Bank omonati va bank hisobvarag'i shartnomasi. Hisob - kitoblar. Qarz shartnomasi va kredit shartnomasi

Bank omonati va bank hisobvarag'i shartnomasi. Hisob - kitoblar. Qarz shartnomasi va kredit shartnomasi

O'quvchilarga / Huquq
Bank omonati va bank hisobvarag'i shartnomasi. Hisob - kitoblar. Qarz shartnomasi va kredit shartnomasi - rasmi

Material tavsifi

Bank omonati va bank hisobvarag'i shartnomasi. Hisob-kitoblar. Qarz shartnomasi va kredit shartnomasi Reja: Bank omonati shartnomasi Bank hisobvarag'i shartnomasining tushunchasi va huquqiy belgilari Bank hisobvarag'i shartnomasining elementlari. Bank hisobvarag'i shartnomasi bo'yicha javobgarlik Hisob-kitob munosabatlari va ularning o'ziga xos xususiyatlar Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash 1. Bank omonati shartnomasi. Bank omonati shartnomasi bankning mijozlarga xizmat ko'rsatishining o'ziga xos ko'rinishi bo'lib, bu shartnoma orqali fuqarolar va yuridik shaxslarning bo'sh turgan pul mablag'lari iqtisodiyotga va fuqarolik muomalasiga jalb qilinadi. Bank omonati shartnomasi bo'yicha birinchi tarafdan (omonatchidan) qabul qilib olgan yoki uning nomiga kelgan pul summasini (omonatni) qabul qilib olgan ikkinchi taraf (bank) shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida va tartibda omonat summasini qaytarish va unga foizlar to'lash majburiyatini oladi. Bank omonati shartnomasi o'zining huquqiy belgilariga ko'ra, bir tomonlama shartnomalar toifasiga kiradi. Chunki, shartnoma tuzilgach omonatchida faqatgina omant summasini foizlari bilan qaytarish huquqi mavjud bo'ladi. Bank omonati shartnomasi omonat summasi bankka kelib tushgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi. Ushbu jihati bilan bank omonati shartnomasi real shartnoma hisoblanadi. Omonatga qo'yilgan pul summasi uchun bank foiz to'lash majburiyatini oladi va shu sababli bank omonati shartnomasi haq evaziga tuziladigan shartnomalar jumlasiga kiradi. Fuqaro omonatchi bo'lgan bank omonati shartnomasi ommaviy shartnoma deb hisoblanadi. Chunki bank ommaviy oferta elon qilgach, shartnoma tuzish istagini bildirgan har bir fuqaro bilash shartnoma tuzishga majburdir. Omonat saqlash shartnomasining subyektlari bo'lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziya berilgan banklar va omonatchi fuqarolar va yuridik shaxslar hisoblanadilar. Pul mablag'larini omonatlarga jalb qilish huquqiga huquqqa ega bo'lmagan shaxs fuqarodan omonat qabul qilgan taqdirda, omonatchi darhol omonat summasini qaytarib berishni, shuningdek bu summaga FKning 327-moddasida nazarda tutilgan foizlarni to'lashni hamda foiz summalaridan tashqari omonatchiga etkazilgan hamma zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega bo'ladi. Agar bunday shaxs bank omonati shartnomasi shartlari asosida yuridik shaxsning pul mablag'larini qabul qilgan bo'lsa, FKning bitimlar haqiqiy bo'lmasligining asoslari va oqibatlariga doir tegishli qoidalari qo'llanadi. Qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, FK 760-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan oqibatlar, kim bo'lishidan qati nazar, fuqarolar va yuridik shaxslarning pul mablag'larini: - omonat saqlovchilarga omonatni talab qilishi bilanoq olish va omonatchining ushbu bob qoidalarida ko'zda tutilgan boshqa huquqlarini amalga oshirish imkoniyatini bermaydigan veksellar yoki boshqa qimmatli qog'ozlar berish; - ularga g'ayriqonuniy chiqarilgan deb topilgan aksiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlarni sotish yo'li bilan omonatlarga jalb qilish hollariga nisbatan qo'llanadi. Bank omonati shartnomasi yozma shaklda tuzilgan bo'lishi kerak. Agar omonatning qo'yilganligi omonat daftarchasi, jamg'arma (depozit) sertifikati yoki bank tomonidan omonatchiga berilgan, qonunda, qonunga muvofiq belgilangan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 137.02 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:54 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 137.02 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga