Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlashning ayrim muammolari Qanchalik qayg'uli tuyulmasin, jinoyatchilik hamma mamlakatlarda va hamma davrlarda bo'lgan. Biroq o'tish davrida uning mazmuni faqat jinoiy qilmish doirasi bilangina cheklanib qolmaydi. Yangi mustaqil davlatlarda amalga oshirilayotgan islohotlar orqali amalda mulkni qayta taqsimlash jarayoni yuz bermoqda. Ayni shu hol islohotlarning mohiyatini belgilaydi. Avvalgi tuzumda davlat tomonidan tartib olingan boylik endilikda uni yaratgan va o'z mehnati bilan ko'paytiriyotganlarga tegishli bo'lishi lozim. Qayta taqsimlashning mohiyati shundadir deb yozgan edi Prezidentimiz I.A.Karimov. Prezidentimizning ushbu aytgan gaplari yozilganiga tarixan uncha ko'p vaqt bo'lgani yo'q. O'zbekistonda islohatlarni jadal suratlarda bosqichma-bosqich olib borilganligi tufayli, yangi ijtimoiy tuzumini shakillantirish yo'lida ulkan muvofaqqiyatlarga erishildi. Yangi jamiyat boshqaruv tizimining asoslari yaratildi. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi ko'plab qonunlari qabul qilindi va Respublikamiz o'z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko'tarildi. Prezidentimiz I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasi Konstittsuiyasinnig 14 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda 2006 yil 7 dekabrda Inson manfaatlarini ta'minlash, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish - ustuvor vazifamizdir, mavzusida qilgan ma'ruzasidan yurtimizda olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va davom ettirish maqsadida amalda o'zini oqlagan bosqichma-bosqich rivojlanish yo'lida izchil borib, islohotlarning bir bosqichi oxiriga etishi bilan ularni yangi bosqichga ko'tarish zaruratini takidlash lozim, -deb yozgan edi. 2001 yil 29 avgustdan boshlangan sud-huquq tizimini liberallashtirish boshlanganidan buyon ko'plab qonunlarga, shu jumladan, Jinoyat qonuniga ko'plab qo'shimchalar va o'zgartirishlar kiritildiki, ana shu o'zgartirishlar Jinoyat qonunini liberallashtirish yo'lida qilingan g'oyat muhim ishlardan bo'ldi. Jinoyat kodeksi normalarini erkinlashtirish borasida juda ko'p moddalarga o'zgartirishlar kiritildi, ayrim moddalar qayta qabul qilindi, bir qator yangi moddalar kiritildiki, bular O'zbekiston Jinoyat qonunini liberallashtirish va takomillashtirishda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Ayniqsa javobgarlikka tortish va jazo tayinlash masalalarini yanada mukammallashtirish, javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish masalalaridagi o'zgartirishlar jinoyat huquqining juda katta yutug'i bo'ldi. Jinoyat qonuning asosiy moddalaridan biri bo'lgan bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash (JK 59-moddasi)ning yangi tahririda qabul qilinishi Jinoyat qonunini liberallashtirish yo'lida qilingan muhim ishlardan biri bo'ldi. 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan amaldagi Jinoyat kodeksining 59-moddasida bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash nazarda tutilgan bo'lib, agar shaxsning sodir qilgan jinoiy qilmishi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining bitta normasi bilan kvalifikatsiya qilingan bo'lsa, Kodeksning 54-moddasida belgilangan qoidalarga asoslangan holda jazo tayinlanadi. Agarda shaxs bir necha jinoyatlarni sodir etib, ulardan birortasi uchun hali sudlangan bo'lmasa, jazo tayinlash masalasi qanday hal qilinishi kerak degan savol tug'iladi. Bunday holda turli xorij mamlakatlarda turlicha qoidalar belgilangan. Amaldagi Jinoyat kodeksimizning 59-moddasida aynan ana shu masala yuzasidan jazo tayinlash qoidalari belgilangan. 2004 yil 27 avgust Qonun bilan JKning 59-moddasi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.88 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.88 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:54 ]
Arxiv ichida: doc