Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilish Reja: Bir necha jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish qoidalari. Bir necha jinoyat sodir etishning bir necha harakatlardan iborat yagona jinoyatlardan, murakkab tarkibli jinoyatlardan, uzoqqa cho'zilgan va davomli jinoyatlardan farqlari. Takroran jinoyat sodir etishning qilmishni kvalifikatsiyasiga ta'siri. Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilish Jinoyat huquqi nazariyasida bir qancha jinoyatni sodir etish muhim o'rin egallaydi. Bir qancha jinoyatlarni jinoyatlarni hal qilish sud amaliyotida kelib chiqib belgilanadi. Bir qancha jinoyat-larni hozirda ko'p uchramoqda. Bir qancha jinoyatlar shakli JK 32,33,34 moddalarida ko'rsatilgan. Bir qancha jinoyat sodir etish huquqiy nuqtai nazardan tegishli huquqiy oqibatlarga olib keluvchi jinoyatning muayyan shakl-larini aks ettiruvchi jinoyat huquqiy atama sifatida tasniflanadi. Bir qancha jinoyatlarni xar biri alohida jinoyatdir. Bular takroran va davomli jinoyatlardir. Bir qancha jinoyatlar jamiyat uchun o'ta xavfli jinoyatlardir. Shuning uchun ham javobgarlik masalasida jazoni qattiq tartibini belgilash zarur. Bir qancha jinoyatlarni quyidagi belgilari o'rnatilishi lozim: A) har bir sodir etiladigan jinoyat uchun jazo muqarrardir. Ularni almashtirib bo'lmaydi (ma'muriy, intizomiy va boshqalar); B) xar bir jinoyat sud tomonidan o'rnatilishi lozim; V) shaxs jinoiy jazodan ilgari ozod etilmasligi, sudlanganligi olib tashlanmasligi yoki tugamagan bo'lishi shart emas. Bir qancha jinoyatlar uchun jazo tayinlashdagi tasnifida jinoyatga jazoni muddatidan ilgari ozod qilishda muhim rol o'ynaydi. Qonun bir qancha jinoyatlarni uch shaklini belgilaydi: - takror jinoyat sodir etish; - jinoyatlar majmui; - retsidiv jinoyat. Takror jinoyat sodir etish JK 32- moddasida o'z ifodasini topgan. akror jinoyat sodir etish tushunchasi o'zini sifat va miqdorini belgilaydi: A) ikki yoki undan ortiq jinoyat sodir etilishi; B) aynan bir moddada, qismda, bazi hollarda esa, turli moddalarda nazarda tutilgan yangi jinoyatning sodir etilishi. Takroran jinoyat sodir etish deganda, ilgari muayyan jinoyat sodir etgan shaxs tomonidan, ilgari qilmishining huquqiy oqibatlari olib tashlanmasdan, yangi jinoyat sodir etish hollari tushuniladi. Jinoyatni takroran sodir etishning zaruriy belgisi bo'lib, shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq jinoyatlarni ketma-ket sodir etishi hisoblanadi. Jinoyatlarning turli vaqtlarda sodir etilishi ularning bir-biridan vaqt bo'yicha ajratilishi, yani ularning xar biri keyingisidan kichik bo'lsada, muayyan vaqt oralig'i bilan ajra-tilishini taqozo etadi. JKda ko'rsatilishicha, bir-biriga jinoyatlar bitta modda yoki qismida javobgarlik nazarda tutilgan bo'lishi lozim. Masalan, JK 118 va 119-moddalari nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni zo'rlik ishlatib g'ayritabiiy usulda qondirish jinoyatlarini sodir qilib umuman qo'lga olinmasa; JK 271-moddasiga ko'ra giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarini qonunga xilof ravishda egallash va boshqalar. Takror jinoyatlarda dalillargi ko'ra jinoyatni ikki yoki undan ortiq sodir etilish bilan ifodalanadi. Masalan, JK 184-moddasining soliq va boshqa to'lovlarni to'lashdan bo'yin tovlash ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 16:45:55
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.78 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 16:45 ]
Bo'lim
Huquq
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.78 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:54 ]
Arxiv ichida: doc