Ayrim yuridik kasb vakillari faoliyatining axloqiy asoslari

Ayrim yuridik kasb vakillari faoliyatining axloqiy asoslari

O'quvchilarga / Huquq
Ayrim yuridik kasb vakillari faoliyatining axloqiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Ayrim yuridik kasb vakillari faoliyatining axloqiy asoslari Reja: Advokat faoliyatining axloqiy asoslari Ichki ishlar xodimlari faoliyatining axloqiy asoslari Notarius faoliyatining axloqiy asoslari Yuridik xizmat xodimlari faoliyatining axloqiy asoslari Advokat faoliyatining axloqiy asoslari Advokat faoliyatining axloqiy asoslari haqida gapirilganda O'zbekiston Respublikasi Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to'g'risidagi qonunining 2-moddasida advokatlik faoliyatining asosiy tamoillaridan biri sifatida kasb etikasi, advokatlik siri va qasamyodiga rioya etish belgilanganligini e'tirof etish joiz bo'ladi. Suningdek mazkur Qonunning 3-moddasiga asosan advokat malaka komissiyasida O'z kasbiy burchimni halol va vijdonan bajarishga, inson huquqlari va erkinliklarini hamisha himoya qilishga, advokatlik sirini saqlashga, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etishga tantanali qasamyoq qilaman deb so'z - va'da berishini alohida ta'kidlash lozim. O'zbekiston Respublikasi Advokatlar to'g'risidagi qonunining 9-moddasi talabiga binoan Advokat, advokat yordamchisi, advokatning byurolari, hay'atlari va firmalari mansabdor shaxslari va texnik xodimlarining advokatlik siri bo'lmish ma'lumotlarni oshkor etishi va bu ma'lumotlardan o'z manfaatlari yoki uchinchi shaxslar manfaatlari yo'lida foydalanishi man etiladi. Advokatning majburiyati sifatida advokatlik sirini oshkor qilish mumkin emasligi O'zbekiaston Respublikasi JPK 53-moddasida belgilangan bo'lib, unda Himoyachi: gumonni yoki ayblovni rad etadigan yoxud javobgarlikni engillashtiradigan holatlarni aniqlash uchun qonunda nazarda tutilganbarcha vosita va usullarni qo'llashi hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga zarur yuridik yordam ko'rsatishi, haqiqatni aniqlashga dalillarni yo'q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko'ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan to'sqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shartligi ko'rsatilgan. Advokatlar rioya qilishi lozim bo'lgan kasbiy talablar O'zbekiaston Respublikasi Advokatlar Palatasining ta'sis konferentsiyasida 12.09.2008 йилда qabul qilingan O'zbekiaston Respublikasi Advokatlari kasb etika qoidqalarida belgilab qo'yilgan, unga ko'ra advokatlari kasb etika qoidalari bu - advokatlar o'z kasb vazifasini ado etish jarayonida ularning odob-axloqi, ishonch bildiruvchi va hamkasblar, huquqni muhofazaqiluvchi organlar, davlat va boshqaruv, jamoat tashkilotlari bilan o'zaro munosabatlariga qo'yilgan talablar majmuidir. Ushbu qoidalarning 2.8-bandida, kasbiy gaoliyatini sherikchilik shartnomasi asosida birgalikda amalgam oshiruvchi advokatlar yuridik yordam ko'rsatishda barcha sheriklarga sirni tarqatish qoidasiga amal qilishlari kerakligi, 2.6- bandida advokat o'ziga ishonch bildiruvchi shaxs tomonidan ishonilgan axborotni faqatgina uning manfaatlari yo'lida, agar u qarshi bo'lmasa, boshqa advokatlar bilan maslahatlashuvlar o'tkazishi mumkinligi istisno tariqasida belgilab qo'yilgan. Advokatning o'ziga xos odob-axloqi, ma'naviy tamoillari va boshqa kasbiy fazilatlari quyidagilarda namoyon bo'ladi. Advokat o'zining odob-axloqi bilan xalq o'rtasida hurmat va e'tiborga sazovor bo'lishi, advokatlik sha'niga dog' tushiradigan, kasbining obro'sini to'kadigan, jamiyatning unga nisbatan bo'lgan hurmati va ishonchiga putur etkazadigan xatti-harakatlarni sodir etishdan o'zini saqlashi lozim. Kasb etikasi, avvalombor, advokatlarga himoyasi ostidagi shaxslar bilan advokatlik sirini saqlash orqali ishonchli munosabatlarni ta'minlashga ko'maklashadi; Ikkinchidan, himoyasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 58.92 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 58.92 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga