Mavzu: Ayollarga nisbatan jinoiy jazoni liberallashtirish chora tadbirlari Reja: 1. Ja'zolarni liberallashtirish tushunchasi 2. Ayollarga nisbatan ja'zolarni liberallashtirish chora tadbirlari 3. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini liberallashtirish chora-tadbirlari 4. Ozodlikdan mahrum qilish tushunchasi va unga berilgan imtiyozlar Sud amaliyotini o'rganish natijalari shuni ko'rsatmoqdaki, sudlar iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga oid ishlar bo'yicha ja'zolarni liberallashtirish to'g'risidagi qonunni asosan to'g'ri qo'llab kelmoqdalar. Shu bilan birga ushbu sohada sodir etilgan jinoyatlar bilan bog'liq ishlarni ko'rish paytida qonunni qo'llashda, jumladan, jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish, jazo tayinlash masalalarida xato va kamchiliklarga yo'l qo'yilmoqda. Sudlarning jinoiy qilmishni ma'muriy huquqbuzarlikdan, davomli talon-toroj qilish jinoyatini takroran sodir etilgan talon-toroj jinoyatidan ba'zan farqlay olmayotganliklari asoslantirilmagan qarorlar chiqarilishiga sabab bo'lmoqda. Jinoiy ja'zolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish haqida» 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi qonunining iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan to'g'ri qo'llanilishini ta'minlash maqsadida, «Sudlar to'g'risida»gi qonunning 17-moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: Sudlarning e'tibori iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga oid ishlarni ko'rishda ja'zolarni liberallashtirish to'g'risidagi qonun talablariga og'ishmay rioya etilishi shart ekanligiga qaratilsin. Moddiy zarar qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo'llanilishi mumkin emasligi haqida Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddalarida ko'rsatilgan qoida tugallanmagan jinoyatga ham, basharti zarar bilan bog'liq oqibatlar kelib chiqqunga qadar jinoyatning oldi olingan bo'lsa, tatbiq etiladi. Sudlarning e'tibori qaratilsinki, ja'zolarni liberallashtirish to'g'risidagi qonun normalarining to'g'ri qo'llanilishini ta'minlash inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bilan bevosita bog'liq. Shuning uchun hamapellyatsiya, kassatsiya va nazorat instantsiyalari sudlari har bir ish bo'yicha ja'zolarni liberallashtirish to'g'risidagi qonunni qo'llashda yo'l qo'yilgan xatolarni o'z vaqtida aniqlashlari va tuzatishlari, shuningdek xususiy ajrimlar chiqarish orqali ularga munosabat bildirishlari kerak. 46-modda. Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Jazoni ijro etish tizimining liberallashtirilishi munosabati bilan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan: a) ijtimoiy xavfli katta bo'lmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlarga hamda qasddan uncha og'ir bo'lmagan jinoyat sodir etganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda; b) og'ir va o'ta og'ir jinoyat uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda; v) ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o'tab chiqib, yangi sodir etgan o'ta og'ir jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga, shuningdek o'ta xavfli retsidivist deb topilganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o'tash tayinlanadi. Ya'ni ayollarga nisbatan maxsus tartibli koloniyalar belgilanishi mumkin emas. Jinoyat sodir etgan ayollarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish tizimining liberallashtirilishi munosabati bilan, yuqoridagilardan ko'rinadiki, jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasini e'tiborga olgan holda, alohidalashtirildi. Jinoiy javobgarlik va jazo tayinlashda voyaga yetmaganlar, ayollar, 60 yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan ushbu qoidalarning mustahkamlanishi, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
84.51 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:54
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
84.51 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:54 ]
Arxiv ichida: pptx