Ayrim tergov harakatlarini amalga oshirishning etik va axloqiy asoslari

Ayrim tergov harakatlarini amalga oshirishning etik va axloqiy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Ayrim tergov harakatlarini amalga oshirishning etik va axloqiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Ayrim tergov harakatlarini amalga oshirishning etik va axloqiy asoslari Reja: 1. Dastlabki tergov harakatlarini olib borishning umumiy qoidalari 2. Ayrim tergov harakatlarini olib borishga bo'lgan axloqiy talablar 3. Ehtiyot chorasini tanlashning axloqiy asoslari Dastlabki tergov harakatlarini olib borishning umumiy qoidalar Sud bosqichiga qadar isbot qilishdagi dastlabki tergovni dastlabki deyilishiga sabab, aksariyat hollarda, u sudda ishni ko'rib chiqishdan oldin olib boriladi. Ba'zi olimlaruni suddan oldin va sud uchun xizmat qilyotgan faoliyat, deb qarashadi. Mazmunan qaralganda dastlabki tergov quyidagi faoliyatlarni o'z ichiga oladi, ya'ni protsessual qonunda belgilangan tartibda vakolarli davlat organlari tomonidan jinoyatlarni tez va to'la ochish, aybdorlarni fosh etish, jinoyat ishi bo'icha ishda qatnashayotgan fuqoralarning huquq va manfaatlarini ta'minlash va adolatli qarorlar qabul qilish shular jumlasiga kiradi. Tergov harakatlari deb jinoyat protsessual qonunda ko'zda tutilgan va davlat tomonidan majburiyligi ta'minlanadigan operatsiya va usullar yig'indisiga aytiladi. Jinoyat-protsessual qonunda to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilganki, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, to'la, har tomonlama va xolisona ko'rib chiqishga asoslangan holda qonunga hamda huquqiy onga amal qilib o'zlarining ichki ishonchlari bo'yicha dalillarga baho beradilar. Ichki ishonch bu - kishining shunday holatiki, u mavjud dalillar yig'indisidan, tizimidan kelib chiqadigan yagona mumkin bo'lgan xulosa borligini bildiradi. Dalillarni qabul qilish va tekshirishni o'z ichiga olgan tergov harakatlari qonun bilan tartibga solinadi. Jinoyat-protsessual normalardagi axloqiy mezonlar odatda ta'qiqlar shaklida bo'ladi. Bunday taqiqlar sha'n va qadr-qimmatni kamsitishga qaratilgan harakatni taqiqlash, ko'rsatuvlarni kuch ishlatib, qo'rqitish va boshqa shunga o'xshash choralar orqali olishning, sir saqlanishi kerak bo'lgan ma'lumotlarni tarqatishning ta'qiqlanishida ko'rinadi. D. P. Kotov o'rinli ta'kidlaganidek, adolat va insonparvarlik tamoillari, sha'n va qadr-qimmatni hurmat qilish kabilar qatoriga quyidagi axloqiy normalarni kiritish lozim: har qanday qonun buzilishlariga yo'l qo'ymaslik, jinoyat protsessual madaniyatga qatiy amal qilish, xolislik, qat'iylik, g'arazgo'ylikning, ishochsizlikning, ayblov tomonga og'ishning, taxminiylikning bo'lmasligiga erishish, har qanday tergov harakatlarini olib borishda ayrim shaxlar va jamoalarga ziyon etkazmasliklarni kiritish lozim. Tergov harakatlari olib borilayotganda jinoyat protsessi prinsiplariga, ya'ni shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish (O'z R JPK 18-m), gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanish huquqi bilan ta'minlash (O'z R JPK 24-m), aybsizlik prezumptsiyasi (O'z R JPK 14-m), dalillarni bevosita va og'zaki usulda tekshirishga (O'z R JPK 26-m) so'zsiz rioya qilinishi. Tergov amaliyotida, afsuslar bo'lsinki, qonunga rioya qilish, suningdek etika normalarini bajarish borasida barchaga ma'lum bo'lgan kamchiliklar mavjud. Bular qatoriga birgina taxminni ishlsb chiqish bilan bog'liq ayblov tomonga og'ish, tergovda ishtirok etayotganlarning huquqini ta'minlaamaslik, tergovni yuzaki olib borish, jinoyatning ochilmasligiga olib keluvchi sustkashlik, tergov harakatlarini oli borishda va ular bo'yicha bayonnoma yuritishda ifodalanadi. Ayrim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.44 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.44 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga