiiste'mol qilish orqali o'zlashtirish (11-13 %), xaridorni aldash (13-14 %), spirtli ichimliklarni g'ayriqonuniy tayyorlash va sotish hamda narkotik vositalar bilan bog'liq jinoyatlardagi ishtirokchilik (3-5 %)larni ko'rish mumkin. Ayollar tomonidan o'zgalar mulkini talonchilik, bosqinchilik, firibgarlik va ko'p miqdorda o'zlashtirish bilan bog'liq jinoyatlar nisbatan kam uchraydi. Ammo sanab o'tilgan jinoyatlarning sodir etilishida ayollarning ishtirok etishi oshganligini ko'rish mumkin. Mulkni talon-toroj qilish ko'p hollarda ularning mulk bilan bog'liq vazifalarni bajarishlarida yuzaga keladi. Sodir etilishining hududiy miqyosi bo'yicha baholansa, shaharlarda sodir etilgan barcha jinoyatlarning uchdan ikkisini tashkil etadi. Qishloq joylarda esa bu ko'rsatkich nisbatan kam. Xaridorlarni aldash jinoyatlari ayollar o'rtasida ko'proq kuzatiladi. Buning asosiy sababi ayollarning savdo, tijorat, umumiy ovqatlanish shoxobchalarida, aholiga xizmat ko'rsatish va moddiy-texnika ta'minotini amalga oshirish yo'nalishlarida ko'plab xizmat qilishlaridir. Shunisi ajablanarliki, javobgarlikka tortilgan ayollarning asosiy qismini yoshlar tashkil etadi. Shu bilan birga, davlatlararo tijorat ishlarida band bo'lgan ayollarning ko'payishi ham bu yo'nalishda, ya'ni mulk bilan bog'liq jinoyatlarning sodir etilishida ularning ishtiroki oshganligini ko'rsatmoqda. Mansabni suiiste'mol qilish jinoyatlarining tahlilidan ma'lum bo'ladiki, muqaddam bu yo'nalishda, aytaylik pora olish-berishda ayollarning ishtiroki ko'p bo'lgan bo'lsa, hozirda ko'pchilik ayollar aynan pora olish jinoyati bilan ayblanmoqda. Bu ayollarning ijtimoiy hayotdagi faolligi oqibatidir. Hozirgi kunda sud-huquq, tergov sohalarida ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.89 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.89 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga