Bedarak yo'qolgan shaxslarni Qotillik Qurboni - versiyasi asosida tergov qilish

Bedarak yo'qolgan shaxslarni Qotillik Qurboni - versiyasi asosida tergov qilish

O'quvchilarga / Huquq
Bedarak yo'qolgan shaxslarni Qotillik Qurboni - versiyasi asosida tergov qilish - rasmi

Material tavsifi

Bedarak yo'qolgan shaxslarni «Qotillik Qurboni» - versiyasi asosida tergov qilish Reja: 1. Bedarak yo'qolgan shaxslarni qidiruv choralari 2. Jinoiy ish qo'zg'atish va dastlabki tergov va tezkor harakatlarini o'tkazish 3. Tergovning so'nggi bosqichida o'tkaziladigan tergov harakatlari Qotillik jinoyatlarini tergov qilish uslubiyoti sohasida be-darak yo'qolgan shaxslarni, «Jinoyat qurboni» - degan tahlil - ver-siya asosida olib boriladigan tergov, qotillikning umumiy tergov uslubidan birmuncha farq qiladi. Qotillik jinoyatlarining asosiy va ko'pchilik turlari zo'rlik alomatlari mavjud bo'lgan murda yoki uning bo'lagi topilgan hollarda jinoiy ish qo'zg'atilib tergov-tezkor harakatlarini o'tkazish bilan boshlanadi. Bedarak yo'qolgan shasxlarni «Qotillik qurboni degan» versiya asosida ish olib borishda esa jinoyat ishini qo'zg'atishga dastlabki tekshiruv bosqichida hali asos bo'lmaydi. Jinoyat qidiruv bo'lim xodimlari qidiruv ishlarini olib borishda va yo'qolgan shaxs boshqa hududga, viloyat shaharlarga, chet mamlakatga biror sabab yoki maqsa-dini ko'zlab ketganmi, o'z oilasidan, nafaqa to'lashdan, sodir qilgan hali nomalum bo'lgan jinoyat bo'yicha javobgarlikdan qochib - ber-kinib yurganmi, biror baxtsiz hodisada halok bo'lib, «Shaxsi no-malum murda» - sifatida darak etilganmi kabi boshqa versiya - tax-minlarni tekshirish va tasdiqlanishini ko'zlaydilar. Mazkur faktlar asosida tergov olib borish juda murakkab ke-chadi va qiyinchiliklarga duch kelinadi, chunki jinoyat joyi, murda-ning qaerda ekanligi, sodir etilish usuli qurol va boshqa holatlar nomalum bo'ladi. Tezkor-tergov tekshiruvi jarayonida yo'qolgan shaxsning murda-sini qidirish bilan bir qatorda, uning tirik bo'lishi ehtimoli ham tekshiriladi. Bedarak yo'qolgan shaxslar haqidagi xabarlar ikki xil turga ega bo'ladi, kimdan? Qaerdan?, yani habarning manbaiga nisbatan va ik-kinchi habarning mazmuni bo'yicha bo'lgan alomatlar. Amaliyotdan olingan ma'lumotlarga asosan shaxslarning yo'qo-lish faktlari yo'qolgan oila-a'zolari yoki birga yashovchi begonalar, qo'shni, tanish - bilishlar, yo'qolganning birga ishlaydigan hamkasb-lari va boshqalardan habar qilinadi. Shaxsning yo'qolganligi haqidagi arizalar mazmuni quyidagi shakllarda bo'ladi: -arizada shaxs yo'qolganligining sabablari va ehtimollik holatlari keltirilmaydi; -bedarak yo'qolgan shaxsning «jinoyat qurboni» bo'lishi mum-kinligi haqida umumiy fikr yuritilgan bo'ladi; -yo'qolgan shaxsning qotillik qurboni ekanligi va jinoyatni sodir qilgan gumonlanuvchi shaxs haqida habarning keltirilishi. Ko'p hollarda arizada har qanday ehtimollik fikr - mulohaza-lar keltirilmay faqat yo'qolgan shaxsning qachon va qaerdan chiqib ketganligi va bedaraklik muddati ko'rsatiladi. Bunday arizalar odatda yo'qolganning oila - a'zolaridan tushadi. Qotillik sodir qilgan yo'qolganning oila-a'zolaridan biri (yeri, xotini, aka-ukalari) bo'lgan hollarda ham arizalarda hech qan-day ehtimollik, biror shaxsga nisbatan shubha kabi fikrlar bayon etilmaydi. Bunday holat qotilning o'zini shubhadan nari qilmoq va o'zini «niqoblash» maqsadini ko'zlashdan iborat bo'ladi. Bedarak yo'qolgan shaxs haqidagi arizalarda uning jinoyat qur-boni ekanligi, jinoyatchining shaxsi ko'rsatilib, jinoyat motivlari haqida ma'lumotlar keltirilgan bo'lsa, bunday ariza jinoiy ish qo'zg'atishga asos bo'ladi. Tergov organlari xodimlarining vazifasi bunday hollarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.24 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 19:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Huquq
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.24 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga